Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti



Download 349,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana16.06.2022
Hajmi349,86 Kb.
#676385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Sobit.O zbekiston Respublikasining valyuta siyosati va uni takomillashtirish yo llari.doc

Deviz siyosati
valyuta siyosatining usuli bo’lib, valyutani tartibga solishda
valyuta intervenstiyasi orqali qo’llaniladi. Ma’lumki, Markaziy Bank deviz
siyosatining eng keng tarqalgan shakli valyuta intervenstiyasi hisoblanadi.
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta
bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga
valyuta intervenstiyasi
deyiladi.
Hozirgi davrda valyuta intervenstiyasidan ko’zlangan maqsad — valyuta
kursining qisqa vaqt oralig’ida, kutilmaganda yuzaga keladigan keskin
tebranishlarga barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar valyuta kursini
9


istalgan darajada o’zgartirish imkoniyatiga ega emas, chunki ular valyuta
bozorlarida tijorat banklari bilan raqobat qila olmaydilar. Shu sababli, valyuta
intervenstiyasidan maqsad valyuta kursining keskin tebranishlari oqibatlarini
yumshatish hisoblanadi.
Valyuta intervenstiyasi o’tkazishning moddiy bazasi vazifasini 1930-
yillarda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va boshqa
mamlakatlarda tashkil qilingan maqsadli valyuta fondlari — oltin, chet el va
milliy valyutalarda tashkil etilgan davlat fondlari o’tadi. Hozirgi sharoitda bu
fondlarning roli va yo’nalishi ayrim davlatlarda alohida xususiyatga egadir.
Masalan, Fransiyada bu maqsadli valyuta fondi mamlakat rasmiy oltin-valyuta
zahiralarining summasi miqdorida ajratilgan fonddir. Fransiya Markaziy Banki
o’zining intervenstiya operatsiyalari hajmini va xarakterini oshkor qilmaslik
uchun uning o’lchov ko’rsatkichlarini matbuotda e’lon qilmaydi. AQShda
maqsadli valyuta fondi haqiqiy ahamiyati va zaruratini yo’qotdi (uning hajmi 2
mlrd. AQSh dollari bo’lib, u 1934 yil tashkil topgan vaqtdan beri o’zgarmasdan
qolmoqda). Chunki Federal Zahira banklari valyuta intervenstiyasini, asosan
chet el markaziy banklarining "SWOP" bitimlari asosidagi kreditlari hisobiga
amalga oshirmoqda. Buyuk Britaniyada maqsadli valyuta fondi, mamlakatdagi
oltin-valyuta zahiralarini o’zida mujassamlashtirgandir.
Brettonvuds tizimi doirasida valyuta intervenstiyasi, asosan qat’iy
belgilangan kurslar qadrini ushlab turish maqsadida o’tkazilardi. Intervenstiyani
o’tkazishda asosiy valyuta AQSh dollari bo’lgani uchun AQSh boshqa
davlatlarga uning kursini ma’lum darajada ushlash yuzasidan majburiyat qo’ydi.
Yamayka tizimida suzib yuruvchi valyuta kurslariga o’tilgandan so’ng valyuta
intervenstiyasi, asosan kurslar tez tebranishining oldini olish maqsadida
o’tkazilardi. AQSh dollarini zahira valyuta sifatidagi roli pasayishi oqibatida
valyuta intervenstiyasida AQSh dollari bilan bir qatorda nemis markasi hamda bir
qator G’arbiy Evropa va Yaponiya davlatlari valyutalari qo’llanila boshlandi.
Hozirgi vaqtda har qanday intervenstiyaning oxirgi maqsadi valyuta
bozoridagi vaziyatni barqaror ushlash hamda valyuta kurslari tez tebranishining
oldini olishdan iborat. Valyuta bozoridagi barqaror holat, birinchi navbatda tashqi
iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, butun iqtisodiyotni rivojlanishini ta’minlaydi.
Valyuta intervenstiyasining uzoq muddatli maqsadlari sifatida hukumat
tomonidan bozordagi holatni, mamlakatning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari
bilan moslash, xususan, milliy valyuta kursining oshib yoki tushib ketishining
oldini olish, iqtisodiyotni xalqaro valyuta-kredit kon’yunkturasining salbiy
ta’siridan saqlashlarini ko’rsatish mumkin. Ba’zan davlat o’z valyuta kursini real
bo’lmagan kurs darajasida saqlashga harakat qiladi.
Ko’pgina markaziy banklar mamlakatning oltin-valyuta zahiralari bilan
o’tkaziladigan operatsiyalarga ehtiyotkorlik bilan yondoshmoqstalar va kamroq
xarajat talab qiladigan usullardan foydalanishga intilmoqdalar.
Oxirgi yillar davomida yetakchi mamlakatlar bir necha marta
muvofiqlashgan valyuta intervenstiyasini o’tkazdilar. Ularning asosiy maqsadi
bo’lib AQSh dollari kursini tushirish yoki hech bo’lmaganda uning kursi
o’sishining oldini olish edi. Biroq, o’tkazilayotgan operatsiyalar summasi
nisbatan kam bo’lganligi sababli, sezilarli yutuqlarga erishilmadi. Shunday
10


bo’lsada shu narsa aniq bo’ldiki, alohida mamlakatlarning shartli
intervenstiyasiga nisbatan muvofiqlashgan intervenstiyaning natijasi
ta’sirchanroqdir.

Download 349,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish