*zbekiston respublikasi



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/48
Sana31.12.2021
Hajmi1,23 Mb.
#279772
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

 
 
2."Endopsixika" va "Ekzopsixika" shaqida tushuncha 
Yuqorida  ta'kidlab  o’tilgan  ilmiy  muammolardan  birinchisi  bir  shaxsni 
boshqa  odamlardan  ajratib turadigan  individual tuzilishiga  ega ekanligidir. Ushbu 
yaqqol  psixologik  muammoni  shal  qilish  shaxsning  mazkur  tuzilishining  ichki 
haroitlarida  ifodalanuvchi  xulq-atvorni  oldindan  bashorat  qilish  imkoniyatini 
yaratadi. Mazkur masalaning qo’yilishi dastavval ta'lim va tarbiya eshtiyojlaridan, 
tashkilotchilikka  oid  faoliyat  sohalari  va  boshqa  eshtiyojlar  zamiridan  kelib 
chiqadi.  Lekin  bu  masalani  ilmiy  asosda  shal  qilish  boshqa  muammoni,  ya'ni 
shaxsni  toifalarga  ajratish  (tipologiya),  uning  eng  muhim,  mukammal  tuzilishini 
aniqlash bilan bog’liqdir. Darshaqiqat, shaxs tipologiyasi, shaxsni tipologik tashlil 
qilishning  eng  nozik,  ibratli  jishatlarini  cheklab  o’tish,  u  shaqida  yetarli  darajada 
to’la  tasavvurga  ega  bo’lishni  xoshlasak,  uning  eng  umumiy  tasvirini 
umumlashgan tarzda ta'kidlab o’tish lozim. 
Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning 
bir  qancha  tarkibiy  qismlarga  ajratishni  taqozo  etadi,  binobarin,  ushbu 
bo’laklarning  yig’indisi  yaxlit  inson  shaxsini  vujudga  keltiradi.  Jahon 
psixologiyasi  fanida  psixologlar  shaxsni  psixologik  tuzilishining  tarkibiy 
qismlarini turli moshiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikasiyalashni) 
tavsiya etmoqdalar. 
Hozirgi  zamon  jahon  psixologiyasida  biologik  (tabiiy)  va  ijtimoiy  (sosial) 
omil  (faktor)  ning,  voqelikning  ta'siri  ostida  shakllangan  inson  shaxsida  ikkita 
muhim  qism  bo’lganligini  tasdiqlovchi  nazariya  yuksak  mavqeni  egallab  turibdi. 
Mazkur  nazariyaga  binoan  "ichki  psixik"  ("endopsixik"  -  yunoncha  "endo"  ichki 
degan ma'noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g’oyani ilgari suriladi. Ushbu 
talqinga  ko’ra  "endopsixika" shaxsning psixik  tuzilishining ichki  qismlari  sifatida 


66 
 
psixik  elementlar  va  funksiyalarning  o’zaro  bog’liqligi  aks  ettiriladi.  Uning 
negizida  insonning  nerv-psixologik  tuzilishi  bilan  "endopsixik"  aynan  bir  narsa 
degan  tushunchani  tasdiqlash  yotadi,  go’yoki  u  odam  shaxsining  ichki 
mexanizmini  yuzaga  keltiradi.  Psixik  tuzilishning  "ekzopsixik"  qismi  bo’lsa 
shaxsning tashqi mushitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo’lgan 
barcha jishatlarini, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. "Endopsixika" 
o’z  navbatida  shaxsning  ta'sirlanishi,  xotira,  tafakkur,  xayol  kabi  bilish 
jarayonlarining  xususiyatlarini,  irodaviy  zo’r  berish  xislatlarini,  ixtiyorsiz 
harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi.  
"Ekzopsixika"  esa  o’z  tarkibida  shaxs  munosabatlarining  tizimini  va  uning 
qiziqishlari, 
mayllari, 
ideallari, 
maslagi, 
ustunlik 
qiluvchi, 
shukmron 
shissiyotlarini,  egallagan  bilimlarni,  tajribalarni  va  shu  singarilarni  qamrab  oladi. 
Tabiiy  omilga  (asosga)  ega  bo’lgan  "endopsixika"  biologik  hart-haroitlarga 
bog’liqdir, aksincha, "ekzopsixika" ijtimoiy voqeliklar ta'siri ostida yuzaga keladi, 
tarkib topadi va takomillashib boradi. 
Shaxsning  tarkib  topishi  bir  qator  omillarga  bog’liq  degan  nazariyaning 
namoyandalari  bo’lmish  Hozirgi  zamon  uzoq  chet  el  (AqSh,  Angliya,  Fransiya, 
Germaniya,  Shvesariya  va  boshqalar)  psixologlari  oqibat  natijasida  shaxsning 
tuzilishini  o’sha  ikkita  asosiy  omillarga,  ya'ni  biologik  va  ijtimoiy  (sosial) 
voqeliklarning 
ta'siriga 
bog’liq 
bo’lgan 
tuzilishining 
mavjudligidan 
manfaatdordirlar. Ob'ekt-sub'ekt munosabatini belgilaydi.  
"Endopsixika"  o’z  navbatida  shaxsning  ta'sirlanishi,  idrok,  tasavvur,  xotira, 
tafakkur,  xayol  jarayonlarining  xususiyatlarini,  irodaviy  zo’r  berish  xislatlarini, 
ixtiyorsiz  (ideomotor)  harakatlarini  va  shu  kabi  fazilatlarini  aks  ettiradi. 
"Ekzopsixika"  esa  o’z  tarkibiga  xos  munosabatlarining  tizimini  va  uning 
qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik qiluvchi, shukmron 
shissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi. 
Psixologiya fanida keskin qayta qurish jadal sur'atlar bilan davom etayotgan 
bir  davrda  yuqorida  tashlil  qilingan  qo’sh  (ikki)  omillik  konsepsiyasiga  qanday 
munosabatda bo’lish maqsadga muvofiq? 
Jumladan, dialektik materializm darg’alarining iborasi bilan aytganda, inson 
shaxsining moshiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat, bu ifodaga 
o’ta  keskin  e'tiroz  bildirishga  shojat  yo’q.  Chunki  shaxs  ijtimoiy  mavjudod 
bo’lganligi  (mikromushit  mashsuli  ekanligi  tan  olinmasa-da)  uchun  unda  tabiiy-
biologik  tuzilish  alomatlari  saqlanib  qolishi  tabiiy  sholdir.  Masalan,  shaxs 
tuzilishida  biologik  va  ijtimoiy  (sosial)  omillarni  birlamchi  deb  e'tirof  qilish 
muammoning  bir  tomoni  (ularni  shisobga  olish,  albatta  zarur),  lekin  ikkinchi 
tomoni  ularning  o’zaro  munosabatlarini  qay  tarzda  tushunishda  o’z  ifodasini 
topadi.  Ko’pgina  psixologlarning  fikricha,  bizning  nuqtai  nazarimizcha,  qo’sh 
omillik  nazariyaning  bashsli  jabshasi  shundan  iboratki,  bu  nazariya  ijtimoiy  omil 
bilan  biologik  voqelikni,  mushit  bilan  biologik  tuzilishni,  "ekzopsixika"  bilan 
"endopsixika"  ni  mexanik  ravishda  bir-biriga  qarama-qarshi  qo’yadi,  o’zaro  ta'sir 
etish  muammosiga  loqaydlik  bilan  munosabatda  bo’ladi.  Mazkur  konsepsiya 


67 
 
vakillari  shaxsning  shakllanishi  va  uning  tuzilishiga  ta'sir  qiluvchi  tabiiy  va 
ijtimoiy omillar ichki imkoniyatlari mavjud ekanligini shisobga olmaydilar. 
Ta'kidlab o’tilgan fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga 
murojaat  qilamiz.  qo’sh  omillik  nazariya  tadqiqotchilari  tajribalarida  80-130  sm 
balandlikdagi  odamlarning  shaxs  xislatlarini  tarkib  toptirish  o’rganilgan.  Buning 
natijasida  ular  shaxsning  tuzilishida  ko’p  xislatlari  o’xshashligi  topilgan.  Bunday 
odamlarning bo’yi past (pakana) bo’lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida shech 
qanday  nuqson  va  kamchilik  yo’q  ekanligi  aniqlangan.  Bunday  toifaga  kiruvchi 
kishilarda  bolalarga  xos  kulgini, shech  bir  tanqidsiz  optimizmini,  o’ta  soddalikni, 
muayyan  darajada  shissiy  (emosional)  zo’riqishni  talab  qiladigan  vaziyatga 
nisbatan  chidamlilikni,  uyat  shissining  kamroq  ekanligini  uchratish  mumkindir. 
Shaxsning  xislatlariga  na  "endopsixika",  na  "ekzopsixika"  qismlarini  kiritish 
mumkin 
emas. 
Chunki 
shaxsning 
sifatlari 
mitti 
odamlarning 
psixik 
xususiyatlarining mashsuli bo’lib, ular bo’yiga nisbatan o’z tengqurlari o’rtasidagi 
farq  aniqlangan  davrdan  e'tiboran  shunday  bir  ijtimoiy  vaziyatda  paydo  bo’lishi, 
tarkib  topishining  takomillashishi  tabiiydir.  Shuni  aloshida  ta'kidlab  o’tish  joizki, 
tevarak-atrofdagilarning  mitti  odamlarga  bo’ydor  kishilarga  qaraganda  boshqa 
munosabati,  ularning  pisand  qilmasligi,  kamsitilishi,  ular  ham  barcha  kabi 
narsalarni  shis  qilish,  orzu  qilish,  ajablanish,  shayron  qolish  sababli  ularda 
shaxsning  o’ziga  xos  tuzilishi  vujudga  keladi.  Bunday  yaqqol  voqelik  ularning 
ruhiy  ezilishini,  ba'zan  boshqalarga,  shatto  o’zlariga  nisbatan  tajavuzkorona  yo’l 
tutishlarini  niqoblaydi,  xolos.  Mabodo  biz  mitti  odamlar  (liliputlar)  o’zlari  bilan 
bap-barovar bo’yli kishilar mushitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda 
ham  tevarak-atrofdagi  boshqa  odamlardagi  kabi  mutlaqo  boshqacha  shaxsiy 
fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar, sifatlar mujassamlashishi mumkin bo’lar edi. 
Taraqqiyparvar  (gumanistik)  psixologiya  fanida  ta'kidlanganidek,  shaxs 
tuzilishidagi  tabiiy,  organik  jishatlar  va  holatlar  uning  ijtimoiy  hart-haroitlariga 
bog’liq  tarkibiy  qismlaridir.  Shaxs  tuzilishidagi  tabiiy  (anatomik-fiziologik  va 
boshqa  sifatlar)  va  ijtimoiy  omillar  yaxlit  birlikni  tashkil  qiladi  va  ular  shech 
mashal  ixtiyorsiz  ravishda  bir-biriga  qarama-qarshi  qo’yilishiga  yo’l  qo’ymaslik 
kerak. 
Shunday  qilib,  ilmiy  psixologiya  (materialistik  deb  atashdan  saqlanish 
maqsadida)  fanida  barcha  kategoriyalarga  umumbahariy,  umuminsoniy  tamoyil 
nuqtai nazardan  yondashish shaxs  tuzilishida tabiiy  (biologik)  va ijtimoiy  (sosial) 
omillar  rolini  tan  oladi,  inson  shaxsidagi  biologik  va  ijtimoiy  voqeliklarni  atigi 
shularning negizida qarama-qarshi qo’yishga tanqidiy munosabatda bo’ladi. 
Shaxs  muammosini  dialektik  materializm  pozisiyasida  turib  shimoya 
qiluvchi  sobiq  sovet  psixologiyasi  va  boshqa  taraqqiyparvar  yo’nalish  vakillari 
shaxsning  faolligi  tevarak-atrofdagi  olam  bilan  bo’ladigan  o’zaro  munosabat 
jarayonida  faoliyat  vujudga  kelishi  mumkin  degan  ta'limotga  asoslanadi.  Shaxsni 
faolligining  manbai  uning  eshtiyojlari  shisoblanib,  xuddi  shu  eshtiyojlar  odamni 
muayyan  tarzda  va  ma'lum  yo’nalishga  harakat  qilishga  undaydi.  Xuddi  shu 
boisdan eshtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida yuzaga keladi va uning yaqqol 
turmush haroitiga bog’liqligini aks ettiruvchi holatdir. 


68 
 
Eshtiyojlarda  shaxsning  yaqqol  ijtimoiy  turmush  haroitlariga  bog’liqligi 
motivlar  tizimi  (motivasiya)  sifatida  o’zining  faol  jabshalari  bilan  ifodalanadi. 
Motivlar  ma'lum  eshtiyojlarni  qondirishga  qaratilgan  faoliyatga  nisbatan 
moliklikdir, degan ta'riflanishga mutlaqo mosdir.  
Psixologiya  fanida  qiziqishlar  deganda,  odamlarning  bilish  jarayoniga 
yo’naltirilgan  eshtiyojlarning  shissiy  aks  etishidir.  Bilish  eshtiyojlarini  shaxs 
tomonidan  qondirilishi  uning  bilimlaridagi  uzilishlarini  to’ldirishga,  ta'lim 
vaziyatlariga  to’g’ri  moslashishga  hamda  ularni  tushinishga  zarur  imkoniyatlar 
yaratadi va yordam beradi. 
E'tiqod  odamning  shaxsiy  qarashlari,  xulq-atvor  tamoyillari,  ilmiy 
dunyoqarashlariga  asoslanib  harakat  qilishga  undovchi  anglashilgan  eshtiyojlar 
majmuidir.  E'tiqod  shaklida  yuzaga  keladigan  eshtiyojlarning  mazmunini  odamni 
qurshab  turgan  tabiat  va  u  yashaydigan  jamiyat  shaqidagi  bilimlar  hamda  ularni 
muayyan darajada shaxs tomonidan anglash shosil bo’ladi va asta-sekin turli tashqi 
ta'sirlar yordamida takomillashib boradi. 
Insonda  vujudga  keladigan  tilaklar  sa'i-harakatlar  motivlari  shisoblanib,  bu 
motivlarda  aynan  shu  vaziyatda  bevosita  yaqqol  namoyon  bo’lmagan  turmush  va 
rivojlanish haroitlarida eshtiyojlar ifodalanadi. 
Shaxsning  psixik  taraqqiyotining  harakatlantiruvchi  kuchlari  insonning 
shayoti-faoliyati davomida o’zgarib turuvchi eshtiyojlari bilan ularni qondirishning 
shaqiqiy  imkoniyatlari  o’rtasidagi  qarama-qarshiliklar  bo’lib  shisoblanadi.  Bular 
to’g’risida  jahondagi  ilmiy  psixologik  adabiyotlarda  bir  qator  qimmatli  va  boy 
materiallar mavjuddir. 
Odatda  shaxsni  rivojlantirish,  shakllantirish,  tarkib  toptirish,  kamolotga 
yetkazish  mavjud  qarama-qarshiliklarni,  ziddiyatli  vaziyatlarni  yengish,  irodaviy 
zo’r  berish,  zo’riqish,  tanglik,  jiddiylik  holatlarini  boshqarish,  o’zini  qo’lga  olish 
orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo’llari, 
usullari, operasiyalari, ko’nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa'i-
harakatlari  kabilarni)  o’zlashtirish,  egallash  natijasida  vujudga  keladi.  Bularning 
barchasi  imitasiya  (taqlid),  identifikasiya,  refleksiya,  stereotipizasiya,  ta'lim, 
o’qitish, o’qish, o’rganish, o’rgatish, saboq olish, o’zlashtirish, mustaqil bilim olish 
jarayonida  yuzaga  keltiriladi.  Mazkur  holatda  aniq  faoliyat  orqali  eshtiyojni 
qondirish  qonuniy  ravishda  yanada  yuksakroq,  yuqori  bosqichdagi  yangi 
xususiyatga ega bo’lgan eshtiyojni tug’diradi. 
Shunday  qilib,  eshtiyojlarning  tug’ilishi,  taraqqiyoti,  ularni  saralash  va 
shakllantirish hamda mustaqil, demokratik, shuquqiy jamiyat kishisiga xos bo’lgan  
milliy,  shududiy  ma'naviyat,  ruhiyat  va  qadriyatlarning  qonuniyatlariga, 
xossalariga,  mexanizmlariga  asoslangan  harqona,  o’zbekona  yuksak  axloqiy 
shislarga  ega  insonlarni  voyaga  yetkazish  respublikamiz  psixolog  olimlarining 
oldida  turgan  asosiy  vazifalaridan  biridir.  Buning  uchun  psixologlar  ko’p 
tajribalarda sinalgan (ishonchli, validli, reprezentativ) testlar, metodlar (innovasion 
xususiyatli),  metodikalar  (ularning  invariantlari,  variasiyalari,  modifikasiyalari), 
muayyan  kasbiy  malakalar,  uslubiy  qurollar  (ko’rsatmalar,  tavsiyalar,  ishlamalar, 
modul  va  reyting  tizimlari),  zamonaviy  texnik  vositalar  bilan  to’la-to’kis 


69 
 
qurollanishlari,  nazariy  va  amaliy  bilimlarni  egallashlari,  olingan  natijalarni  ko’p 
qirrali  (sifat,  miqdor,  korrelyasion,  dispersion,  faktor  va  hokazo)  tashlil  qila 
bilishlari, chuqur talqin qila olishlari mutlaqo zarurdir.  
Chunki  bularsiz  shaxsni  komil  inson  sifatida  shakllantirish,  kamol  toptirish 
mumkin  emas,  binobarin,  ikkiyoqlama  o’zaro  ta'sir  bunday  imkoniyat  yaratishga 
qodir. 
 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish