BOB 2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING VALYUTA SIYOSATI
VA UNI TAKOMILLASHTIRISH
2.1. O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish bosqichlari
Mustaqillikning ilk yillarida hali yagona rubl hududini barpo etish jarayonida
valyuta siyosatining huquqiy bazasi shakllantirildi. 1993 yilning may oyida
“Valyutani tartibga solish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Qonuni
10
qabul
qilindi. Xalqaro kredit hisob – kitoblari va ichki ho’jalik mexanizmi
munosabatlarida, valyuta resurslarini boshqarish va tartibga solishda davlat
organlariga vakolat berishda, valyuta qimmatliklariga ega bo’lish, foydalanish,
tasarruf etishda jismoniy, yuridik va chet el fuqarolarining huquq va
majburiyatlarini belgilashda, shuningdek, ularning valyuta nazorati asoslari va
respublikaning valyuta boshqaruvi siyosatida qonunchilikni buzish oldidagi
javobgarliklarni aniqlashda mazkur qonun tayanch tamoyillarni taqdim etdi.
So’m kuponning oraliq to’lov vositasi sifatida muomalada bo’lishi davomida
O’zbekiston hukumati tomonidan xorijiy valyuta bo zorini rivojlantirish uchun
qator chora – tadbirlar ishlab chiqildi. 1994 yilda xorijiy valyutadagi foydadan
soliq olish yo’lga qo’yildi. Ushbu soliq Respublikaga valyuta fondiga
11
10%
hisobida, mos mahalliy hokimiyat organlarning valyuta fondlariga 5% hisobida
to’lanadigan bo’ldi. Xorijiy valyutadagi foydadan soliq to’lovchi korxona, bir
paytning o’zida O’zbekiston respublikasi Markaziy Banki va Moliya vaziligi
o’rnatgan tartibga muvofiq xarijiy valyutadagi foydaning 15% ini Markaziy
Bankka sotuvni amalga oshirishga majbur edi
12
. Yuqoridagi soliq 1994 yil 15
aprelda bekor qilindi va ushbu sanadan e’tiboran uning o’rniga barcha korxonalar
uchun xorijiy valyuta fondining 30%ini Markaziy Bankka majburiy sotish yo’la
qo’yildi. Mazkur 30%ning 10%i Moliya vazirligi tomonidan Respublika valyuta
fondiga yo’naltirilish uchun, 5%ini mahalliy hikimiyat organlari tomonidan
mahalliy valyuta fondini shakllantirish uchun sotib olinadigan bo’ldi.
1994 yil 15 apreldan O’zbekiston respublikasi huhudida Rossiya
Federatsiyasi Markaziy Banki tomonidan chiqarilgan banknotlarni muomalaga
qo’yish va ular orqali bo’ladigan barcha to’lov ko’rinishlarini qabul qilish
ta’qiqlandi. Shu paytning o’zida erkin konvertirlanuvchi valyutada mahsulot sotish
va xizmat ko’rsatishga ruxsat berildi hamda xorijiy valyutaga nisbatan so’m
kuponning valyuta kursi O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasida doimiy olib
boriladigan savdoda belgilanadigan bo’ldi.
Valyuta kursi rejimining o’rnatilishiga keladigan bo’lsak, dastlabki taxmin,
ya’yi xorijiy valyuta nisbatan so’m kuponning ayirboshlash kursi real yig’ilib
boruvchi konyuktura hamda ichki va tashqi bozorda narx paritetini hisobga olgan
holda aniqlanishiga qaramasdan, amaliyotda valyuta kursi Markaziy bank
tomonidan qattiq nazorat ostida qolaverdi. Markaziy Bank mazkur nazoratni
xorijiy valyuta sotib oluvchiarning valyuta birjasiga ham tarkibi, ham soniga ko’ra,
10
“Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni.№ 841-XII.Ushbu qonunning
yangi tahriri 2003 yil 11 dekabrda (№ 556-II) qabul qilingan.
11
Davlat valyuta operatsiyalari o’tkaziladigan davlat byudjeti qismi
12
“O’zbekiston Respublikasi eksport salohiyatini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori.№ 1.1994 yil 3 yanvar.
20
shuningdek, xorijiy valyuta hajmiga ko’ra kirishi orqali amalga oshirdi. Bunday
siyosatdan maqsad birlamchi zaruriy mahsulotlarga narxning birdan ko’tarilib
ketishiga yo’l qo’ymaslik, aholi real daromadlarining keskin pasayib ketishini
oldini olish va ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolishdan iborat edi.
13
Davlat valyuta nazorati natijasi o’laroq, xorijiy valyutaga nisbatan so’m
kuponning rasmiy birjadagi ayirboshlash kursi parallel bozordagi ayirboshlash
kursiga nisbatan baland bo’lib qoldi. Xususan so’m kuponning to’lov vositasi
sifatida muomalada bo’lishi davomida uning ayirboshlash kursi norasmiy bozorda
1 AQSH dollari uchun 1993 yil noyabrdan 2000 so’m kupondan 1994 yil iyulgacha
35 000 so’m kupongacha keskin o’zgarib bordi. Bu paytda so’m kuponning rasmiy
ayirboshlash kursi 1 AQSH dollari uchun 1200 dan atigi 5000 so’m kupongacha
o’zgardi xolos. Tabiiy ravishda aholining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali
xorijiy valyuta sotishi amaliy jihatdan mutlaqo amalga oshmadi.
1994 yil iyulda muomalaga so’m kupon o’rniga to’laqonli milliy valyuta –
so’m kiritildi va 1 O’zbek so’mi 1000 so’m kuponga teng deya belgilandi. Bu
paytda ham so’mga, ham erkin ayirboshlanuvchi valyutaga ham mahsulot sotish
va xizmat ko’rsatish saqlanib qoldi. Bundan tashqari jismoniy va yuriik shaxslarga
O’zbekiston Respublikasining vakolatli banklarida xorijiy valyutada hisob
varaqalari ochish va o’zlarining valyuta hisob varaqalaridan belgilangan tartibda
mablag’ olishga, shuningdek, operatsiya amalga oshirilgan kundagi rasmiy kurs
bo’yicha so’m yoki xorijiy valyutada valyuta hisob varaqalaridagi mablag’lari
uchun foyda sifatida foiz olishga ruxsat berldi. Bunga qo’shimcha ravishda
O’zbekiton Respublikasi Valyuta Birjasida xorijiy valyutga nisbatan so’mning
ayirboshlash kursini aniqlash tartibi va xorijiy valyuta sotib oluvchilarni birjaga
kiritishdagi qiyin tizim orqali valyuta ayirboshlash kursi ustidan valyuta nazorati
saqlanib qoldi.
Milliy valyutani muomalaga kiritish zaruriyati quyidagi salbiy oqibatlar va
ular ta’siriga tushmaslik natijasida vujudga kelgan edi:
Tovar bilan ta’minlanmagan rublning emissiya qilinishi;
Sobiq ittifoqdosh respublikalardan, jumladan qo’shni respublikalardan
rublning mamlakatga oqib kelishi;
Inflyastion jarayonlarning kuchayishi;
Rubl zonasi doirasida pul-kredit nazoratining susayishi;
«Rubl zonasi»dan mustaqil respublikalar, shu jumladan O’zbekistonni
iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qaram qilib qo’yish va boshqalar.
Shu bilan birga O’zbekiston yagona rubl hududida bo’lgan davrda asosiy
savdo sheriklarida giperinflyatsiya turlicha kechayotgan bir sharoitda noekvivalent
tarzda tovar almashishga majbur edi. Jumladan, 1992 yil savdo balansining salbiy
saldosi 1991 yil taqqoslama narxlarida hisoblangan ko’rsatkichlarga nisbatan 18,6
martaga yuqori bo’lgan.
14
Muomalaga kiritilganidan so’ng, so’mning ayirboshlash kursi birinchi kim
oshdi savdosida 1 AQSH dollari 7 O’zbek so’miga teng deb belgilandi. 1994 yil
avgust – sentabr oylari davomida so’mning kursi 1 AQSH dollari uchun 11-12
13
Un, shakar va yana o’sh paytda asosan import qilingan energiya.
14
“O’zbekiston Respublikasi bank tizimi” F.Mullajonov tahriri ostida, Toshkent-2001 yil, 31-bеt
21
O’zbekiston so’miga teng bo’lib, barqaror holiga keldi. Lekin mazkur kurs
muvozanatdagi ayirboshlash kursiga nisbatan sezilarli darajada past bo’lib, parallel
bozorda xorijiy valyutaga nisbatan so’mning qiymati 1 AQSH dollari uchun 20 –
22 O’zbekiston so’miga tengligini ko’rsatib turar edi.
1994 yilning 1 avgustida Markaziy Bank va O’zbekiston Tashqi Iqtisodiy
Faoliyat Milliy Banki O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan
o’rnatilgan ayirboshlash kursi bo’yicha vakolatli ayirboshlash shoxobchalari orqali
jismoniy shaxslar uchun so’mni erkin konvertirlanuvchi valyutaga ayirboshlashni
ta’minlovchi huquq berildi. So’mning AQSH dollariga nisbatan mazkur kursi
O’zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasida o’rnatilgan rasmiy ayirboshlash
kursidan ancha past edi. Bundan tashqari ma’lum chegara aniqlangan bo’lib unga
ko’ra 1994 yil oxirigacha har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosi 250 AQSH
dollariga qadar sotib olishi mumkin edi.
1994 yil 1 sentabrdan vakolatli tijorat banklariga jismoniy shaxslarga
ularning shaxsiy valyuta rezevlari chegarasida naqd so’mlarini erkin
konvertirlanuvchi valyutaga ayirboshlash huquqi berildi. Ayni paytda banklarga
mustaqil ravishda xorijiy valyutalar talab va taklifi hamda O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki kurslarini hisobga olgan holda ayirboshlsh kursini
o’rnatishga ruxsat berildi.
15
1994 yil 10 sentyabridan jismoniy shaxslarga ayirboshlash shoxobchalari
orqali erkin konvertirlanuvchi valyutaga nisbatan naqd so’mlar ayirboshlashning
me’yoriy chegarasi oshdi. Endi fuqaro 1994 oxirigacha avvalgi ayirboshlash
hajmini hisobga olgan holda 1000 AQSh dollarigacha ayirboshlashni amalga
oshirishi mumkin edi.
16
Bir paytning o’zida O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki ayirboshlash
kursini tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasidagi
rasmiy ayirboshlash kursini yuqori sur’atlar bilan devalvatsiya qilishni boshladi.
1994 yil oktabr oyida rasmiy va tijorat kurslari tenglashib 1 AQSH dollari 20-22
so’mni tashkil etdi.
Shunday bo’lsada O’zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasidagi valyutalar
sotuv hajmi xali hanuz sezilarli bo’lmay, milliy valyuta kiritilganining dastlabki 4
oy mobaynida 1,5 – 3 mln. AQSH dollaridan oshmadi. Bunan tashqari parallel
bozordagi ayirboshlash kursi rasmiy kursga nisbatan yuqori tezlikda pasaya
boshladi. Shunga ko’ra, xorijiy valyuta bozorini takomillashtirish uchun
qo’shimcha chora-tadbirlarga ehtiyoj sezildi.
1994 yil 15 oktabrda erkin konvertirlanuvchi valyutada savdo va xizmat
ko’rsatish ta’qiqlab qo’yildi, jumladan, chet el fuqarolariga ham. Endi butun to’lov
va hisob – kitoblar faqat va faqat milliy valyutada amalga oshadigan bo’ldi.
17
1994 yil noyabr oyidan boshlab korxona va tashkilotlar tomonidan Moliya
vazirligiga 10 % , mahalliy hokimiyat organlari valyuta fondiga 5% miqdordagi
xorijiy valyutadagi foydaning majburiy sotuvi bekor qilindi. Korxona va
15
“O’zbekiston Respublikasida valyuta bozorini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori.№ 436.1994 yil 27 avgust.
16
“Erkin ayirboshlanuvchi valyutaga nisbatan naqd milliy valyutaning almashtirish me’yoriy summasini
oshrish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori.№ 457.1994 yil 9 sentyabr.
17
“O’zbekiston Respublikasida valyuta bozorini rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori.№ 499.1994 yil 7 oktyabr.
22
tashkilotlarga tegishli xorijiy valyutadagi foydaning 30% hisobidagi majburiy
sotuvi to’la miqdorda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tasarrufida
qoladigan bo’ldi. Bu valyuta vositalarini O’zbekiston Respublikasi Valyuta
Birjasida savdo olib borish uchun yo’naltirish ma’qul deb topildi.
18
O’zbekiston respublikasi Valyuta birjasida xorijiy valyuta sotuv hajmini
oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni davom ettirib, 1995 yil 1 yanvaridan davlat va
makazlashgan eksportidan tushadigan barcha erkin ayirboshlanuvchi valyutadagi
foydalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki majburiy sotuviga tegishliligi
haqida qaror qabul qilindi.
Shundan keyin, xorijiy valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga vakolatli
bo’lgan tijorat banklari soni sezilarli darajada oshdi. Agar O'zbekiston
Respublikasi Valyuta Birjasi ochilgandagi savdoda O'zbekiston Respublikasi
Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki qatorida atigi 5 ta vakolatli banklar ishtirok
etgan bo’lsa, 1995 yil yanvar oyida ular soni 12 tani, 1996 yil sentabr oyida esa 20
tani tashkil etdi.
Ko’rilgan chora –tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasidagi
savdoda xorijiy valyuta sotuv hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keldi.
Ushbu savdo 1995 yil yanvarida 11-12 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa,
shu yilning iyuliga qadar 18-19 mln. AQSH dollariga yetdi. Bunga yana 1995 yil
aprelidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasidagi xorijiy valyuta
savdosi bo’yicha auksionlar haftasiga faqat bir marta emas, balki ikki marotaba
o’tkaziladigan bo’ldi. Xorijiy valyuta taklifining oshishi ham mamlakat jahon
bozoridagi asosiy eksport mahsulotlari konyukturasining oshishiga ham tasgqi
savdo tarmog’I ko’rilgan chora – tadbirlarning samara berishiga, shuningdek, 1994
yil ikkinch yil yarmi davomida milliy vallyutaning sezilarli darajada
devalvatsiyalashuviga imkon berdi. Xususan 1994 iyul – oktabr oylarida rasmiy
ayirboshlash kursi 3 martadan ko’proq pasaygan bo’lsa, so’mning real
ayirboshlash kursi AQSH dollariga nisbatan 38%, Rossiya rubli va qirg’iz somiga
nisbatan deyarli 2 barobar, qozoq tengesiga nisbatan 2 barobar pasaydi.
1995 yil 1 iyuldan boshlab erkin konvertirlanuvchi valyutaga milliy valyutani
ayirboshlashning me’yoriy summasiga chegara va fuqarolarning pasportiga xorijiy
valyuta sotib olish oldidan shtamp qo’yish tartibi olib tashlandi.
19
So’m rasmiy ayirboshlash kursining sezilarli pasayishi, O'zbekiston
Respublikasi Valyuta Birjasida xorijiy valyutalar savdosi hajmining o’sishi va
ayirboshlash shoxobchalari orqali xorijiy valyutalar sotuvi oshishi aholining milliy
valyuta hisoblangan so’mga nisbatan ishonchini yanada oshirdi hamda o’zining
uzoq kutilgan ijobiy natijalarini berdi. 1995 yil aprel oyidan boshlab parallel
valyuta bozorida xorijiy valyuta ayirboshlash kursining pasayishi boshlandi, 1995
yil iyulda so’mning AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash kursi ham rasmiy ham
parallel bozorda amaliy jihatdan uzil – kesil tenglashdi.
1995 yil 25 iyul O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisida
so’zlagan nutqida Prezidentimiz quyidagi gaplarni faxr bilan tilga oldilar:
18
“Milliy valyutaning ishki konvertatsiyasi uchun resurslarni oshrish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori.№ 540.1994 yil 8 noyabr.
19
“Erkin ayirboshlanuvchi valyutaga nisbatan naqd milliy valyuta almashtirish me’yoriy summasiga
cheklovlarni olib tashlsh to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori.№ 217.1995 yil
12 iyun.
23
“Milliy valyutamiz – so’mimiz mustahkamlandi.Keyingi to’qqiz oy
mobaynida so’mning AQSh dollariga amaldagi nisbati barqaror bo’lib turibdi.Agar
1995 yilning noyabrida bir AQSh dollari35.3 so’mga teng bo’lgan bo’lsa, shu
yilning iyun oyida esa 37.6 so’mga teng bo’ldi.Bugungi kunda jamlangan oltin-
valyuta rezervlarimiz etti oylik importni ta’minlashi mumkin.Bu Respublika
valyuta birjasida doimiy ravishda savdo o’tkazish imkonini beradi.yarim yilning
o’zida birjada sotilgan valyuta miqdori 1.5 mlrd. AQSh dollaridan oshib ketdi.Bu
butun 1995 yil davomida almashtirilgan erkin muomaladagi valyuta miqdoridan
ham ko’p demakdir.Biz bugungi kunda joriy operatsiyalar bo’yicha milliy
valyutamizning to’liq konvertatsiyasiga kafolat berishimiz mumkin.”
20
1994 yil noyabr oyidan boshlab milliy iqtisodiyotda inflatsiya sur’ati so’m
real kursidan oshgan holda rasmiy ayirboshlash kursi pasayishi sur’atidan oshib
keta boshladi.
Inflatsiya sur’atining rasmiy ayirboshlash kursi pasayishi sur’atidan oshib
ketishi so’m real ayirboshlash kursining sezilarli darajada o’sishiga olib keldi.
Xususan 1996 yil sentabr oyida so’mning real ayirboshlash kursi 1994 yildagi
uning AQSH dollariga nisbatan kursidan 2,57 marta, qirg’iz somidagi kursiga
nisbatan 1,85 marta, qozoq tengesidagi kursiga nisbatan 1,52 marta, Rossiya
rublidagi kursiga nisbatan 1,37 marta baland edi. Buning natijasi o’laroq inflatsiya
sur’atining nisbatan tez o’sishi so’m real ayirboshlash kursining o’sishi sharoitida
naqd valyutalar tijoriy ayirboshlash kursining birjadagi rasmiy kursga
tenglashtirishga imkon bo’lmadi. O'zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasidagi
savdoga haridorlarning kiritilishi ustidan mavjud davlat nazorati va o’rnatilgan
ayirboshlash kursi ustidan nazorat rasmiy ayirboshlash kursining past sur’atda
pasayishiga olib keldi. Bu usullar, albatta, naqd ayirboshlashlash bitimlari amalga
oshirilishida tijoriy kursni qo’llab quvvatlash uchun noqulay edi. 1995 yil 16
oktabrdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 1 AQSH dollariga nisbatan
so’mning rasmiy birja ayirboshlash kursi 34,5 so’mligi sharoitida naqd xorijiy
valyutalar uchun ayirboshlash kursini 41,3 ga qadar ko’tarishga majbur bo’ldi.
Bundan tashqari xorijiy valyuta sotilishida nominal savdodan 20 % miqdorida
komission yig’im olinadigan bo’ldi. Shu yilning 18 oktabrdan boshlab, tijorat
banklariga O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan
ayirboshlash kursini talab va taklifdan kelib chiqib 15 % pasaytirish va ko’tarish
chegarasida boshqarishga rucsat berildi. Shunday bo’lsada, xorijiy valyuta
nominal sotuvida 20 % komission yig’im olish o’z kuchini saqlab qoldi, shuning
uchun tijorat banklarining amaldagi maqsadi rasmiy kursdan 35% oshiq miqdorda
stavkalar belgilashdan iborat bo’lib qoldi. Buning oqibatida naqd xorijiy valyutalar
bozorida talab va taklifning vaqtinchalik muvozanati yuzaga keldi.
21
Xorijiy valyuta erkin bozori, kurs pul – kredit, byudjet – soliq siyosatidagi
koordinatsiyaning yo’qligi so’mning parallel bozordagi ayirboshlash kursi va
rasmiy ayirboshlash kursilari o’rtasidagi farqning yanada o’sishiga turtki bo’ldi.
Valyuta bozorida tobora murakkablashib borayotgan holat rasmiy xorijiy
valyuta bozoriga ruxsat etilgan xalq iste’molini import qiluvchilar uchun foydali
20
I.A.Karimov. «O’zbekiston iqtisodiy yuksalish yo’lida», Т. «O’zbekiston»-1996, 5-6 betlar.
21
Xorijiy valyuta ayirboshlash shahobchalari bir kursni ham xorijiy valyuta sotuviga, ham sotib olinishiga
taklif etishgan.
24
bo’lib qoldi. Ular rasmiy ayirboshlash kursi bo’yicha xorijiy valyutani sotib olib,
import qilingan tovarlarni parallel bozor ayirboshlash kursida sotb, yuzaga kelgan
qulay holatdan monopol foyda ola boshladi. Buning oqibatida valyutani tartibga
solishda yangi oqilona rejimga ehtiyoj borligi yaqqol ko’rinib qoldi. Nihoyat 1996
yil valyuta o’lchamlash rejimi qabul qilindi. 1996 yil oxirida iqtisodiyotda
tuzilmaviy qayta qurishni jadallashtirish maqsadida valyutani tartibga solish rejimi
mana shunday nom oldi.
Yangi valyutaning tartibga solish rejimining bosh xususiyati shunda ediki,
unda import strukturasi va hajmini tartibga solishda asosiy element sifatida
foydalanila boshlandi. Bundan maqsad iqtisodiyotda tuzilmaviy qayta qurishni
jadallashtirishga kerak bo’ladigan uskunalar importini qo’llab quvvatlash edi.
Xususan xalq iste’moli mollari importi uchun xorijiy valyuta sotuvini kvotalash
qabul qilinib, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasiga ega resident
yuridik shaxslar erkin konvertirlanuvchi valyutada import qilingan xalq iste’moli
mollari savdosidan tushgan so’m vositalarini konvertatsiya qilish uchun vakolatli
banklarga ariza berishlari lozim edi.
1997 yil 1 yanvaridan bоshlab O’zbеkistоn Rеspublikasining birjadan
tashqari valyuta bоzоri O’zbеkistоn Rеspublikasi Hukumatining Qarоriga asоsan,
markazlashmagan ekspоrt bo’yicha оlingan valyuta tushumining 30 fоizlik
majburiy sоtuvi markazlashtirilgan xоlda emas, balki birjadan tashqari bоzоrda
majburiy sоtuvga qo’yilishidan bоshlab o’z rivоjini tоpdi. Bunga muvоfiq
O’zbеkistоn Rеspublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralari, majburiy tarzda
valyuta tushumining bir qismini majburiy sоtuv sifatida ajratilishi xisоbiga emas,
balki uning valyuta bоzоridagi оpеratsiyalari evaziga shakllanadigan bo’ldi.
2000-2002 yillarda valyuta rejimida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. 2001
yil 1 noyabrdan boshlab, rasmiy va birjadan tashqari almashinuv kurslari
birxillashtirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyunda
“Valyuta bоzоrini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’q’risida”gi 263 raqamli
qarori qabul qildi. Ushbu qarorga asosan, 2001 yil 1 iyuldan boshlab:
-erkin muomaladagi valyutada Birlashtirilgan barqarorlik jamq’armasini
tuzish belgilandi;
-mikrofirmalar, kichik va o’rta kоrxоnalarni o’zi ishlab chiqargan tоvar
ekspоrtidan tushgan valyuta tushumlarini majburiy sоtishdan оzоd etish ko’zda
tutildi;
-chеt el kоmpaniya va firmalariga kafоlatlangan hajmlarda yuqоri likvid
mahsulоtlarni erkin muоmaladagi valyutaga auktsiоn shartlari asоsida sоtib оlish
huquqi bеrildi;
-ekspоrt qiluvchilar tоmоnidan valyuta tushumlarining 50 fоizini majburiy
sоtilishini, jihоzlar, xоm-ashq va matеriallar impоrtini, yangidan jalb qilinuvchi
chеt el krеditlari bo’yicha xizmat ko’rsatishni, darоmadlarni оlib chiqib kеtishni,
dividеndlar va chеt el invеstоrlarining bоshqa darоmadlarini, xizmat safari
xarajatlarini birjadan tashqari valyuta bоzоrida talab va taklif asоsida
shakllanuvchi erkin kursga o’tkazish bеlgilandi;
25
-chеt el valyutasini birjadan tashqari bоzоrning erkin kursida sоtib оluvchi
kоrxоnalarni erkin muоmaladagi valyutani sоtib оlinganda to’lanadigan 5 fоizlik
to’lоvdan оzоd etish jоriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |