Chet el fuqarosi
— biron bir chet el davlat fuqarosining yuridik maqomiga ega bo‘lgan shaxs.
Yaqin qarindoshlar
— qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va
o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar,
bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va
opa-singillari.
O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi
— qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lgan shaxs.
O‘rtacha kattalikdagi ekin
maydoni
— 250 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ekin maydoni.
Qilmish
— harakat yoki harakatsizlik.
Qimor va tavakkalchilikka
asoslangan boshqa o‘yin
— o‘yin tashkilotchisi (o‘yin muassasasi) tomonidan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan
tasodifga (voqeaga) va (yoki) o‘yin ishtirokchisining qobiliyati, epchilligi va boshqa
sifatlariga bog‘liq yutuq to‘g‘risida tuzilgan, tavakkalchilikka asoslangan bitimga muvofiq
o‘yin tashkilotchilari va ishtirokchilarining xatti-harakatlari majmuini nazarda tutuvchi
o‘yin, shu jumladan totalizatorlar, kazino, shuningdek o‘yin avtomatlaridan
foydalaniladigan o‘yin.
G‘arazgo‘ylik niyatlari
— sodir qilingan jinoyatdan moddiy yoki boshqacha mulkiy yo‘sindagi foyda olish yoxud
moddiy xarajatlardan qutilishga intilishda ifodalangan niyat.
Harakat
— shaxsning ijtimoiy xavfli, ongli va faol xulq-atvori.
Harakatsizlik
— shaxsning normativ hujjatlarda bajarishi shart qilib
belgilangan muayyan harakatlarni bajarmaslikda
ifodalangan ijtimoiy xavfli, ongli va sust xulq-atvori.
Harbiy jinoyatlar
— harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy mashqni o‘tash davrida harbiy xizmatga majbur
shaxslar tomonidan harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilingan
jinoyatlar.
Harbiy sir
— oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli
Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy yo‘sindagi
ma’lumotlar.
Hokimiyat vakili
— davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy
yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha
fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki
farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs.
Hujjat
— huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan fakt va voqealarni tasdiqlovchi, lozim darajada tuzilgan va
zaruriy rekvizitlari (shtamp, imzo, muhr, sana, tartib raqami) mavjud bo‘lgan yozma hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |