Bо„yoqlar. Rasm solishda suvli bо„yoqning ikki turi–guash va
akvareldan foydalaniladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun
pastasimon, shaffof bо„lmagan bо„yoqlar–guash qulaydir.
Bо„yoqni mо„yqalamda turadigan, undan tomib tushmaydigan, suyuqroq
qaymoq quyuqligiday qilib aralashtirilishi kerak. Bо„yoqlarni bolalar rangni
kо„rib turishlari uchun qirralari past shaffof bankachalarga quygan ma‟qul.
Yopiq qopqoqchali polietilen bankachalardagi guash bо„yoqlaridan
foydalanish qulay: tarbiyachilar bо„yoqni ularning о„zida tayyorlaydilar va
mashg„ulotdan sо„ng ularni boshqa narsaga qо„ymay qoldiraveradilar. Bunda
bо„yoq tejam bilan sarflanadi va uni tayyorlashga kо„p vaqt ketmaydi.
Tarbiyachi bо„yoqning kerakli rangini chiqarishni bilishi kerak. Akvarel
bо„yoqlar katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalariga tavsiya qilinadi.
Akvarel bо„yoqlarining farqlovchi xususiyati, bularning kukun qilib
maydalangan pigment va kо„p miqdordagi yopishtiruvchi moddalardan
(bog„lovchi sifatida) iboratligidir. Kukun qilib foydalanganligi tufayli akvarel
bо„yoqlar о„zlarining asosiy fazilatlari–shaffoflik kasb etadilar. Hozirga kunda
akvarel har xil kо„rinishda: qattiq-plita shaklida, yarim yumshoq-chinni
formachalarda va yumshoq tyubikchalarda ishlab chiqarilmoqda. Maktabgacha
ta‟lim muassasasi sharoitlarida yarim yumshoq (formachalardagi) akvareldan
foydalanish ma‟qulroq. Bolalarning akvarel bо„yoqlaridan xuddi guash
bо„yoqlari bilan rasm solganidek foydalanishlariga yо„l qо„yib bо„lmaydi.
Bolalar akvarel bо„yoqlari bilan rasm solar ekanlar, predmetlar konturini oldin
59
qog„ozga oddiy qalam bilan tushiradilar. Mashg„ulotlar va bolalarning mustaqil
badiiy va ijodiy faoliyatlari uchun pastel–turli rangdagi yо„g„on sterjenchalar
tavsiya etiladi. Pastel naborida har biri bir nechta tusga ega bо„lgan beshta rang
bо„ladi, buning о„zi ish uchun tayyor palitradir. Pastel qattiq, yumshoq va
о„rtacha turlarga bо„linadi. Bolalar uchun yumshoq pastel tavsiya etiladi. Bu
bо„yoq ehtiyotkorlik bilan munosabatda bо„lishni talab etadi, chunki u oson
uvalanadi, sinadi. Shuning uchun pastel sterjenining har birini zar qog„ozga
о„rash kerak bо„ladi. Rangli mum bо„rlar sterjen kо„rinishida 12 dan 36 tagacha
rangda nabor qilib sotiladi. Uning bilan ham huddi pastel singari rasm solinadi.
Rangli mum bо„rlarning afzalligi shundaki, ular bilan qalam chizig„i
qalinligidagi chiziqni chizish mumkin. Shuning uchun mum bо„rlar bilan rasm
chizishda oddiy qalamdan foydalanilmaydi. Rangli bо„rlardan mashg„ulotlardan
bо„sh vaqtlarda taxta (doska) ga rasm chizishda foydalaniladi. О„chirish uchun
ikkita – quruq va ozgina namlangan latta kerak: qurug„i bilan xatolar
yо„qotiladi,
rasmga
bо„r
changi
(kukuni)
tushurilib,
ayrim
joylari
xiralashtiriladi: xо„li bilan eng tо„q joylari oqartiriladi, oxirida esa rasm
doskadan о„chiriladi. Rasm solishga mо„ljallangan kо„mir о„zunligi 10-12 sm va
diametri 5-8 mm bо„lgan yirik sterjendan iborat bо„ladi. U yumshoq, sinuvchan,
uqalanuvchan material bо„lganligi uchun zar qog„ozga о„ralishi kerak. Kо„mir
tо„q xira-qora iz qoldiradi. Kо„mir bilan ishlashda uning changini saqlab
qoladigan tukli qog„ozlar – gulqog„oz, о„rash uchun ishlatiladigan va rasm
solish qog„ozlari ishlatiladi. Agar kо„mir bilan ishlangan rasm ustidan paxta
tamponi ozgina hо„llab, rasm solingan qog„oz sathidan vertikaliga yengil surib
chiqilsa, bо„yoq yanada mustahkamlanadi.
Loy va plastilindan narsalar yasash uchun maxsus uskunalar:
aylanadigan doirali dastgoh (katta guruhlar uchun), suv solinadigan idishlar,
latta; bolalar yasagan narsalarni bо„yash uchun–gruntovka; bundan tashqari,
bо„yashda ishlatiladigan maxsus bо„yoqlar–angoblar kerak bо„ladi. Bolalar
ishlagan haykaltaroshlik mahsulotlarini pishirish uchun mufel pechkaning
60
bо„lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday pechkani о„quv kollektorlaridan topish
mumkin.
Natura yoki namunani namoyish qilish uchun natura uchun
mо„ljallangan tagliklardan foydalansa bо„ladi. Karkaslar–turli uzunlik va
kenglikdagi oddiy taxtalar ham uskunalarga kiritiladi. Karkaslardan foydalanish
bolalarga jonivorlarning oyoqlarini mukammalroq tasviriyda va ularning
figuralarini barqaror hamda dinamikroq qilishga imkon beradi.
Narsalar yasash mashg„ulotlari uchun plastik materiallar–loy, plastilin
kerak bо„ladi, bunda asosiy yasash uchun eng maqbul material, bu loydir.
Kichik guruhlarda faqat loydan foydalaniladi, chunki bu yoshdagi bolalar
plastilindan narsa yasashda qiynaladilar. О„rta guruhda ham bolalar asosan
loydan narsalar yasaydilar. Rangli plastilindan katta guruhlarda mazmunli
narsalar yasashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |