Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti



Download 349,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana16.06.2022
Hajmi349,86 Kb.
#676385
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Sobit.O zbekiston Respublikasining valyuta siyosati va uni takomillashtirish yo llari.doc

XULOSA VA TAKLIFLAR
Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardan O’zbekiston Prezidenti
boshchiligida Respublika hukumati tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat
birinchi navbatda ishlab chiqarishning butunlay inqirozga yuz tutishiga va aholi
turmush darajasining jiddiy pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslikka, savdo
balansining ahvolini yaxshilashga, iqtisodiyot tuzilishini takomillashtirishga
qaratilgan edi.
Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy valyutamizning joriy
operatsiyalar bo’yicha ayirboshlanishini amalga oshirish uchun respublikamizda
zarur shart-sharoit mavjud emas edi. O’tgan o’n olti yil davomida esa aynan shu
shart-sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o’tkazilgan tahlillarga suyangan holda,
O’zbekiston hukumati va Markaziy bank o’z imkoniyatlarimizni puxta chamalab,
milliy valyuta konvertatsiyasiga boshichma-bosqich o’tish siyosatini olib bordi.
Hukumatimiz tomonidan olib borilgan oqilona valyuta siyosati natijasida
ko’plab investitsion loyihalar amalga oshirildi. Bu borada, ayniqsa, xorijiy kredit
yo’nalishlarini o’zlashtirish asosida xususiy sektorda amalga oshirilayotgan
loyihalarning o’rni salmoqli bo’lmoqda. Pirovardida mustaqillik yillarida
respublikamizda meva va sabzavotni qayta ishlash, go’sht va sut maxsulotlari,
sariyog’, pishloq, yogurt, qandolatchilik, non va non maxsulotlari, shuningdek,
dori-darmon ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko’plab korxonalar tashkil etildi.
Respublikamizda islohotlarning keyingi bosqichidagi vazifalarga mos
ravishda valyuta siyosati ham takomillashtirib borilmoqda.
Hozirgi bosqichda ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda milliy
valyutamizning joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiyasini joriy
etishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, valyuta siyosatini erkinlashtirish iqtisodiyotning eksportga
yo’naltirilgan tarmoqlarini rag’batlantirishda muhim turtki bo’ladi. Bu esa o’z
navbatida, iqtisodiyotning an’anaviy va yangi tarmoqlarida markazlashmagan
eksport hajmining oshishiga, kichik va o’rta biznes korxonalarining tashqi
bozordagi faoliyati jadallashuviga hamda xalqaro bozor kon’yunkturasiga
moslashib borishiga va oxir-oqibat ularning mamlakat YaIMdagi salmog’ining
ortishiga olib keladi.
Bundan tashqari, so’mning almashuv kursini barqaror ravishda saqlab
turilishi respublikamizning valyuta, pul va moliya bozorlarini mustahkamlaydi,
inflyatsion jarayonlarni hamda valyuta kursi bilan boq’liq xavf-xatarni
kamaytiradi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya va moliyaviy
hisobotlarini yuritish, soliqlar, bojxona hamda boshqa to’lovlarni amalga oshirish
jarayonini engillashtiradi.
Nihoyat, milliy ishlab chiqaruvchilar, xususan, xalq istemoli mollari, oziq-
ovqat va engil sanoat korxonalarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun
yangi imkoniyatlar yaratiladi. Bunday korxonalarda ishlab chiqarish uchun zarur
bo’lgan va xorijdan keltiriladigan xom – ashyo hamda ehtiyot qismlarni import
qilish uchun valyuta mablag’larini erkin sotib olish imkoniyati yanada kengayadi.
31


Bu esa ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqariladigan sifatli iste’mol mahsulotlari
bilan to’ldirishga olib keladi.
Bir so’z bilan aytganda, valyuta siyosatining erkinlashtirilishi
O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada oshirish,
mamlakatimizdagi investitsion muhitni yaxshilash, mahalliy va xorijiy
investitsiyalarni rag’batlantirish, iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini oshirish
hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish orqali iqtisodiyotimizga
salmoqli ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda valyuta siyosatining ta’sirchanligini oshirish borasida bir qator
muammolar mavjud. Hozir ularni hal qilish dolrzarb masalalardan biridir. Mazkur
muammolar hal qilinsa, valyuta siyosatini takomillashtirish va demakki, valyuta
siyosati iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish va milliy valyuta qadrini oshirish
uchun xizmat qilishiga zamin yaratiladi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimida Markaziy bankning pul-kredit
va valyuta siyosatining iqtisodiyotga ta’siri kapitallarni eksport va import qilishni
rag’batlantirishda namoyon bo’ladi. Buning mazmuni milliy valyuta kursini
barqaror saqlab turish bilan belgilanadi. Milliy valyuta kursini barqaror ushlab
turish uchun esa, hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga oltin -
valyuta zahiralarini boshqarish topshirilgan. So’mning nisbiy barqarorligiga faqat
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni bir maromga etkazilgandagina erishish mumkin.
Oxirgi yillarda ichki inflyatsiya darajasining pasayishi O’zbekiston
tovarlarining eksportini importga qaraganda ancha foydali qilib qo’yishi kerak edi.
Lekin aslida tamoyil shuning teskarisini ko’rsatadi. O’zbekistonda ishlab
chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi jozibadorligiga ta’sir ko’rsatishi,
shuningdek, O’zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotni eksport qilishdan
manfaatdorligini oshirishga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan kuchli vosita milliy
valyutaning real kursini devalvatsiya qilishdan (devalvatsiya sur’atlari inflyatsiya
sur’atlaridan yuqori bo’lganida) iboratdir. Shu maqsadda so’nggi yillarda
O’zbekiston so’mining AQSh dollariga nisbatan silliq devalvatsiyasi amalga oshirib
kelindi.
Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosati,
o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiqmoqda. Qisqacha aytganda, mamlakatimizning
valyuta siyosati ta’sirchanligi qanchalik oshsa, shu darajada iqtisodiyotimiz
barqarorligi, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatimizning kelajagi kafolatlanadi.
Kurs ishi tadqiqodi natijasida mamlakatda monetar siyosat samaradorligi va
izchilligini oshirish yuzasidan quyidagi amaliy takliflarni ishlab chiqishga
muvaffaq bo’ldim: 
1.
Markaziy bank monetar siyosatining samaradorligini oshirishda uning
mustaqilligini ta’minlashga erishish lozim. Bunda Markaziy bankning viloyatdagi
boshqarmalarini mamlakatni iqtisodiy regionlarga bo’lgan holda taqsimlansa,
aytaylik 4 yoki 5 ta mintaqaviy boshqarmalarning faoliyati joylardagi hukumat
organlaridan xoli ravishda olib borilardi. 
2.
Birjadan tashqari valyuta bozorini, ayniqsa, banklararo valyuta
bozorini yanada rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish. Buni,
banklararo bozor faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi qonun
qoidalarni qabul qilish, ushbu bozor faoliyatini ta’minlovchi moliyaviy vositachilar
32


va erkin muhit hamda moliyaviy ma’lumotlar yoki axborotlar ochiq-oydinligini
ta’minlash. 
3.
”Qora bozor”ni yo’q qilish va valyuta kursini Markaziy bank
tomonidan nazorat etilishi hamda muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun
birinchidan, naqd xorijiy valyuta muomalasi borasida ayrim saqlanib qolgan
valyuta cheklovlarini bekor qilish, ikkinchidan, valyuta birjasi savdo jarayonida
ishtirok etuvchi sub’ektlar va operatsiyalar ko’lamiga bo’lgan cheklovlar bekor
qilinishi lozim. 
4.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralarini
kеngaytirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’еktlarning tashqi iqtisоdiy faоliyatini
yanada rivоjlantirish va ularni xоrijiy valyutada tushumlar оlishini yanada
kеngaytirishga manfaatdоrligini kuchaytish maqsadida ushbu valyuta
tushumlaridan tоvar turlariga muvоfiq amalga оshiriladigan majburiy sоtuv
mе’yorlarini pasaytirish zarur.
5.
Shu bilan birgalikda, rеspublikaga xоrijiy invеstitsiyalarni kеng
ko’lamda jalb etish, rеspublika milliy iqtisоdini ko’tarish va qo’shma kоrxоnalar
barpo etilishini jadallashtirish maqsadida mamlakatimiz hududlarida
tadbirkorlikning erkin iqtisodiy hududlarini tashkil etish lоzim. 
6.
Rеspublika makrоiqtisоdiy muammоlaridan biri bo’lmish tashqi savdо
balansi hоlatini yaxshilash uchun eksport faoliyati mavjud yoki ichki bozor uchun
eksport mahsuloti o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqaruvchi xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarga, faoliyatning ushbu turlarini yanada rivojlantirishga raq’batlantiruvchi
imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish lozim. 
33



Download 349,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish