Ўзбекистон респупликаси


-mavzu. Adabiyot o‘qitishDA O‘QUVChILAR YOSh XUSUSIYTLARINI HISOBGA OLISh



Download 378,5 Kb.
bet24/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

6-mavzu. Adabiyot o‘qitishDA O‘QUVChILAR YOSh XUSUSIYTLARINI HISOBGA OLISh
Reja:
1. O‘quvchilar yosh xususiyatlariga ko‘ra adabiy materialni tanlash va ta’lim bosqichlarida asar tahlilining o‘ziga xos jihatlari.
2. Metod va usullarni belgilashda o‘quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olish.
3. Savol va topshiriq, uy vazifalarini berishda o‘quvchilar yoshiga ko‘ra yondashuv.


1. O‘quvchilar yosh xususiyatlariga ko‘ra adabiy materialni tanlash va ta’lim bosqichlarida asar tahlilining o‘ziga xos jihatlari.
Muqaddas hadislarning birida "Har kishining aqliga qarab murojaat qiling" deyilgan. Haqiqatan ham ta’limda tarbiyalanuvchining hayotiy tajribasi, ma’lumotlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari ko‘p hollarda uning yosh xususiyatiga bog‘liqdir. Ma’lumki, maorif tizimida adabiy ta’limning a) boshlang‘ich (1-4-sinflar), b) o‘rta sinflar (5-7-sinflar), d) yuqori sinflar (8-9-sinflar), e) o‘rta maxsus
ta’lim bosqichlari mavjud (akademik litsey va kasb-qunar kollejlari).
Boshlang‘ich sinflarda Adabiyot predmeti o‘qitilmaydi. Lekin adabiy ta’limning boshlang‘ich uzvi bo‘lmish "O‘qish kitobi" o‘qitiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida adabiy-estetik tarbiya bosh maqsad sifatida qo‘yilmaydi. Shuning uchun ham tizimli tarzda adabiy materiallar ham berilmaydi. Kitobda adabiy matnlar bilan bir qatorda tarix, geografiya, odobnoma kabi fanlarga oid matnlar ham berilgan. Chunki bu bosqichda o‘quvchilarning a) bexato, ravon, ifodali o‘qishlari, b) o‘qiganlarini tushunish, tushunganlarini tushuntira olishi, v) ular asosida og‘zaki nutqni o‘stirish, g) yozma nutqni va savodxonlik rivojlantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganilgan materiallarni estetik yoki to‘la ravishda didaktik tahlil qilishni vazifa sifatida belgilanmaydi, balki o‘qilgan matnlardan didaktik xulosalar chiqarshi muhim sanaladi. Sinf o‘quvchilarining saviyasi, tayyorgarlik darajasiga ko‘ra 3-4-sinflarda matnlarni didaktik tahliliga keng o‘rin berish mumkin, shuningdek, estetik tahlil unsurlarini ham kiritsa bo‘ladi. Bu sinflarda she’rlar qofiyasini topish, qofiyaning she’r musiqiyligini ta’minlashdagi ahamiyatiga e’tibor berish, so‘z o‘yinlarga diqqat qaratish estetik tahlil chizgilari deyish mumkin.
O‘rta sinflarda boshlang‘ich sinflarda shakllana boshlagan ko‘nikmalar rivojlantiriladi, malaka darajasiga ko‘tariladi. Bu bosqichda o‘rganilayotgan asarlarni didiktik tahlil qilish ustuvor vazifa bo‘lib, estetik tahlil oldingi o‘ringa chiqarilmaydi (ya’ni asosiy vazifa sifatida belgilanmaydi). Lekin estetik tahlil e’tibordan soqit ham qilinmaydi. Diqqat qilinsa, dasturga ko‘ra 5-sinfda dastavval xalq og‘zaki ijodi namunalaridan maqollar, topishmoqlar va ertaklar darslikka kiritilgan. Bu o‘quvchilar yosh xususiyatiga ko‘ra mantiqlidir. Chunki kechagina boshlang‘ich sinfdan chiqqan bolalarni bu adabiy materiallar asosida o‘qitish oson, qulay hamda ko‘zlangan maqsad, vazifalarga muvofiq keladi. Boshlang‘ich sinfdagidan farqli o‘laroq matnlar to‘la didaktak tahlilga tortiladi. Ezgu ishlar, ezgu qahramonlardan ibrat chiqarish, ibratlanish, yaxshilarning yaxshiligi, yomonlarning yomonligi asosi va omillarini aniqlash asarlarni o‘rganishda yetakchilik qiladi, qahramonlarning xarakterli tomonlari, xatti-harakati, gap-so‘zlari tahlilga tortiladi. Ertaklardan keyin rivoyat, afsonalar, ularga adabiy ertaklarni, so‘ng yozuvchilar hikoyalarini o‘rganish ulanib ketadi. Tanlangan adabiy material sezilarli darajada murakkablashtirilgan. Bola bu yoshda kunma-kun, haftama-hafta, oyma-oy jismoniy, fiziologik, aqliy jihatdan rivojlanib boradi. Demak, o‘qituvchining vazifasi ana shu o‘sishga muvofiq tarzda tanlangan dars materiali asosida tarbiyalanuvchining ongi hamda ma’naviy taraqqiyotini ta'miinlashdir. Bunda asar tahliliga qo‘yilayotgan talab va shaklni ham takomillashtirib borish zarurati oldingi o‘ringa chiqadi. Tahlilda qiyoslash, solishtirish, zidlash kabi usullarni keng qo‘llab borish maqsadga muvofiq. Avval bolalar ko‘rgan multfilm, kinofilm qahramonlariga, o‘rganilgan asar obrazlari, voqeligiga qiyoslash uchun murojaat qilinsa, asta-sekin hayotdagi odamlar, voqea-hodisalar, o‘qilgan boshqa asarlar qahramonlari, syujeti solishtirish obyekti bo‘lib xizmat qiladi. Bu keyingi sinflarda keng ko‘lamli hikoyalar, hissa va romandan parchalarni to‘laqonli o‘rganish uchun zamin hozirlaydi. Ko‘rinadiki, tahlillash "yuki" 5-sinfdan boshlab mavzudan mavzuga murakkablashib boradi va bu o‘quvchilarning ham tahlillash ko‘nikma va malakalarini rivojlanishiga asos bo‘ladi. Shuningdek, 5-sinf boshlaridagi maqol va topishmoqlardagi alliteratsiya, ularning she’riy shaklidagi namunalarining qofiya, radifi, xalq qo‘shiqlaridagi boshqa badiiyat unsurlari navbatdagi chorakda o‘rganiladigan she’rlarni o‘rganish uchun zamin hozirlaydi. Bu esa keyingi sinflarda berilgan nazm namunalarini o‘zlashtirishga o‘quvchilarni tayyorlaydi. 5-sinf boshlaridan asta-sekin choraklar, sinflar o‘zgargan sayin asarlarni o‘rganishda didaktik va estetik tahlil nisbati qisqarib boradi. 7-sinfga kelib adabiy materialni didaktik va estetik tahlil qilish teng proporsiyaga keladi. She’riy asarlarda esa estetik tahlil yetakchilik qilishi mumkin.
7-sinfda xalq og‘zaki ijodining doston janri namunasi berilgan. Uni o‘rganishda epik janrlar hamda she’riy asarlarni tahlillashdagi o‘quvchilar tajribasiga tayaniladi. Bu sinf yoshidagi o‘spirinlar dunyoqarashi, bilimi, saviyayi va hayotiy tajribalari dostonda tasvirlangan epik ko‘lamni, o‘z xalqiga xos bo‘lgan axloqiy-falsafiy qarashlarni idrok eta oladilar.
Yuqori sinflarda asarlarni o‘rganishda estetik tahlil ustuvor mavqega ko‘tariladi. Didaktik tahlil ikkilamchi, lekin ahamiyat jihatdan muhim bo‘lgan o‘rinni egallaydi. O‘quvchilar diqqati asarda nima deyilayotganidan ko‘ra fikr qanday aytilayotganiga, ya’ni muallifning mahoratiga, asardagi ifoda go‘zalligiga qaratiladi. Bu sinflarda o‘rta sinflardan boshlab asarlarni tahlillash malakalari shakllantirilgan bo‘lsa, matn ustida ishlashni ko‘proq o‘quvchilarning mustaqil holda o‘zlari amalga oshirishlariga diqqat qilinadi.
O‘rta maxsus ta’limda asarlarni asosan metodologik asosiga ko‘ra estetik-falsafiy mushohada qilish kengroq egallashi mumkin. Lekin bu bosqich biroz murakkab bo‘lib, har bir guruhda turli maktablardan kelgan, badiiy-estetik saviyasi, bilimi hamda tahlillash tajribasi turlicha bo‘lgan o‘spirinlar yig‘ilgan bo‘ladi. Ayniqsa, kasb-qunar kollejlarida jamlangan talabalarning aksariyati bu borada ancha orqada bo‘lishadi. Bunday guruhlar bilan ishlashda o‘quvchi avvalo maktab davrida boy berilgan imkoniyatlar o‘rnini to‘ldirib olishi, ya’ni asarlarni didaktik va estetik tahlil qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirib olishi darkor.

Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish