xususiyatga egadir. Bu guruhni 2-3 yuqori guruhga bо„lib, har biri uchun
о„zining dastur mazmuni aniqlanadi.(bolalarning hammasi, birgalikda, bir
42
IV.II.BOLALARNI MASHG„ULOTLARDA О„QITISH
О„qitish–maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni elementar bilimlar
sistemasi bilan tanishtirishda, “Uch ming yillikning bolasi dasturi” da nazarda
tutilgan kо„nikma va malakalarni shakllantirishda yetakchi rolni о„ynaydi.
О„qitish jarayonida bolalarga yangi bilimlarni muntazam berib borish, ular
jamg„argan tasavvurlarni aniqlash va sistemalashtirish, bolalarning bilish
jarayonlari hamda tafakkur aktivliklarini rivojlantirish amalga oshiriladi.
О„qitish–ikki tomonlama jarayon: mashg„ulotlar kо„zatilar ekan,
tarbiyachining ta‟lim berish faoliyatini, uning bolalarga ta‟sir etish
imkoniyatlarini hamda bolalarning javob berish reaksiyalarini, о„quv harakatlari
sifatini ham baholash muhimdir.
Ta‟lim jarayoni bolalarning jismoniy, ma‟naviy, mehnat va estetik
rivojlanishlariga har tomonlama ta‟sir kо„rsatadi. Shuning uchun ta‟lim
jarayonini kо„zatishning muhim vazifasi uning bolalarga tarbiyaviy,
umumta‟lim ta‟sirini (kо„zatuvchanlik, zehnlilik, aqliy, nutqiy va harakat
aktivligi, mustaqillik, ijodiy tashabbusning rivojlanishini) aniqlashdir.
Pedagog har bir mashg„ulotda ta‟lim va tarbiyaning о„zaro bog„langan
vazifalarini amalga oshirishni esda saqlashi muhimdir. Masalan, bolalarga rasm
solish usullarini tushuntirar ekan, u bolalarga predmetni izchil taxlil qilishni,
kо„rganlarini tasvirlashni, xarakat usullari haqida gapirishni, bо„yoqdan tartibli
foydalanishni, о„rtog„iga halaqit bermaslikni oxirida hamma narsani о„zi joy-
joyiga olib qо„yishni о„rgatadi. Shuning uchun tasviriy faoliyat mashg„ulotlarida
bolalarning tashqi dunyo haqidagi tasavvurlari qandayligini, ular о„z fikrlarini
erkin bayon qila olishlarini, ularning lug„at boyliklari qandayligini aniqlash
mumkin. Bolalardagi ma‟naviy tasavvur darajasini bajarilgan ishlarni baholashi
va shu kabilardagi fikrlari hamda luqmalaridan bilib olish mumkin. Demak,
kо„rilgan har bir mashg„ulotlarda dasturning barcha bо„limlari bо„yicha bolalar
bilan olib borilgan ishning darajasi xuddi kо„zgudagidek aks etadi. Tarbiyachi
о„tkazadigan mashg„ulotlarning muvaffaqiyati uch shartga: dasturni yaxshi
43
bilishga, ta‟lim metodikasini egallaganlikka, о„z guruhidagi bolalarning yosh va
individual xususiyatlari hamda imkoniyatlarini bilishga bog„liq bо„ladi.
Tarbiyachini nazorat qilish va unga yordam kо„rsatish uchun
Maktabgacha ta‟lim muassasasi mudirasi barcha yosh guruhlarining dasturini
hamda ta‟lim metodikasini bilishi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning
psixo-fiziologik xususiyatlarini tushunishi, yangi ilmiy tadqiqotlar va ilg„or
pedagogik tajribadan xabardor bо„lishi kerak.
Savollar:
1.
Maktabgacha yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bо„lgan bolalarning
rivojlanishida tasviriy faoliyatning о„rni qanday?
2.
Bolalarning tasviriy faoliyatlarining rivojlantirish vazifalari
nimalardan iborat?
3.
Maxsus maktabgacha ta‟lim muassasalarida tasviriy faoliyat
mashg„ulotlarining tashkil etilishi.
Tayanch tushunchalar:
1.
Mashg„ulot
2.
Lug„at boyligi
3.
Ichki nutq
4.
Tashqi nutq
Do'stlaringiz bilan baham: