*zbekiston respublikasi


Faoliyatning o’ziga xosligi



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/48
Sana31.12.2021
Hajmi1,23 Mb.
#279772
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
Bog'liq
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

2.1. Faoliyatning o’ziga xosligi 
Faoliyat jahon psixologiyasi fanining asosiy (fundamental) tushunchalaridan 
biri  shisoblanib,  ko’pincha  psixologik  kategoriya  sifatida  olib  qaraladi.  Shuning 
bilan birga ushbu tushuncha shaddan ziyod keng ma'noli va ko’p ahamiyatli tarzda 
foydalanilganligi tufayli uning moshiyati yoyiq bo’lib boradi, natijada qiymati asl 
mazmunini  yo’qotadi.  Xuddi  shu  boisdan  psixologiyada  faoliyat  uchun  umumiy 
qabul qilingan definisiya mavjud emas, foydalanib kelinayotgan tuzilma, ta'rif esa 
ko’p  shollarda  tanqidga  uchraydi.  Sholbuki  shunday  ekan,  semantik  tashlil 
o’tkazish  orqali  faoliyatga  nisbatan  turlicha  qarashlarni  umumlashtirish,  o’zaro 
taqqoslash  zaruriyati  aniqlangan  bo’lar  edi,  bu  esa  o’z  navbatida  uning 


50 
 
(faoliyatning)  ilmiy  psixologik  ob'ektiga  aylantirishi  unga  aloqador  tushunchalar 
tarkibini mukammallashtirish imkoniyatini vujudga keltiradi. 
Ensiklopediya,  izoshli  lug’at  va  lingvistik  so’zliklardagi  ma'lumotlar,  ilmiy 
matnlar  tashlilining  ko’rsatishicha,  faoliyat  tushunchasi  falsafa,  fiziologiya, 
sosiologiya,  psixologiya  fanlari  predmetidan  kelib  chiqib,  o’zaro  qorishish 
oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan. 
I.M.Sechenov  fiziologik  organlar  va  tizimlar  faolligi  yoki  ishi  to’g’risida 
tasavvurga ega bo’lgan, shu sababdan uning asarlarida "tafakkurning faol shakli", 
"tafakkur  faoliyati",  "miya  faoliyati",  "muskul  faoliyati"  so’z  birikmalari  keng 
ko’lamda 
joy 
egallagan. 
I.P.Pavlov 
tomonidan 
"oliy 
nerv 
faoliyati", 
N.A.Bernshteyn  esa  "fiziologiya  faolligi"  atamasi  fan  olamiga  olib  kirgan.  Lekin 
N.A.Bernshteyn  faollik,  faoliyat,  ish,  mehnat  tushunchalarini  ma'nosiga  ko’ra 
farqlagan  bo’lishiga  qaramay,  u  aksariyat  shollarda  faollikni  faoliyat  ma'nosida 
qo’llagan. 
Psixofiziologiyada  faoliyat  faollikni  fiziologik  ma'nosi  sifatida  talqin 
qilingan  bo’lsa,  ish,  mehnat  faoliyati  "mehnat  faolligi"  mazmunida  qo’llanadi. 
Ijtimoiy  psixologiyada  "faoliyat-faollik-ish-mehnat",  "faoliyat-xulq",  "mehnat-
xulq-faoliyat" ko’rinishlari juftligi uchrab turadi.  
S.L.Rubinshteyn  ong  va  faoliyat  birligi  prinsipini  ilgari  surib  va  atroflicha 
asoslab  berib,  faoliyat  psixologiyasini  yaratish  zaruriyatini  tushuntira  oldi. 
Uningcha,  mehnat  psixologik  emas,  balki  "ijtimoiy  kategoriya",  psixologiya  esa 
"mehnat  faoliyatining  psixologik  jabshalarini"  tadqiq  etadi.  Psixiklilikning 
namoyon  bo’lishi  yoki  shukm  surishining  ob'ektiv  shakli  xulqda,  faoliyatda 
ifodalanadi (aks ettirish harakati ma'nosida).  
A.N.Leontev  faoliyatning  psixologik  nazariyasini  yaratib,  uning  asosiy 
tushunchasi sifatida "predmetli faoliyat" so’z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif 
tomonidan  "odamning  shissiy  amaliy  faoliyati"  so’z  birikmasi  "ijtimoiy  inson" 
sifatida  talqin  etiladi.  Uning  asarlarida  "faoliyat",  "xulq"  tushunchalari  har  xil 
mazmunda  ishlatiladi,  jumladan,  "teskari  aloqalar  vositasida  xulqni  boshqarish", 
"faoliyatning  shalqali  tuzilishi",  "faoliyatni  boshqarish",  "qo’lning  tuyush 
faoliyati",  "perseptiv  faoliyat",  "reseptor  va  effektor  apparatlarning  hamkorlik 
faoliyati" kabilar. 
B.G.Ananev  faoliyat  psixologiyasini  faollik  psixologiyasi  ma'nosida 
tushunadi. Uning fikricha, bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko’rinishidir. 
Tadqiqotchi  "inson  faoliyati",  "tashkiliy  ish",  "tashkilotchilik  faoliyati",  "xulq 
jarayonining algoritmlari" atamalaridan har xil ma'noda foydalanadi. 
 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish