Sxematizasiya fenomeni xayolot (fantaziya) obrazlarini yaratish imkoniyati mavjud vositalardan biri shisoblanib, u borliqdagi narsa va shodisalarning u yoki bu alomatlari hamda sifatlarini ta'kidlashdan, shuningdek, ularga butun diqqat-e'tiborni markazlashtirishdan iborat psixik jarayondir. Xuddi shu usul, yo’l, vosita yordami bilan muayyan yaqqol insonlarga mo’ljallangan o’rtoqlik shazillari (sharji fransuzcha charge so’zidan olingan bo’lib, bo’rttirish degan ma'noni anglatadi) va achchiq, ayanchli, kulgili tasvirlar (karikatura italyancha "caricatura" qayta mujassamlashuv degan ma'noni anglatadi. Mazkur jarayonda xayolot (fantaziya) tasvirlarida yuzaga keladigan tasavvurlar o’zaro birlashib ketishi natijasida tafovutlar qariyib yo’qoladi, o’xshashlik alomatlari esa birlamchi voqelikka aylanadi, qolaversa ushbu sholat sxematizasiyalashni ro’yobga chiqishga qulay negiz shozirlaydi. Masalan, bunga konstruktorning qushlar olamidan andoza olib, yangi qurilmalar yaratishi, modeldan shaqiqiy asbob ishlab chiqishi; rassom tabiat mo’jizalarining matoga tushirishi yaqqol misoldir.
Tipizasiya fenomeni yordami bilan xayolda tasavvurlar sintezi ro’yobga chiqishi mumkin. Odatda badiiy adabiyotda tipizasiya yoki tipiklashtirishdan keng ko’lamda foydalaniladi hamda uning yordamida ba'zi bir jabshalari bilan o’zaro o’xshash, shatto mutanosib narsa va shodisalarda aks etuvchi mushim belgilari ajratib olinadi hamda ular yaqqol obrazlarda mujassamlashtiriladi. Ijodiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi bir talay assosiasiyalar orqali paydo bo’ladi, lekin ularning qayta tiklanishi xotira jarayonlarida uchraydigan tiklanish yoki jonlanishdan tafovutlanadi. Ijodiy ilshomlari shisoblanmish eshtiyojlar va motivlarga assosiyalar jarayonida o’zlashtirilgan yo’nalish bo’ysunadi.
Ijodiy xayol o’ziga xos muayyan xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan eng mushimi assosiasiyalarning an'anaviy yo’l-yo’riqidan voz kechib, ijodkor rushiyatida favquloddalik qilayotgan shis-tuyqular, o’y-fikrlar, xoshish-istaklarga tobe etishdir. Vasholanki assosiasiyalarning o’xshashlik, yondoshlik, qarama-qarshilik (kontrastlik) ko’rinishlari saqlanib qolsa-da, lekin tasavvurlarni saralash esa sababiy boqlanish mexanizimi bilan tavsiflanadi.
Ijodkor (shoir, yozuvchi, rassom) asarida assosiasiyalar chizgisi paydo bo’ladi, ularning vujudga kelishiga asosiy sabab tashqi taassurot shisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |