234-modda. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish
Bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish, ya’ni tergovga qadar tekshiruvni amalga
oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan qonuniy
asosga ega bo‘lmagan holda shaxs erkinligining qisqa muddatga cheklanishi —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bila turib, qonunga xilof ravishda hibsga olish yoki hibsda saqlash —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni
Do'stlaringiz bilan baham: |