4-modda. Deputatning guvohnomasi va ko‘krak nishoni
Deputatda guvohnoma va ko‘krak nishoni bo‘ladi, bu guvohnoma bilan nishon unga deputat
sifatida ro‘yxatga olinganidan keyin tegishli saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Deputat
guvohnoma va ko‘krak nishonidan o‘z vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.
Deputatning guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi namunaviy nizom, shuningdek,
bunday guvohnoma va nishon namunalari hamda tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
II. Deputatning huquqlari va majburiyatlari
5-modda. Deputatning huquqlari
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar
bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Deputat:
tegishli xalq deputatlari Kengashining doimiy hamda muvaqqat komissiyalariga saylash va
saylanishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif
etishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni
ko‘rib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar
bildirishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki
tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida munozaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi
va raislik qiluvchiga savollar berishga;
deputat so‘rovi bilan murojaat etishga;
o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh
berishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida raislik qiluvchiga majlisda muhokama
qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan organning qaroriga
qo‘shilmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida bayon
etishga yoki bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi rahbariga yozma ravishda ma’lum
qilishga;
Oldingi
tahrirga qarang.
tegishli hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuniga
asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ
yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini mazkur xalq deputatlari Kengashining
majlislarida eshitish to‘g‘risida taklif kiritishga;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, tegishli xalq deputatlari
Kengashi qarorlarining bajarilishini tekshirish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif
etishga;
tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
saylovchilar bilan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, siyosiy partiya tashkiloti bilan
uchrashuvlar o‘tkazishga;
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari
yoki qonunchilikni buzishning boshqa hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda ularga darhol chek
qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat
etishga haqli.
(5-moddaning ikkinchi qismi o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Deputat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |