Ўзбекистон респупликаси


Taqqoslash va umumlashtirish



Download 378,5 Kb.
bet21/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

Taqqoslash va umumlashtirish biror muammoli mavzuni hal etishga kirish sifatida qo‘llaniladi, o‘quvchilarni mavzuga qiziqtirishning dastlabki bosqichi sanaladi. Ko‘tarilgan masala muammo sifatida o‘quvchini qiziqtirib qolsa, uni yangi fikriy faoliyatga undaydi. Muammoning qo‘yilishi va uni yechish jarayoni uzilmas bir zanjirdir. Muammo ko‘tarilishi bilanoq uning yechimi ustida ham o‘ylanadi va bu o‘z navbatida yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Shu tariqa, uzluksiz tarzda yangi bilimlarni o‘zlashtirish amalga oshadi.
O‘qituvchi dars boshida muammoni qo‘yish bilan birga butun dars davomida uning muammolik darajasini uzluksiz tarzda saqlab tura olsagina, biror mavzuni muammoli tarzda o‘rganish mumkin bo‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatyaptiki, butun dars davomida muammoni yechish bilan shug‘ullanganidagina o‘quvchining bilim olishdagi faolligi va mustaqilligi ta’minlanadi. Aslida bu masalalar yechimining o‘zi maqsad emas, o‘quv materialini ongli ravishda o‘zlashtirish va o‘quvchi qobiliyatlarini o‘stirish vositasidir.
O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri bolalarda intellektual zo‘riqishga ehtiyoj va qiziqish uyg‘otishdir. Buning uchun qiyinchiliklar chamalanadi. Bola uchun hamma muammoli masalalar ham qiziq bo‘lavermaydi. Bolaga masalaning shunchaki yechimi emas, undan intellektual zo‘riqish, zehn, onglilik talab qiladigan masala bajarish qiziq bo‘ladi. Qiyinchiliklarni chamalaganda, bolaning intellektual imkoniyatlarini ham hisobga olish kerak. Ayrim o‘quvchilar uchun masala qancha qiyin bo‘lsa shuncha qiziqarli bo‘ladi. Boshqalarning esa "tarvuzi qo‘ltiqidan tushadi". Shuning uchun masalaning obyektiv qiyinligidan tashqari, yechuvchining subyektiv imkoniyatlarini ham hisobga olinishi zarur. Gap faqat o‘quvchilarning har xil tayyorgarlik darajasi haqida emas, ular aqliy faoliyatining individual xususiyatlari haqida ham ketyapti.
Ko‘pincha ilmiy adabiyotlarda muammo qo‘yish bilan so‘rash uchun berilgan savol aralashtirib yuboriladi. Bir qator olimlar muammoni har qanday savoldan ajratib turadigan belgi hal etilishi kerak bo‘lgan masalaning muhimligi yoki qiyinligida, deb biladilar. Ammo muhimlik ham, qiyinlik ham muammoning asosiy xususiyatini bildirmaydi. Chunki o‘ta muhim va murakkab savollar ham muammo darajasiga ko‘tarila olmasligi mumkin. "Savol" so‘zining xususiyatlari va ahamiyati lug‘atlarda: javob talab qiladigan murojaat; o‘rganiladigan, muhokama qilinadigan predmet, yechimini talab qiladigan masala deb ko‘rsatilgan. "Muammo" ilmiy savol bo‘lib, u bir necha yechimga egaligi bilan savoldan farqlanadi. Yechimlarning har biri salmoqli asosga ega bo‘ladi.
Savolda ifodalangan bilmaslik ilmiy izlanish natijasida ma’lumga, o‘rganilgan narsaga aylansa, bunday savol muammo bo‘lolmaydi. Agar savol yangi qonuniyatlarni kashf etish imkoniyatlari haqidagi taxminlar bilan uyg‘unlashib ketsa, uni muammo deyish mumkin. Ko‘p muammolarni qisqalik maqsadidan kelib chiqib savol tariqasida qo‘yish ham mumkin.
Ta’limda oddiy savoldan muammoli vaziyatning farq qiladigan jihati shundaki, savolda, odatda, javob uchun zarur bo‘lgan deyarli barcha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Savol uni so‘rayotgan odam javobini biladigan, soddaroq fikrlashni talab qiladigan, butun vaziyatning yetishmayotgan qismlarini to‘ldirishdan iborat bo‘lgan hodisa. Buni o‘quvchi savolni tushunib, unga javob berish uchun kerak bo‘ladigan faktlar orasida shunday aloqa o‘rnatadi, deb tushunish mumkin. Ba’zan savolga javob berish uchun qandaydir bir faktni eslashning o‘zi kifoya. Savolga javob berish uchun yo‘naltirilgan fikrlash usullari odatda avvallari foydalnilgan bo‘ladi va o‘quvchi shu andaza bo‘yicha harakat qiladi.
Muammoda, muammoli vaziyatda esa javob uchun zarur bo‘lgan tayyor ma’lumotlar yo‘q. Eng avvalo, muammoni javob bera oladigan darajada tiniqlashtirish uchun fikrlash jarayoni yordamida mos keladigan ma’lumotlarni topish kerak. Muammoni yechmoqchi bo‘lgan odam avval unda nimalar yetishmayotganini aniqlashi va u faktlarni qanday topish kerakligini belgilab olishi kerak. Shunday ekan, muammoda yechim to‘liq shakllantirilmaydi. O‘qituvchining vazifasi ma’lum muammoli vaziyatni tashkil etish ekan, buning uchun u, avvalo, o‘quvchiga muammo nimadan iborat ekanini to‘g‘ri anglatishi, bolada shu muammoni hal etishga xohish uyg‘otishi kerak.
Asar matni yuzasidan qo‘yilgan savol-topshiriqlar o‘quvchilarning faqat bu masalalarni hal qilganlaridagina emas, balki muammoga javob topolmay qolganlarida ham foydali bo‘ladi. Agar o‘quvchilar muammo yechimini topishsa, ular matndagi qonuniy aloqalarni oson tushungan bo‘lishadi. Aks holda esa, qo‘yilgan masala izlanishlar jarayonida hal etiladi, o‘zlashtirish ham boshqacharoq, o‘ziga xos bo‘ladi. O‘quvchilar materialni o‘zlashtirish uchun ongli va faol ishlaydilar, ularda muammoni mustaqil ravishda yangicha yo‘llar bilan yechish istagi paydo bo‘ladi.



Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish