Ўзбекистон респупликаси


Ijodkor hayoti va ijodshsh o‘rganish usullari



Download 378,5 Kb.
bet29/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

2. Ijodkor hayoti va ijodshsh o‘rganish usullari.
Har bir adib ijodi uning hayot yo‘lini o‘rganish bilan boshlanadi. Shu o‘rinda sho‘ro davridan adiblar umrbayonini o‘rganish bo‘yicha adabiyot muallimlarida shakllanib qolgan noto‘g‘ri bir yondashuvga diqqat qaratmoqchimiz. Aksar hollar hamkasblarimiz biron bir adib ijodiga ikki yoki undan ortiq soat ajratilgan bo‘lsa, dastlabki soatning aksar qismini yoki to‘la bir soat biografik ma’lumotlarni berishga sarflaydilar. Bu juda katta xato, jiddiy yo‘qotish. Chunki maktab adabiy ta’limning asosiy vazifasi o‘quvchini matn ustida ishlashga o‘rgatish, badiiy asardan estetik zavq olish malaka, ko‘nikmalarini shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, badiiy yuksak asarlarni taniydigan kitobxon o‘quvchini tarbiyalashdir. Biografik ma’lumotlarni berish ana shu bosh vazifani yuzaga chiqaruvchi yordamchi omil sanaladi xolos. Bizningcha, 5-7-sinflarda biografik ma’lumotlarga o‘rtacha 6-8 daqiqa, 8-9-sinflarda undan bir oz ko‘proq vaqt ajratilsa kifoya qiladi. Shunda ham adib ijodini o‘rganishga asqotadigan eng muhim dalillar, darslikka qo‘shimcha muallif shaxsiyatining yorqin qirralarini namoyon etuvchi ma’lumotlar qisqa, lo‘nda, ayni paytda, ta’sirchan ifodalarda bayon etilishi lozim. Bu o‘rinda adib haqidagi hayotiy lavhalar, esdaliklar, rivoyatlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Darslikdagi ma’lumotlarni o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil o‘zlashtirishiga erishish ma’qul, bunga odatlantirish kerak. Agar izchil ravishda shunday qilinsa, har safar o‘quvchilar o‘qituvchimiz bizga darslikdan tashqari yana qanday qiziqarli ma’lumot berar ekan deb kutib turadilar. Bunday qo‘shimcha
ma’lumotlarni o‘quvchilarning o‘zlariga topib kelishni yuklash mumkin.
Biografik ma’lumotlar bilan tanishtirish faqat faktlar bayonidan iborat bo‘lib qolsa zerikarli, nursiz mashg‘ulotlarga sabab bo‘ladi. Bu o‘z o‘rnida o‘quvchilarning darsdan bezishiga sabab bo‘ladi. Adibning umrbayoni badiiy adabiyot singari jozibali, kechinma, tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan, o‘rni bilan hayojonli hamda ibratlarga to‘la bo‘lmog‘i maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘qituvchida adabiyot dasturiga kiritilgan ijodkorlar hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar banki bo‘lmog‘i lozim.
Darsning biografik ma’lumotlar o‘rganilayotgan qismida:
- ijodkorning surati (portreti);
- ijodiga oid namunalar (nashr qilingan asarlari);
- imkoni bo‘lsa, adib to‘g‘risida yozilgan asarlar jihoz sifatida olib kirilishi lozim.
Muallif ijodini o‘rganishda quyidagi usullarga murojaat qilish mumkin:
1. Endi o‘rganila boshlagan muallif ijodining dastlabki soatida o‘qituvchi adib hayotiga oid g‘oyat ibratli va ayni paytda qiziqarli, hayojonli voqea, lavhalarni hikoya qilishdan yoki u haqida yozilgan asarlardan shu kabi o‘rinlarni o‘qib berishdan boshlashi to‘g‘ri bo‘ladi. Bu tarbiyalanuvchilarda adib shaxsiyatiga hurmat hissini uyg‘otadi va bu ularni muallifga, uning asarlariga yaqinlashtiradi, natijada ularda uning asarini o‘rganishga ehtiyoj va qiziqish yuzaga keladi.
2. Maktab imkoniyatidan kelib chiqib, lentalarga yozib olingan adib hayotiga oid lavhalar yoki ovoz tasmasiga yozilgan uning o‘z ovozi bilan o‘qigan asarlaridan namunalar namoyish etilishi yoki eshittirilishi mumkin. Bu adib haqidagi tasavvurni kengaytiradi va boyitadi.
3. Muallifning o‘zi haqida yozgan ma’lumotlari darslik yoki qo‘shimcha materiallardan o‘rganiladi.
4. Adibning hayot yo‘li, ijod bosqichlari xronologik tartibda tuzilgan jadval orqali tushuntiriladi. Uning birinchi ustinida hayot va ijodi bilan bog‘liq voqealar, ikkinchi ustunda sanalar, uchinchisida ijod mahsulotlari berilgan bo‘lishi mumkin.
5. Adib hayotining juda ibratli bo‘lgan nuqtalarini aks ettiruvchi g‘oyat qisqa bir lavhani sahnalashtirish bilan ham darsni boshlash mumkin.
6. Sinfdan tashqari ishlarda u yoki bu adibga bag‘ishlangan konferensiyalar, adabiy kechalar yoki adabiy ko‘rgazmalar tashkil etilsa ham bo‘ladi.



Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish