8-16 yо„g„on. Kichik guruh bolalariga 12-14 nomerli mо„yqalamlarni berish
57
seziladigan iz qoldiradi, predmetning shaklini berishni osonlashtiradi. О„rta va
katta guruhlar bolalariga ham ingichka, ham yо„g„on mо„yqalamlarni berish
mumkin.
Bolalarning mо„yqalamlardan foydalanishlarini kuzatilar ekan, eng
avvalo, ular uni tо„g„ri ushlashni bilishlariga, tarbiyachi buni eslatishi va
kо„rsatishiga: mashg„ulot vaqtida va tugugandan sо„ng bolalar mо„yqalamni
taglikka qо„yishlariga (tarbiyachi tagliklarni qalin kartondan yoki о„zunasiga
ikkiga qirqilgan g„altakdan tayyorlashi mumkin) e‟tibor berish kerak. Bolalarga
mо„yqalamni suvli bankada qoldirishga ruxsat bermaslik kerak, bundan
qilinganda uning tuki egiladi, har tomonga tarqab, shaklini yо„qotadi. Agar tukli
mо„yqalamlarga tejamkorlik bilan munosabatda bо„linsa, ular о„zoq muddat
xizmat qiladi. Mashg„ulot uchun bо„yoq tayyorlashda uni mо„yqalam bilan
aralashtirmaslik kerak, buni chо„p bilan qilish ancha qulay. Akvarel bо„yog„i
bilan rasm solishda mо„yqalamning tuklari yelpig„ich singari tarqab ketmasligi
uchun uni bosmasdan, bо„yoq yengil yarim aylana harakat bilan olinadi. Ish
tugagandan keyin, bо„yoq qurib qolmasdanoq, mо„yqalam yaxshilab yuviladi.
Mо„yqalamlarni stakanda mо„yini yuqoriga qilib saqlash tavsiya qilindi. Mudira
mashg„ulot boshlanishidan oldin, qog„oz qanday tayyorlanganligini kо„radi.
Rasm solish uchun anchagina qalin, bir oz g„adir budur qog„oz (yaxshisi yarim
vatman) kerak. Qalin yozuv qog„ozi uning о„rnini bosishi mumkin. Rasm solish
uchun ustiga qalam deyarli iz qoldirmay sirpanadigan yaltiroq va qalam
kuchliroq bosilganda yirtilib ketadigan yupqa qog„ozlar yaramaydi. Ish vaqtida
qog„oz qimirlamay, bir tekis turishi kerak (bolalar qog„oz holatini
о„zgartirishlari mumkin bо„lgan manzarali rasmlar solish bundan mustasno).
Kichik guruh bolalariga rasm solish uchun yozuv qog„ozi kattaligidagi
qog„ozni berish tavsiya qilinadi u bolakay qо„lini yozgandagi kenglikka
muvofiq keladi. О„rta va katta guruh bolalariga alohida predmetlarni tasviriylari
uchun yozuv qog„ozining yarmini (butun qog„ozdan ham foydalanish mumkin)
berish tavsiya qilinadi: mazmunli rasmlar uchun kattaroq formatdagi qog„ozni
58
berish kerak. Rasm solish uchun qog„oz tayyorlar ekan, tarbiyachi
tasvirlanadigan predmetning tuzilishini va razmerini hisobga olishi kerak.
Guash bо„yoqlar bilan rasm solishda tо„yingan va yumshoq tondagi
rangli qog„ozlardan foydalaniladi. Katta guruh bolalari kerakli rangdagi
qog„ozlarini mustaqil tayyorlay oladilar (qog„ozga tus berishda guash va akvarel
bо„yoqlardan hamda yо„g„on, yumshoq mо„yqalamlardan foydalanadilar:
razmeri unchalik katta bо„lmagan yassi bо„yoq mо„yqalamlari–fleyslar qulaydir.
Bо„yoq oldin gorizontaliga, sо„ngra uning ustidan vertikaliga beriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: