*zbekiston respublikasi



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/48
Sana31.12.2021
Hajmi1,23 Mb.
#279772
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Bog'liq
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

UChINChI BO’LIM 
ShAXSNING IChKI REGULYASIYASI 
 
VI BOB 
IChKI REGULYASIYA TARKIBLARI TO’G’RISIDA UMUMIY 
TUShUNChA 
1. Eshtiyoj to’g’risidagi tushuncha 
1.1. Eshtiyojlar faollikning manbai sifatida 
 
Psixologik  nuqtai  nazardan  borliq  to’g’risida  mulohaza  yuritilganda,  tirik 
mavjudodlarning  (oddiy  tuzilishga  ega  bo’lganidan  tortib,  to  murakkabigacha) 
tevarak-  atrof  bilan  shayotiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan,  turli  xususiyatli 
bog’lanishlarni ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat'i 
nazar)  ularning  barchasi  uchun  umumiy  bo’lgan  xususiyat  shisoblanadi.  Ularning 
faolligi  tufayli  murakkab  tuzilishli  faoliyat  yuzaga  kelib  (onglikning  mashsuli 
sifatida),  turli-tuman  moshiyatli,  har  xil  ko’rinishdagi  eshtiyojlar  (ularning 
toifalarga  aloqadorligi,  kelib  chiqishi  jishatidan  biologik,  moddiy,  ma'naviy  va 
boshqalar)ni  qondirish  uchun  xizmat  qiladi.  Xuddi  shu  boisdan  faollik 
faoliyatining  asosiy  mexanizmlaridan  birinchi  bo’lib,  tirik  mavjudodlarning  o’z 
imkoniyati darajasida tashqi olam ta'sirlariga javob qilish uquvchanligining tarkibi  
sanaladi. 
Borliqdagi  jonli  mavjudodlarning  o’ziga  xos  tarzda,  muayyan  yo’nalishda, 
ma'lum  darajadagi  kuch  bilan  xatti-harakatni  amalga  oshirishga  undovchi 
eshtiyojlar  ular  uchun  faollik  manbai  vazifasini  bajaradi.  Psixologik  manbalarga 
asoslanib  fikr  yuritganimizda,  eshtiyoj-jonli  mavjudod  (shayot  kechirishining 
yaqqol  hart-haroitlariga  uning  shularga  tobe  ekanligini  ifoda  etuvchi  va  mazkur 
hart-haroitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalanadi. 
Insonning faolligi boshqa mavjudodlardan tub darajada  ham moshiyat, ham 
shakl  jishatdan  tafovutga  ega  bo’lib,  yuzaga  kelgan  eshtiyojlarning  turli 
vaziyatlarda  qondirilishida  o’z  ifodasini  topadi.  Jumladan,  mavjudodlar  va 
shayvonlar  o’zlarining  tanasi  va  uning  a'zolari  tuzilishiga,  instinktlarning  turli-
tumanligiga  binoan,  o’z  o’ljasini  tutib  olishga  nisbatan  intilishni  vujudga 
keltiruvchi  tabiiy  imkoniyati  uni  oldindan  payqash  sezgirligi  orqali  zudlik  bilan 
faol  harakat  qiladi.  Shayvonlar  eshtiyojlarining  qondirilishi  jarayoni  qanchalik 
maqsadga  muvofiq  ravishda  kechgan  bo’lsa,  bu  esa  o’z  navbatida,  ularning 


100 
 
qurshab  olgan  yashash  mushitiga  yengillik  bilan  moslashuvini  ta'minlaydi. 
Masalan,  asalari  xatti-harakatining  tug’ma,  irsiy  dasturi  uning  gulshira  (nektar) 
yig’ish  eshtiyojlari  bilan  cheklanib  qolmasdan,  balki  bu  eshtiyojlarni  qondirish 
ob'ektlari  (gullarning  navlari,  ularning  uzoq  va  yaqinligi,  qaysi  tomonda 
joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar ham) aks etadi. Shu boisdan mavjudodlarning  
eshtiyojlarida  ularning  faolligi  omili  sifatida  tabiiy  alomatlar,  instinktlar,  hartsiz 
reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi. 
Lekin  insonlarning  faolligi  va  ularning  faolligi  manbai  shisoblanmish 
insoniy  eshtiyojlar  tubdan  boshqacha  manzaraga  ega  bo’lib,  biologik 
hartlanganlikdan  tashqari,  moddiy  va  ma'naviy  ko’rinishlardan  iboratdir. 
Odamning  eshtiyoji  unga  ta'lim  va  tarbiya  berish  jarayonida  shakllanadi,  ya'ni 
insoniyat  tomonidan  yaratilgan  ijtimoiy  tajriba,  ko’nikma  malaka,  odat, 
ma'naviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishish, ularni o’zlashtirish orqali amalga 
oshiriladi.  Tabiat  tomonidan  vujudga  keltirilgan  jism,  narsa,  buyum  inson  uchun 
biologik  eshtiyojni  qondiruvchi  o’lja  ma'nosini  va  ahamiyatini  yo’qotadi.  Odam 
boshqa  mavjudodlardan  farqli  o’laroq,  ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyot  davrining 
xususiy eshtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zaruriyat talabiga binoan 
tubdan  qayta  o’zgartirishga,  takomillashtirishga  qodir  ongli  zotdir.  Xuddi  shu 
boisdan  odamning  o’z  eshtiyojlarini  qondirish  jarayoni  ijtimoiy  tarixiy  taraqqiyot 
darajasi  bilan  o’lchanadigan  faoliyat  shakli  va  turini  egallashning  faol,  muayyan 
maqsadga  yo’naltirilganligi,  ma'lum  rejaga  asoslangan  ijodiy  ko’rinishi  sifatida 
aloshida ahamiyat kasb etadi. 
"Insoniyatga  xos  bo’lgan  eshtiyojlarning  mazmuni,  shakli  va  qondirilishi" 
usuli  ijtimoiy  tarixiy  taraqqiyot  davrida  rivojlanib,  o’zgarib  va  takomillashib 
boradi.  Hozirgi  zamon  kishisining  eshtiyojlari  va  ularning  qondirilishi 
ajdodlarnikidan ham, avlodlarnikidan ham tubdan farqlanadi, lekin etnopsixologik 
xususiyatlar  ta'siri  o’z  ahamiyatini  yetarli  darajada  yo’qotmaydi.  Shaxsning 
eshtiyojlarini  to’la-to’kis  qondirish  uni  komil  inson  sifatida  kamol  toptirishning 
eng  muhim  hartlaridan  biri  shisoblansa-da,  lekin  bu  uning  ustuvor  ekanligini 
bildirmaydi,  chunki  boshqa  ta'sirchan  omillar  ham  mavjuddir.  Kamolotga 
erishishning  muhim  hart-haroiti  shisoblanmish  mehnat  insonning  eshtiyojiga 
aylanmasa,  u  o’z  eshtiyojlarining  yengil,  oson  yo’llar  bilan  qondirishga  harakat 
qilsa,  inqirozga  uchraydi.  Yengil  yo’l  bilan  o’z  eshtiyojlarini  qondirish  ijtimoiy 
qonun va qoidalarga zid xulq-atvor manbaiga aylanishiga, jinoiy xatti-harakat kelib 
chiqishiga, tekinxo’rlik illatining namoyon bo’lishiga zamin shozirlaydi. 
Shuquqiy,  demokratik  jamiyat  kishisi  shaxsini  shakllantirishga  nisbatan 
qo’yilayotgan  eng  muhim  talablardan  biri-unda  mehnat  qilish  eshtiyojini, 
mehnatdan  faxrlanish  tuyg’usini  va undan  lazzatlanish shissini tarkib  toptirishdan 
iboratdir.  Mehnatga  nisbatan  eshtiyojning  vujudga  kelishi  sanoatda  va  qishloq 
sho’jaligida  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 
avtomatlashtirish,  mehnat  qilish  haroitlarini  yaxshilash,  mehnat  faoliyati 
umumdorligini  oshirish,ish  vaqtidan  oqilona  foydalanish  imkoniyatini  yaratadi  va 
faqat  mehnatdagina  o’z  imkoniyatini  namoyon  etuvchi,  bunyodkor,  vatanparvar, 
fidoiy  shaxslarni  shakllantiradi.  Kishilarning  iqtisodiy  eshtiyojlarini  qondiruvchi, 


101 
 
ba'zan  og’ir  va  zerikarli  tuyulgan  mehnat  turi  vatanparvar,  komil  insonlikka 
intiluvchi  shaxs  uchun  quvonch,  qoniqish,  shatto  roshat-farog’at  shis-
tuyg’ularining manbaiga aylanishi mumkin. 
Yuksak  malakali  mutaxassislar  tayyorlashga  qaratilgan  "Ta'lim  to’g’risida" 
gi qonunda va "Kadrlar tayyorlash milliy  dasturi" da  o’quvchilar va talabalarning 
mehnat  tarbiyasi  va  kasbga  yo’naltirilishiga  aloshida  ahamiyat  berilgandir. 
Respublika  fuqarolarida  ma'naviy  eshtiyojlarni  vujudga  keltirish  va  shakllantirish 
istiqlol  harofati  bilan  muhim  ahamiyat  kasb  etib,  ijtimoiy  tarbiyaning  muhim 
bo’g’iniga aylandi.  
Shuquqiy,  demokratik  jamiyatning  asosiy  vazifalaridan  biri-  insoniy 
eshtiyojlarni  tarkib  toptirish,  ularni  barkamol  shaxs  kamolotiga  yo’naltirish, 
ma'naviyatni egallash bilan uzviy bog’lab amalga oshirishdan iboratdir. 
 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish