62
12.
Ijtimoiy yetukligi, tashkilotchilik qobiliyati.
13.
Ekstravertligi va introvertligi.
14.
Yuksak insoniy tuyg’ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi.
15.
Fidoiylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar.
Yuqorida sanab o’tilgan mezonlar bo’yicha tekshirish ishlari bir necha
metodlar, metodikalar orqali ko’p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi.
Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga
shaxslararo munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli
vaziyatlardan, qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan, psixologik
treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi.
Olingan natijalar sifat va miqdor jishatdan tashlil qilingandan keyin
muayyan xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientasiya sub'ekti roziligida
ishga mushtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo’naltiriladi. Ish joyning masofasi,
uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli,
muammoli jishatlari yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki hartnoma
qonuniy shujjat ekanligi (qiymatiga) zarar keltirmasin (ba'zan kelishuvdan voz
kechish holatlari ham yuz berib turadi). Psixologik kuzatishlarning ko’rsatishiga
qaraganda, reorientasiya (kasb tanlashga yo’llash) kabi bosqichlardan tashkil
topgan bo’lib, ular qisqa fursatda (muddatda) o’tishi bilan o’zaro muayyan
darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo’llash, kasbga saralash,
kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal, o’ziga xos xususiyatlari bilan
tavsiflanadi. Ayniqsa, kasbiy moslashish davri o’ziga xos tarzda kechadi, bir
bosqich ikkinchisi bilan silliq uzviy bog’lanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy)
tomoni, ijtimoiy faollik (nufuzga egalik), ma'naviy ta'minlanganlik (ruhiy
ko’tarinkilik shissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy shayotdan o’z
o’rnini topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruhiy imkoniyatlari,
zaxiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz shozirlaydi.
Reorientasiya (qayta kasbga yo’llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini
turmushga tatbiq etishga zarur hart-haroitlar yaratadi. Inson omilini qadrlashga,
butun imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu shavas, istak-xoshish
ushalishiga negiz vujudga keltiradi. Ko’p profilli kasb-shunar egalari safini
kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg’usini jonlantiradi, zarur
bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi.
Reorientasiya inson imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai shisoblanib,
o’zini o’zi kashf qilishi, o’zini o’zi boshqarishi, o’zini o’zi tashkillashtirish, o’zini
o’zi basholash, o’zini o’zi refleksiyalash, o’zini o’zi indentifikasiyalash kabi shaxs
fazilatlarini ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: