Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/330
Sana22.09.2021
Hajmi1 Mb.
#181658
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   330
Bog'liq
JK

kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash 
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala 
hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, 
ayblanuvchiga,  sudlanuvchiga,  mahkumga,  guvohga,  jabrlanuvchiga,  jinoyat  protsessining  boshqa 
ishtirokchisiga  yoxud  ularning  yaqin  qarindoshlariga  ulardan  yoki  boshqa  uchinchi  shaxsdan  biror-bir 
axborot  olish,  jinoyat  sodir  etganligiga  iqrorlik  ko‘rsatuvi  olish  maqsadida,  ularni  sodir  etilgan  qilmish 
uchun  o‘zboshimchalik  bilan  jazolash  yoxud  biror-bir  harakatni  sodir  etishga  majburlash  maqsadida 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  organning  yoki  boshqa  davlat  organining  xodimi  tomonidan  yoxud  uning 
dalolatchiligida  yoki  xabardorligida  yoxud  indamay  bergan  roziligi  bilan  boshqa  shaxslar  tomonidan 
qo‘rqitish,  urish,  do‘pposlash,  qiynash,  azob  berish  yo‘li  bilan  yoki  qonunga  xilof  boshqa  harakatlar 


vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki boshqacha tarzda 
bosim o‘tkazish, — 
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan 
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
O‘sha harakatlar: 
a)  hayot  va  sog‘liq  uchun  xavfli  bo‘lgan  zo‘rlikni  qo‘llagan  holda  yoxud  shunday  zo‘rlikni 
qo‘llash tahdidi bilan; 
b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab bo‘yicha; 
v) bir guruh shaxslar tomonidan; 
g) takroran; 
d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga yetmagan shaxsga yoxud homiladorligi 
aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan; 
e) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; 
j) hayotga va sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ashyolar qo‘llanilib; 
z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, — 
muayyan  huquqdan  mahrum  etib,  besh  yildan  yetti  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan 
jazolanadi. 
Ushbu  moddaning 
birinchi 
yoki 
ikkinchi  qismida 
nazarda  tutilgan  harakatlar  badanga  og‘ir 
shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, — 
muayyan  huquqdan  mahrum  etib,  yetti  yildan  o‘n  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan 
jazolanadi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish