237-modda. Yolg‘on xabar berish
Yolg‘on xabar berish, ya’ni jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda;
b) g‘arazgo‘ylik niyatlarida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
g) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |