6-modda. Deputatning majburiyatlari
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida hamda mazkur Kengash
tomonidan tuzilgan qaysi komissiya tarkibiga saylangan bo‘lsa, shu komissiyaning majlislarida
qatnashishi, ovoz berishda tegishli xalq deputatlari Kengashining Reglamentida belgilangan
tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
Deputatning tegishli xalq deputatlari Kengashining hamda qaysi komissiya tarkibida bo‘lsa,
shu komissiyaning majlisida ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bu haqda mazkur xalq
deputatlari Kengashi yoki komissiya rahbariga oldindan xabar qilishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
Deputatning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi
mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
7-modda. Deputatning saylovchilar bilan, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan
siyosiy partiya bilan olib boradigan ishlari
(7-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputati o‘z okrugi saylovchilari bilan, uni deputatlikka
nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turadi, tegishli xalq deputatlari
Kengashida ularning manfaatlarini ifoda etadi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Deputat o‘ziga saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda
ko‘rib chiqadi, ularni hal etish chora-tadbirlarini ko‘radi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qiladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Deputat vaqti-vaqti bilan, lekin yiliga kamida to‘rt marta saylovchilarga o‘z faoliyati to‘g‘risida
axborot beradi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Deputatga saylovchilar bilan olib boriladigan ishlar uchun tegishli xalq deputatlari
Kengashining reglamentida belgilanadigan tartibda muayyan kunlar ajratiladi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun deputatga zarur shart-sharoit ta’minlanadi.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari uning iltimosiga ko‘ra bino ajratilishini tashkil etadilar, deputatning
saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt
va joy haqida fuqarolarga xabar beradilar, qabul va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun
deputatning taklifiga binoan o‘zlarining mas’ul vakillarini yuboradilar, shuningdek, deputatning
joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar ko‘radilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib
ko‘rsatgan siyosiy partiya oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan deputat qonunda belgilangan
tartibda chaqirib olinishi mumkin.
(7-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |