Xo‘jalik yurituvchi subyekt
— mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar.
Chet el valyutasi
— 1) tegishli chet el davlatining muomalasida bo‘lgan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan,
shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, lekin O‘zbekiston
Respublikasining pul belgisi bilan almashtirilishi lozim bo‘lgan banknot tarzidagi chet el pul
belgisi;
2) chet el davlatlarining pul birliklarida va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi schyotlar va
omonatlardagi mablag‘lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |