Mavzu yuzasidan savollar:
1.Insonlarni moddiy yashash sharoitini o‘zgartrishda asosiy ro‘l o‘ynagan vosita nima ?
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanish qonun-qoidalari bosqich tasavvurlar kimlarga tegishli ?
3. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda nutq rivojlanishining talabi nimalar ?
4. Nutq indikatorlari nima ?
5. 6 - 12 oylik bolalarda nutq indikatorlari nima hisoblanadi ?
7-MA’RUZA: 3 YOSHDAN 7 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARNI O‘QISH VA SAVOD CHIQARISHGA TAYYORGARLIK MALAKALARINI EGALLASHINI O‘RGATISH USULLARI.
REJA:
Ta’lim jarayonidagi o‘sib kelayotgan yosh avlodda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantitish
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘qish va savodga tayyorgarlik malakalari haqida ma’lumot
5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘qish va savodga tayyorgarlik malakalari haqida ma’lumot
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: dastlabki yozuvga o‘rgatish,o‘qishva yozuv darslari, ularga qo‘yiladigan talablar.
Matnazarova K. O‘qitishning faol metodlari// Boshlang‘ich ta’lim,2009, 5-son, 22-23-betlar
Qosimova K., Matchonov S. , G‘ulomova X., Yo‘ldasheva SH.,
Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. -Toshkent, «Nosir», 2009.
Roziqov O. Va boshqalar. Ona tili didaktikasi. –Toshkent: Yangi asr
avlodi, 2005
.4.Boshlang‘ich sinflar “ O‘qish kitobi”ga yozilgan mеtodik qo’llanmalar.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang‘ich turihisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respubo‘likasining «Ta'lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risida qonunlari talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta'lim – tarbiya oladilar. Ularning sog‘ligi mustahkamlanadi o‘z – uziga xizmat kursatish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ularda mehnatga muhabbat uyg‘onadi. Kattalarga hurmat vatanparvarlik tyg‘ulari tarbiyalanadi. Bolalar maktab ta'limi uchun tayyorgarlik ko‘radilar. Maktabgacha ta'lim muassasalari umumiy rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinflari bilan uzluksiz aloqani amalga oshirilishi lozim.
Maktabgacha ta'lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi. Bolalarni maktabda muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi.
Bolalar nutqiy muloqotining rivojlanishi uchun quyidagi savollar guruhi nisbatan oson va dolzarb: Bu kim? Bu nima? Qanday predmet? Predmet nima qilmoqda?
Savollarning birinchiguruhi predmetlarning nomi va ularning qismlariga doir. Savollar bolalar predmetni kuzatishlari davomida beriladi. Ta’rif qisqa va keng bo‘lishi mumkin. Masalan, qisqagina: «Bu nima?» — «Chana» — «Qo‘lqop»; «Bu Kim?» — «Mushuk» — «Kuchuk» — «Xola» yoki keng: «Bizga Sardor nimani ko‘rsatayapti?» — «Nodiraning qo‘lida nima bor?» — «Ushbu rasmda nima tasvirlangan?».
Bir predmetni ko‘zdan kechirishda savollarni quyidagi ketma-ketlikda berish mumkin: «Bu nima?» — «Archa» — «Bu archaning nimasi?» — «Tanasi» — «Bu nima?» — «Shoxlari» — «Archaning shoxlarida nima bor?» — «Ignalari».
O‘zlarining javobo‘larida bolalar jonli va jonsiz predmetlarning nomlaridan foydalanadilar. Savollar turli kelishiklarda ko‘rgazmali tayanch va u foydalaniladigan vaziyatning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |