5-mavzu. Valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar reja: Valyuta kursining mazmuni va turlari. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar



Download 377,5 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi377,5 Kb.
#593046
Bog'liq
5-MAVZU. VALYUTA KURSI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR


5-MAVZU. VALYUTA KURSI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Reja:
1. Valyuta kursining mazmuni va turlari.
2. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar.
3. Valyuta kursi o‘zgarishining xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’siri.

Valyuta kursining mazmuni va uning turlari.


Valyuta tizimining muhim elementi bo‘lib valyuta kursi hisoblanadi, chunki xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi turli mamlakatlar valyutalari qiymat jihatidan taqqoslamasini o‘lchashni talab etadi. Shuning uchun valyuta kursi quyidagilar uchun zarurdir:


-tovarlar va xizmatlar bilan savdoda, kapitallar va kreditlar xarakatida valyutalar bilan o‘zaro almashinish uchun. Eksportyor tushum sifatida olingan xorijiy valyutani milliy valyutaga almashtiradi, chunki mazkur davlat hududida boshqa davlatlarning pul birliklari pul sifatida xarakat qila olmaydi. Importyor esa xorijdan sotib olingan tovarlarga haq to‘lash uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtiradi. Qarzdor shaxs tashqi qarzlari bo‘yicha qarzdorligini so‘ndirish va foizlarini to‘lash maqsadida xorijiy valyutani milliy valyuta evaziga sotib oladi;
-milliy yoki xorijiy valyutalarda ifodalangan jahon va milliy bozorlar baholari hamda turli mamlakatlar qiymat ko‘rsatkichlarini o‘zaro solishtirish uchun;
-firmalar va banklarning xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarini davriy asosda qayta baholash uchun.
Tovarlar va xizmatlar bilan xalqaro savdoning kengayishi ko‘pchilik davlatlar chegaralarini geografik xaritadagi shartli chiziqlarga aylantirib yubordi. Biroq ushbu davlatlarning valyutalari mustaqil bo‘lib, ularning iqtisodiyotlarini tarkibiy, ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Valyutalari erkin konvertatsiya qilinadigan iqtisodiy tizimlarda valyuta kurslarining ayirboshlanish darajasi milliy eksport tarmoqlarining muvaffaqiyatini va boshqa mamlakatlardan import qilinadigan tovar hamda xizmatlar baholari darajasining hal qiluvchi omili bo‘lib hisoblanadi.
Valyuta kurslarining muvozanatsizligi sharoitida banklar va tadbirkorlar ushbu muvozanatsizlik bilan bog‘liq xavf-xatarlarni boshqarishda katta qiyinchiliklarni o‘z boshidan kechiradi.
Valyuta savdosi bilan bog‘liq bazis operatsiyalarni quyida ko‘rib chiqish va ularni to‘g‘ri tushunish uchun ba’zi bir tushunchalarni o‘rganib olishimiz lozim.
Valyuta sifatida banklarning xorijda xorijiy valyutada joylashtirilgan aktivlari hamda xorijda to‘lovi amalga oshiriladigan xorijiy valyutadagi cheklar va veksellar tushuniladi. Bunda gap faqat naqdsiz pullar haqida boradi.
Valyutaning qiymati tovarlar bilan savdodagi singari talab va taklifga bog‘liq bo‘lgan bahoda ifodalanadi. Ma’lum bir miqdordagi valyutaning bahosi boshqa bir valyutaning nisbiy birliklarida belgilanadi (milliy yoki xorijiy). Xorijiy valyutaning bahosi valyuta kursi deb ataladi.
Valyuta kursining qiymat kategoriyasi sifatidagi mohiyati. Valyuta kursi – bir mamlakat pul birliginig xorijiy pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarida (SDR, EKYu – 1999 yilda Evro bilan almashtirilgan) ifodalangan bahosidir.
Valyuta kursi (exchange rate) bir mamlakat pul birligining ikkinchi bir mamlakat valyutasiga nisbatan bahosi hisoblanadi.
Valyuta yoki ayriboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan bog‘lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot holatini tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqro iqtisodiy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini beradi. Valyuta kursi mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi rejalari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valyuta kursi muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning iqtisodiyotga bevosita yoki bilvosita ta’sir etishi, valyuta kursidagi keskin o‘zgarishlar esa, milliy iqtisodiyotda inqirozli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, valyuta kursining o‘zgarishi mamlakatdagi umumiy talab hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar o‘zarishiga, mamlakat ichidagi daromadlar taqsimotiga, va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Milliy valyuta kursini amaldagi zamonaviy talablar va qonunchilik me’yorlariga mos ravishda o‘rnatish tartibi valyuta kotirovkasi (currency quotation) deyiladi. Jahon amaliyotida 2 xil turli valyuta kotirovkalaridan foydalaniladi.
To‘g‘ri kotirovka — xorijiy valyuta birligi qiymatining milliy valyuta birligida ifodalanishi.
Teskari kotirovka — milliy valyuta birligi qiymatining xorijiy valyuta birligida ifodalanishi.
Ma’lum bir davriy oraliqda, belgilangan tartibda aniqlangan valyuta kursining eng kichik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq “punkt” deb yuritiladi.
To‘g‘ri va teskari kotirovkalar orasida quyidagi bog‘liqlik mavjud: S(UZS/USD) = 1/S(USD/UZS)
Turli anglashilmovchiliklarni sodir etmaslik uchun mavzuga tegishli keyingi holatlarni izohlashda to‘g‘ri kotirovkadan foydalanamiz.
Xalqaro hisob-kitoblarda kross-kurslardan keng foydalaniladi. Kross-kurs uchinchi valyuta (USD) orqali ikki valyuta (UZS, JPY, GBP) o‘rtasidagi kursni aniqlashdir.
Kross-kurslar ikki xil usulda aniqlanadi. Bunda bazaviy valyuta (USD va h.k.) va kotirovka qilinayotgan valyutalar(UZS, JPY, GBP va h.k.)dan foydalaniladi. Ya’ni valyuta kursidagi 1 birlikka teng valyuta bazaviy, boshqa ma’lum qiymatga teng valyuta esa, kotirovka qilinayotgan valyutadir. Masalan, 1 USD (bazaviy)= 8486 UZS (kotirovka qilinayotgan), yoki 1 GBP (bazaviy) = 1,4USD (kotirovka qilinayotgan)
1. Ma’lum ikki valyuta kursining bazasi bir xil valyuta bo‘lsa, bunda ushbu kurslarning o‘zaro nisbati orqali uchinchi valyuta kursi topiladi. Masalan, 1 AQSh dollariga 8486 so‘m (UZS/USD) yoki 150 Yapon yenasi (JPY/USD) almashtirib berilsa, unda 150 JPY = 8486 UZS bo‘ladi va bundan 1 JPY = 56,57 UZS kelib chiqadi, ya’ni 1 JPY/UZS= 56,57 yoki 1 = 56,57 UZS/JPY
Shunday qilib, 1 holat bo‘yicha: Kross kurs (UZS/JPY) =  = UZS/JPY
2. Kross kursni topish uchun ishlatiladigan uchinchi valyuta ma’lum ikki valyuta kursining birida bazaviy ikkinchisida kotirovka qilinayotgan valyuta bo‘lsa, bunda ushbu kurslarni o‘zaro ko‘paytirish orqali uchinchi valyuta kursi topiladi. Masalan, 1 AQSh dollari 8486 so‘m (UZS/USD) va 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 1,4 AQSh dollari (USD/GBP) bo‘lsa, unda 1 GBP = 1,4 * 8486 UZS bo‘ladi va bundan 1 GBP = 11880,4 UZS kelib chiqadi, ya’ni 1 GBP/UZS= 11880,4 yoki 1 = 11880,4 UZS/GBP
Shunday qilib, 2 holat bo‘yicha: Kross kurs  = 
Valyutalarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha bitim tuzayotganda spot va forvard valyuta kurslaridan foydalaniladi.
Spot kurs (spot rate) – valyuta oldi-sotdi bitimini tuzish paytida belgilangan, valyuta bozoridagi talab va taklif asosida shakllangan, joriy valyuta kursi bo‘lib, bu kurs bo‘yicha tuzilgan bitimlarda uning ishtirokchilari kelishilgan valyutalarni qisqa vaqt (bitim tuzilgan kundan boshlab 2 ish kuni) ichida etkazib berishni o‘z zimmalariga oladilar.
Forvard (muddatli) valyuta kursi (forward rate) – kelajakda, odatda, 2 ish kunidan ortiq muddatda valyutalarni o‘zaro ayirboshlash uchun foydalaniladigan, joriy valyuta kursi asosida belgilangan muddat uchun taxminiy hisoblangan valyuta kursidir. Shartnomada belgilangan muddat kelganda, bitimda ko‘rsatilgan kursdan joriy kurs farq qilsa, bundan bir tomon foyda oladi, boshqa tomon esa, zarar ko‘radi.
Valyutalar bilan tuziladigan bitimlardan ikkita maqsad ko‘zlangan bo‘lishi mumkin, ya’ni:
bitim ishtirokchilarini katta zarar ko‘rishidan himoyalash, yoki sug‘urtalash;
valyuta kurslari (forvard va spot kurslari) farqidan spekulyativ foyda olish.
Hozirgi kunda barcha turdagi halqaro hisob-kitoblar bevosita banklar orqali amalga oshiriladi. Xalqaro hisob-kitob operatsiyalari bank daromadlarini oshirish manbalaridan biri hisoblanib, banklar o‘z mijozlariga valyutalarni sotish yoki ulardan sotib olishda, 2 turli valyuta kurslarini belgilashadi, ya’ni ular valyutalarni sotish va sotib olish kurslaridir. Bankning valyutalarni sotish va sotib olish kurslari o‘rtasidagi farq marja yoki spred deb nomlanadi va ushbu farq bankning valyuta operatsiyalari bilan bog‘lik operatsion xarajatlarini qoplashi hamda unga foyda keltirishi lozim. Valyuta kurslari bo‘yicha spred hajmi banklarda turli valyutalar va mijozlar bo‘yicha bitim hajmiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Xalqaro biznes natijalari nafaqat tegishli mamlakatlar valyuta kurslari, balki milliy va xorijiy bozorlardagi aniq bir mahsulot va xizmatlar turining narxi bilan ham eksport va import operatsiyalari hajmi qiymati aniqlanib, o‘zaro taqqoslanadi. Shu jihatdan, valyuta kurslarining ikki turi, ya’ni real va nominal valyuta kurslari farqlanadi.
Valyuta kurslari o‘zgarishining erkinlik darajasiga ko‘ra valyuta kurslari qatiy belgilangan, chegaralangan egiluvchan, suzuvchi valyuta kurslariga bo‘linadi.
Qatiy belgilangan valyuta kursida milliy valyutalar o‘rtasidagi rasman o‘rnatilgan nisbataing vaqtinchalik 2,25 foizdan oshmagan miqdorda tebraniishga ruxsat beriladi.
Chegaralangan egiluvchan valyuta kursida milliy valyutalar o‘rtasidagi rasman o‘rnatilgan nisbataing belgilangan qoidaga muvofiq katta bo‘lmagan mikdorda tebranishiga ruxsat beriladi.
Suzuvchi valyuta kursitalab va taklif ta’sirida erkin o‘zgaradigan almashuv kursi bo‘lib, ma’lum sharoitlarda davlat valyuta interventsiyasi orqali unga ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Nominal valyuta kursi (nominal exchange rate) – bir milliy valyuta birligining xorijiy valyuta birligiga ifodalangan bozordagi bahosi, yoki ikki valyuta o‘rtasidagi joriy kursdir.
Real valyuta kursi (real exchange rate) – nominal valyuta kursi asosida ikki mamlakatdagi bir xil turdagi tovar va mahsulotlar narxlari darajasini o‘zaro nisbati orqali hisoblangan valyuta kursidir. Real ayirboshlash kursi xalqaro iqtisodiy nazariyada “savdo shartlari” (terms of trade)dan birinio‘zida namoyon etadi. Jahon iqtisodiyotida milliy iqtisodiyotlarni, xususan, YaIM, YaMD (Yalpi milliy daromad)ni o‘zaro solishtirish odatda, real valyuta yoki valyutalarning xarid quvvati pariteti (RRR) bo‘yicha hisoblangan kurslari orqali amalga oshiriladi.
Real ayirboshlash kursi quyidagi formula asosida hisoblanadi:



Bu erda,   – nominal valyuta kursi;   – milliy pul birligida ifodalangan ichki bozordagi narxlar darajasi;   – chet eldagi narxlar darajasi (xorijiy valyutada hisoblangan).


Shuningdek, real valyuta kursi mamlakatdagi u yoki bu mahsulotning nisbiy narxlarini o‘zida aks ettirgan holda, mamlakatning xalqaro savdodagi raqobatbardoshlik darajasini ham ifodalaydi.
Yuqorida keltirilgan misoldagi ma’lum bir tovarlar narxlari darajasi o‘rniga foizlarda, yoki koeffitsentlarda ifodalangan mamlakatlarning iste’mol narxlari indeksi (consumer price index, CPI)ni, yoki inflyatsiya darajasini tegishli ravishda qo‘ysak, mamlakatlar bo‘yicha real valyuta kursini hisoblagan bo‘lamiz.
Real valyuta kursi, nominal valyuta kursi va xorijiy mamlakatlardagi iste’mol narxlari indeksiga to‘g‘ri, milliy iqtisodiyotdagi iste’mol narxlari indeksiga esa teskari proportsional ravishda o‘zgaradi.
Real valyuta kursining ortishi (ya’ni haqiqatda kamayishi, yuqoridagi misol bo‘yicha 4 barobar 3 barobarga tushishi) bu mamlakatda ishlab chiqarilgan ma’lum bir tovar narxining boshqa mamlakatga nisbatan ortganligini, ya’ni qimmatlashganligini anglatadi. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu mamlakatning mazkur mahsulot turi bo‘yicha xalqaro raqobatbardoshligini pasayganligidan dalolat beradi.
Real valyuta kursining pasayishi (ya’ni haqiqatda ortishi yuqoridagi misol bo‘yicha 4 barobar 5 barobarga o‘sishi) bu milliy pul birligida ifodalangan xorijiy mahsulotlar bahosining ortishini anglatib, milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshligini oshirib, mahsulotlar eksportini yanada kengayishiga sabab bo‘ladi.
Agar mamlakatlardagi iste’mol mahsulotlarini va xizmatlarning narxlar darajasi bir xil bo‘lsa, real valyuta kursi nominal valyuta kursiga teng bo‘ladi.
Milliy valyutani qanday valyutaga kotirovka qilinishiga qarab valyutalar kursi turlicha bo‘lishi mumkin. Ya’ni milliy valyuta kursi ma’lum bir turdagi xorijiy valyutaga nisbatan ortsa, boshqa bir turiga nisbatan pasayadi. Valyuta kursining ma’lum bir turdagi xorijiy valyutaga emas, balki kotirovka qilingan barcha turdagi, yoki ma’lum bir guruh valyutalarga nisbatan oshishi yoki tushishiga, ya’ni dinamikasiga baho berish uchun samarali valyuta kurslari hisoblanadi. Mazkur valyuta kursini hisoblashda mamlakatning asosiy tashqi savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar valyutalari olinadi, chunki eksportyorlar o‘zlarining mahsulotlari va xizmatlari uchun to‘lovlarni asosan ushbu valyutalarda qabul qiladi, shuningdek bozorda importyorlar tomonidan ularga talab ko‘p bo‘ladi.
Nominal samarali valyuta kursi (nominal effective exchange rate, NEER)–bu mamlakatdagi valyuta operatsiyalarida tashqi savdoda asosiy hamkor bo‘lgan mamlakatlar valyutalarining salmog‘ini inobatga olgan holda hisoblangan, indeks ko‘rinishidagi valyuta kursidir.
NEER quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu erda:
  – nominal samarali valyuta kursi;
i – imamlakat ko‘rsatkichlari yig‘indisi;
i – tashqisavdoda hamkor mamlakat;
  – tashqi savdo hamkori bo‘lgan har bir mamlakat bo‘yicha bazaviy yil valyuta kursi ( )ga nisbatan joriy yildagi nominal valyuta kursi ( )ni o‘zgarish indeksi;
 – asosiy hamkor mamlakatlar bilan qilingan savdosi ( )ning mamlakat tashqi savdosi ( )dagi salmog‘i.
Nominal samarali valyuta kurslarini hisoblashda ekspertlarning bahosi muhim ahamiyatga ega. Masalan, XVF metodologiyasi bo‘yicha nominal valyuta kurslarini hisoblash uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlab olish zarur:
1. Qolgan barcha valyuta kurslari indekslari hisob-kitob qilinadigan bazaviy yilni tanlab olish;
2. Yil davomida shakllangan valyuta kurslarining o‘rtacha qiymatini hisoblash usulini belgilash;
3. Mamlakatning tashqi savdoda hamkor asosiy davlatlarini aniqlash;
4. Tashqi savdoda hamkor asosiy davlatlar bilan amalga oshirilgan xalqaro operatsiyalarning milliy tashqi savdo hajmidagi ulushini aniqlash;
5. Tashqi savdoda hamkor asosiy davlatlar valyutalariga nisbatan milliy valyutaning o‘rtacha yillik ayirboshlash kursi indeksini bazaviy yilga nisbatan hisoblash.
6. Tashqi savdoda hamkor asosiy davlatlar bilan amalga oshirilgan xalqaro operatsiyalarning milliy tashqi savdo hajmidagi ulushini ushbu davlatlar valyutalariga nisbatan hisoblangan milliy valyutaning o‘rtacha yillik ayirboshlash kursi indeksiga ko‘paytirish va natijalarni umumlashtirish.
Biroq, nominal samarali valyuta kursi nafaqat valyutalar qiymatidagi o‘zgarishlarni, balki hamkor davlatlardagi narxlarning o‘zgarish darajasini ham o‘zida mujassam etadi.
Real samarali valyuta kursi (real effective exchange rate, REER). Nominal samarali valyuta kursidan real tendentsiyalarni aniqlash, ya’ni inflyatsiya ko‘rsatkichlarini chiqarib tashlagan holda mamlakatlardagi ishlab chiqarish, iste’mol xarajatlarini solishtirish uchun real samarali valyuta kursi hisob-kitob qilinadi.
REER quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu erda:
  –real samarali valyuta kursi;
i – i mamlakat ko‘rsatkichlari yig‘indisi;
i – tashqi savdoda hamkor mamlakat;
  – tashqi savdo hamkori bo‘lgan har bir mamlakat bo‘yicha bazaviy yil valyuta kursi ( )ga nisbatan joriy yildagi real valyuta kursi ( )ni o‘zgarish indeksi;
 – asosiy hamkor mamlakatlar bilan qilingan savdosi ( )ning mamlakat tashqi savdosi ( )dagi salmog‘i.
Agar milliy valyutaning real samarali kursi oshsa ushbu mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi kamayadi, ya’ni ekport tovarlari qimmatlashib, uning miqdori qisqaradi, import mahsulotlari esa, aksincha arzonlashib, miqdori ortib boradi.
Real samarali valyuta kursining rivojlanishi odatda nominal samarali valyuta kursining o‘zgarish tendentsiyasiga mos holatda harakatlanadi. Ular o‘rtasidagi katta o‘zgarishlar turli hamkor mamlakatlarda keskin holatda yuzaga kelgan yirik darajadagi inflyatsiya sur’atlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Valyutalarning xarid qobiliyati pariteti (purchasing-power parity (PPP)) asosida hisoblangan valyuta kursi – turli mamlakatlardagi sifati, miqdori va boshqa xususiyatlari bir xil bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarning milliy valyutada ifodalangan qiymatni o‘zaro tenglashtirish orqali aniqlanadigan valyuta kursidir.
Valyutalarning xarid qobiliyati bo‘yicha kurslar odatda, iste’mol savati tovarlari narxlari bo‘yicha hisoblanadi, ya’ni:

Bu erda,   – A mamlakat iste’mol savatidagi tovarlar va xizmatlarning jami bahosi;   – V mamlakat iste’mol savatidagi tovarlar xizmatlarning bahosi.
Biroq, valyutalarning xarid qobiliyati pariteti valyuta kurslari bilan bog‘liq o‘zgarishlarini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Buning asosiy sabablarini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:
1. Har ikki mamlakat iste’mol savatidagi o‘xshash tovarlarni bir xil deb hisoblanishi (ularni etishtirish, yaratish yoki tayyorlash tehnologiyalari va sharoitlari turlicha bo‘lishi, natijada sifati va narxi ham farq qilishimumkin);
2. Mamlakatlar iste’mol savatidagi tavarlar va xizmatlar turlari sonining har xilligi (bir mamlakatda 100 xil tovar va xizmatlar iste’mol savatiga kirsa, solishtiriladigan boshqa mamlakatda 500 xil va h.k.)
Valyutalarning xarid qobiliyati (yoki tovar) pariteti bilan birga mamlakatlaring valyuta munosabatlari taraqqiyotida valyutalarning oltin va valyuta paritetlari ham amalda bo‘lgan. Valyutalarning oltin-valyuta paritetlari jahon valyuta tizimidagi fiksirlangan (qat’iy) belgilangan kurslar rejimi paytida davlatlarning muomaladagi milliy valyutasini uning oltin-valyuta zaxirasiga nisbati orqali topilgan nisbatga aytilgan. Masalan, oltin tanga standarti (Parij, 1876-1913 yillar) davrida 1 untsiya oltin AQShda $20.67, Buyuk Britaniyada £4.2474ga tenglashtirilgan. Ya’ni ma’lum miqdordagi AQSh dollari yoki funt sterlingni bankka topshirilsa, belgilangan nisbat bo‘yicha ular zaxiradagi oltinga almashtirib berilgan. Yoki, Bretton Vuds valyuta tizimi (AQSh, 1944-1976 yillar) davrida 1 untsiya oltin $35ga almashtirib berilgan. Bu shakldagi valyutalarning oltin tarkibi valyutalarning oltin pariteti deb nom olgan. Shuningdek, valyutalarning oltin tarkibi, yoki oltin pariteti orqali valyuta kurslari ham aniqlangan. Xususan, ($20.67/ 1 untsiya oltin) / (£4.2474 / 1 untsiya oltin) = $4.8665/£.
Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar.

Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar juda ko‘p, ularning ichida eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz.


1.Pul birliklarini sotib olish qobiliyatlari va inflyatsiya sur’ati. Valyutalarni sotib olish qobiliyati bo‘yicha bir biriga nisbatan o‘lchanishi (sotib olish qobiliyatining pariteti) qiymat qonunini aks ettirgan holda valyuta kursining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli valyuta kursiga inflyatsiya sur’ati ta’sir etadi. Inflyatsiya sur’ati mamlakatda qanchalik yuqori bo‘lsa, valyutasining kursi agarda boshqa omillar aks ta’sir ko‘rsatmayotgan bo‘lsa shunchalik past bo‘ladi. Mamlakatda pullarning inflyatsiyali qadrsizlanishi inflyatsiya sur’atlari nisbatan pastroq bo‘lgan mamlakatlar valyutalariga nisbatan ularning sotib olish qobiliyatini pasaiyshi hamda kursining tushish tendentsiyasini keltirib chiqaradi. Mazkur tendentsiya odatda o‘rta va uzoq muddatli holatlarda kuzatiladi. Valyuta kursining birhillashtirilishi, sotib olish qobiliyati paritetiga muvofiqlashtirilishi o‘rtacha 2 yil mobaynida amalga oshadi. Ushbu valyutalar kursi kunlik kotirovkasining sotib olish qobiliyati bo‘yicha korrektirovka qilinmasligi hamda kursni shakllantiruvchi boshqa omillar bilan asoslanadi.
1980 yillarda valyuta kursini paritetidan 30 foizdan ziyodroq miqdorda og‘ishining ko‘pchilik holatlari yuzaga kelgan. Biroq valyutalarning chayqov va kon’yunktur omillardan tozalangan kurs nisbatlari pul birliiklari sotib olish qobiliyati o‘zgarishi bilan qiymat qonuniga muvofiq o‘zgaradi.
Valyuta kursining inflyatsiya sur’atiga bog‘liqligi tovarlar, xizmatlar va kapitallar bilan xalqaro almashuvining katta hajmiga ega mamlakatlarda nihoyatda kattadir. Ushbu valyuta kursining dinamikasi va inflyatsiyaning nisbiy sur’atlari o‘rtasidagi eng yaqin aloqa eksport baholar zaminidagi kurs hisob-kitobida o‘z aksini topishi bilan bog‘liqdir. Jahon bozorining baholari baynalmilal qiymatning pul ifodalaridan iboratdir. Import baholari esa valyutalar sotib olish qobiliyati nisbiy paritetining hisob-kitobi uchun unqalik to‘g‘ri kelmaydi, chunki ko‘p holatlarda ularning o‘zi valyuta kursiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Mazkur hisob-kitoblar uchun ulgurji baholar indeksi esa faqat ichki ulgurji savdosi va eksportining tarkibiy tuzilishi o‘zaro o‘xshash bo‘lgan rivojlangan mamlakatlarga qo‘l keladi. Boshqa mamlakatlarda esa ko‘pgina import qilinayotgan tovarlar ushbu indeksga kirmaydi. Chakana baho zaminidagi o‘xshash hisob-kitoblar holatni buzib ko‘rsatishi mumkin, chunki ular jahon savdosining ob’ekti bo‘lmagan bir qator xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Oxir oqibatda jahon bozorida milliy pu birliklari kurslarining haqiqiy sotib olish qobiliyatiga muvofiq stihiyali asosda birxillashtirish jarayoni amalga oshadi.
Haqiqiy valyuta kursi nominal kursni AQSh va Rossiya baholari darajalarining nisbatiga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi (masalan, AQSh dollariga nisbatan Rossiya rubli). Ushbu xalqaro hisob-kitoblar zarur bo‘lgan xorijiy valyutalarni tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari tomonidan oldi-sotdisi yo‘li bilan asoslanadi.
Valyuta kursi va pul birligining sotib olish qobiliyati o‘rtasidagi muvofiqlik hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Masalan, 1980 yil ichida AQSh dollarining kursi Doych markaga nisbatan 2%-ga o‘sgan, ammo shu bilan birgalikda ichki bozorda dollarni sotib olish qobiliyati 13%ga, doych markaniki esa 6%ga pasaygan. Buning sababi shundaki, valyutalarning kunlik kurslar kotirovkasi ularni sotib olish qobiliyatlariga nisbatan korrektirovka qilinmasligida va valyuta kurslariga boshqa omillarning ta’siridadir.
2. To‘lov balansining ahvoli. Mamlakat to‘lov balansining ahvoli valyutaga bo‘lgan talab va taklifga, valyuta kursining darajasiga bevosita ta’sir etadi hamda uning u yoki bu tarafga og‘ib ketishiga olib keladi. Aktiv to‘lov balansi mamlakat milliy valyuta kursining o‘sishiga olib keladi, chunki unga xorijiy qarzdorlar tomonidan bo‘lgan talab oshib boradi. Passiv to‘lov balansi valyuta kursining pasayish tendentsiyasini keltirib chiqaradi, chunki qarzdor shaxslar o‘zlarining tashqi majburiyatlarini so‘ndirish uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga sotadilar. To‘lov balansining barqarorsizligi tegishli valyutalarga bo‘lgan talab va taklifning notekis o‘zgarishiga olib keladi. Zamonaviy sharoitlarda to‘lov balansiga va demak valyuta kursiga kapital xalqaro xarakatining ta’siri kuchaydi.
3. Turli mamlakatlardagi foiz stavkalarining bir biridan farqi. Mamlakatdagi hisob yuritishning o‘rtacha foiz stavkasini ko‘tarilishi xorijiy kapitallarni mamlakatga oqib kelishini rag‘batlantiradi. Ushbu foiz stavkalarining pasayishi esa aksincha kapitallarni, shu jumladan milliy kapitallarni ham mamlakatdan chetga oqib ketishiga olib keladi.
Kapitallar ayniqsa “qaynoq” (chayqov) pullarning harakati (oqimi) mamlakatlar to‘lov balanslari muvozanatsizligini kuchaytirib yuboradi.
Foiz stavkalari valyuta bozorlari operatsiyalari va ssuda kapitallari bozorlaridagi operatsiyalarga ta’sir etadi. Operatsiyalarni amalga oshirishda banklar maksimal foyda olish maqsadida milliy va xalqaro bozordagi foiz stavkalari farqlarini hisobga oladilar. Ular arzonroq kreditlarni xorijiy ssuda kapitallari bozorida sotib olib, xorijiy valyutani milliy ssuda kapitallari bozorida nisbatan yuqoriroq foiz ustidan joylashtirishga harakat qiladilar.
4. Valyuta bozorlari faoliyati va chayqov valyuta operatsiyalarining valyuta kursiga kon’yunktur ta’siri. Agarda biror bir valyutaning kursi pasayib borsa, bozor ishtirokchilari uni nisbatan muvozanatliroq valyutaga almashtiradilar va bu bilan ular uning qadrsizlanishini tezlashtirib yuboradilar.
Valyuta bozorlari mamlakat iqtisodiyotida va siyosatida bo‘layotgan o‘zgarishlar, kurslar nisbatining tebranishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Evrobozorda u yoki bu valyutadan foydalanish darajasi uning kursiga bevosita ta’sir etadi. Masalan, 2000 yilgacha Evrobanklar operatsiyalarini 70-75% AQSh dollarida amalga oshishi AQSh dollariga bo‘lgan talab ko‘lamini belgilaydi. Hozirgi kunda ushbu banklar operatsiyalarida asosiy o‘rinni Evro egallagan.
5. Evrobozorda va xalqaro hisob-kitoblarda muayyan bir valyutadan foydalanish darajasi. Masalan, muomalaga evro kiritilgunga qadar Evrobanklar operatsiyalarining 60%i AQSh dollarlarida amalga oshirilgan va ushbu omil mazkur valyutaga bo‘lgan talab hamda taklifni belgilagan. Valyuta kursiga undan xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish darajasi ham ta’sir etadi. Masalan, 90-yillarda AQSh dollari zimmasiga xalqaro hisob-kitoblarning 50%i, tashqi qarzdorlikning 70%i (asosan rivojlanib borayotgan mamlakatlarning) to‘g‘ri kelgan. Shu sababli jahon baholarining, davlatlar qarzdorliklari bo‘yicha to‘lovlarning muntazam ravishda o‘sishi dollar kursini, uni sotib olish qobiliyatini pasayishi sharoitida ham o‘sishiga ko‘maklashadi.
6. Valyutalar kurs nisbatlariga yana xalqaro to‘lovlarning tezlashishi yoki sekinlashishi ham ta’sir etadi. Masalan, muayyan valyutaning pasayishini ko‘zda tutgan holda qarzdorlar zarar ko‘rmaslik uchun kontragentlarga bu valyutadagi to‘lovlarini tezlashtirishga harakat qiladilar. Agarda valyuta qadrining ko‘tarilishi kutilsa aksincha ushbu valyutadagi to‘lovlarni amalga oshirishni kechiktirilishi kuzatiladi. Jahon bozoridagi bunday taktika “lidz end legz” nomini olgan va u mamlakat to‘lov balansi hamda valyuta kursiga ta’sir etadi.
7. Jahon va ichki bozorlarda mamlakat milliy valyutasiga ishonch darajasi. Ushbu ishonch mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va siyosiy holat hamda yuqorida ko‘rib chiqilgan valyuta kursiga ta’sir eta oladigan omillar bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda dilerlar iqtisodiy o‘sish va inflyatsiyaning mazkur sur’atlaridan, valyutani sotib olish qobiliyatining o‘sishidan, talab hamda taklifning o‘zaro nisbatidan tashqari ularning dinamikasi istiqbolini ham hisobga oladilar. Ba’zida, mamlakatning savdo va to‘lov balanslari holati yoki saylovlar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda chop etilishini kutish talab hamda taklifning o‘zaro nisbatiga va valyuta kursiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ayrim holatlarda valyuta bozorida imtiyozli yo‘nalishlar vazirlar iste’fosi haqidagi mish-mishlar singari va boshqa shu kabi siyosiy yangiliklar foydasiga o‘zgaradi.
Agarda mamlakatning iqtisodiy holati jahonda yuqori baholanayotgan bo‘lsa, unda uning valyutasi kuchli hisoblanadi va iqtisodiy jixatdan kuchsizroq hisoblangan davlat valyutasiga nisbatan yuqoriroq bahoda sotilishi mumkin.
8. Valyuta siyosati. Valyuta kursining davlat va bozor tomonidan muvofiqlashtirilishini o‘zaro solishtirish uning dinamikasiga ta’sir etadi. Valyuta kursining valyutaga bo‘lgan talab va taklif mexanizmi orqali valyuta bozorlarida shakllanishi odatda kurs nisbatlarini keskin o‘zgarishi bilan xususiyatlidir. Iqtisod, pul muomalasi, moliya va kredit holatining ko‘rsatkichi hamda muayyan bir valyutaga bo‘lgan ishonch darajasi bo‘lmish aniq (real) valyuta kursi bozorda shakllanadi. Valyuta kursini davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi mamlakatning valyuta-iqtisodiy siyosati vazifalaridan kelib chiqqan holda uning ko‘tarilishi yoki pasayishiga qaratilgandir. Ushbu maqsadda ma’lum bir valyuta siyosati amalga oshiriladi.
4.3. Valyuta kursi o‘zgarishining xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’siri
Valyuta kursi milliy va jahon bozorlari qiymat ko‘rsatkichlari o‘rtasida aloqa instrumenti sifatida maydonga chiqqan holda xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda takror ishlab chiqarishda faol rol o‘ynaydi. Tadbirkor valyuta kursidan foydalangan holda o‘z ishlab chiqarish xarajatlarini jahon bozoridagi baholar bilan taqqoslaydi. Ushbu tadbir alohida korxona yoxud butun bir mamlakatning tashqi iqtisodiy operatsiyalari natijasini aniqlash imkonini beradi. Jahon bozorida tovar sotilganda milliy mehnat mahsuli bo‘lmish tovar qiymat o‘lchovining baynalmilallashgan birligi sifatida jamoatchilik tomonidan tan olinadi. Jahon valyuta bozorida esa valyutalarning baynalmilallashgan qiymatining pariteti aniqlanadi. Valyutalar kurslari nisbati asosida ushbu mamlakatning jahon savdosidagi solishtirma og‘irligini hisobga olgan holda samarali valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi eksport va import baholarining nisbati, firmalarning raqobatdoshligi, korxonalar foydasiga ma’lum bir darajada ta’sir etadi.
Valyuta kurslarining keskin tebranishi xalqaro iqtisodiy, shu jumladan valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlar muvozanatsizligini kuchaytiradi hamda salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga, ayrim davlatlarni zararlarga, ayrimlarini esa yutuqlarga olib keladi.
Boshqa omillarning aks ta’siri bo‘lmagan paytda milliy valyuta kursi pasayganda eksportyorlar tushum sifatida olingan va qimmatlashgan xorijiy valyutani nisbatan arzonlashgan milliy valyutaga almashuvi hisobiga eksport mukofotini oladilar hamda tovarlarni o‘rtacha jahon baholaridan past darajada sotish imkoniga ega bo‘ladilar.
Milliy valyuta kursining pasayishi, yuqorida bayon etilgan imtiyozlardan tashqari, bir vaqtning o‘zida importning qimmatlashishiga olib keladi. Bu esa mamlakat ichkarisida baholar o‘sishiga, tovar olib kirish va iste’mol qilishni qisqarishiga hamda milliy tovar ishlab chiqarishni o‘sishiga olib keladi. Valyuta kursining pasayishi milliy valyutada ifodalangan real qarzdorlikni kamayishiga, xorijiy valyutada ifodalangan tashqi qarzlar og‘irligining kuchayishiga olib keladi. Xorijiy investorlar tomonidan mamlakat milliy valyutasida olinayotgan foyda, foizlar va dividendlarni chetga olib chiqish manfaatsiz bo‘lib qoladi. Ushbu foyda reinvestitsiya qilinadi yoki mamlakat ichki baholari asosida tovarlar sotib olish hamda ularni eksport qilish uchun ishlatiladi.
Valyuta kursi ko‘tarilsa mamlakat ichkarisidagi baholarning raqobatdoshligi hamda eksportning samaradorligi pasayadi. O‘z navbatida ushbu jarayonlar eksport tarmoqlari hamda yalpi milliy ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kelishi mumkin. Import esa aksincha kengayadi. Mamlakatga xorijiy hamda milliy kapitallarni oqib kelishi rag‘batlantiriladi, xorijiy kapital qo‘yilmalariga olingan foydalarni olib chiqilishi o‘sadi. Qadrsizlanib borayotgan xorijiy valyutada ifodalangan mamlakat tashqi qarzining real summasi kamayadi. Valyutaning ichki va tashqi qadrsizlanishidagi, ya’ni uning kurs dinamikasi hamda sotib olish qobiliyati orasidagi uzilish xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun katta ahamiyatga ega. Agarda pulning ichki inflyatsion qadrsizlanishi valyuta kursining qadrsizlanishidan sur’ati bo‘yicha o‘zib ketsa, o‘zga shartlarning tengligi sharoitida milliy bozorda yuqori baholarda sotish maqsadida tovarlar importi rag‘batlantiriladi. Agarda valyutaning tashqi qadrsizlanishi inflyatsiya hisobiga vujudga keladigan, uning ichki qadrsizlanishidan o‘zib ketsa unda valyuta dempingi uchun sharoit etiladi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi bozorlarda raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida tovarlarni o‘rtacha jahon baholaridan past darajada ommaviy ravishda eksport qilish uchun sharoit tug‘iladi.
Valyuta dempingi uchun quyidagilar xususiyatlidir: 1)eksportyor tovarlarni ichki bozorda inflyatsiya ta’sirida ko‘tarilgan baholarda sotib olgan holda tashqi bozorda o‘rtacha jahon baholaridan pastroq darajada ularni nisbatan muvozanatli bo‘lgan valyutaga sotadi; 2)eksport baholarini pasaytirish manbasi bo‘lib, tushum sifatida olingan nisbatan barqaror valyutani qadrsizlangan milliy valyutaga almashtirgan paytida hosil bo‘ladigan kurslar farqi hisoblanadi; 3)tovarlarni ommaviy ravishda chetga olib chiqilishi eksportyorlarga nihoyatda yuqori darajadagi foydani ta’minlaydi. Demping bahosi ishlab chiqarish bahosidan yoki tannarxdan ham past bo‘lishi mumkin. Biroq eksportyorlar uchun juda ham pasaytirib yuborilgan baho manfaatli emasdir, chunki xorijlik kontragentlar tomonidan tovarlar reeksporti natijasida milliy tovarlar bilan raqobatchilik vujudga kelishi mumkin.
Valyuta dempingi tovar dempingining ko‘rinishlaridan biri bo‘lgani hamda ularni tovarlarni past bahoda eksport qilish o‘zaro birlashtirganiga qaramasdanda ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Agarda tovar dempingida ichki va eksport baholari o‘rtasidagi farq asosan davlat byudjeti hisobiga qoplanadigan bo‘lsa, valyuta dempingida u eksport mukofoti (kurslar farqi) hisobiga qoplanadi. Tovar dempingi birinchi jahon urushigacha paydo bo‘lgan, bu davrlarda korxonalar tashqi bozorlarni zabt etishda asosan o‘zlarining jamg‘armalariga tayanganlar. Valyuta dempingi dastlab 1929-1933 yillarda jahon iqtisodiy inqirozi davrida qo‘llanilgan. Bunga asosiy omil sifatida jahon valyuta inqirozining notekis rivojlanishi bo‘lgan. Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, AQSh davlatlari o‘z valyuta kurslarini pasayishidan arzon tovarlar eksportini amalga oshirishda foydalangan.
1967 yilda avvalgi tariflar va savdolar to‘g‘risidagi Bosh kelishuvining (GAAT) konferentsiyasida, demping, shu jumladan valyuta dempingi qo‘llanilganligi uchun maxsus jazo choralari ko‘zda tutilgan Antidemping kodeksi qabul qilingan edi. GAAT qoidalariga muvofiq dempingdan zarar ko‘rgan davlat taalluqli tovar muomalasidan eksportyor mamlakat bozorining ichki bahosi va ushbu tovarning eksport bahosi o‘rtasidagi farq sifatidagi maxsus antidemping import bojini olish huquqiga ega ekanligi ko‘zda tutilgan. Eksport qilinayotgan tovarlarning raqobatdoshligi bugungi kunda ularning baho darajasiga emas, balki sifati va sotilishi, sotilganidan so‘ng ko‘rsatiladigan xizmat hamda boshqa shu kabi xizmatlarning tashkil etilishiga bog‘liqdir.
Shunday qilib, yalpi maxsulotning tashqi bozorlarda sotiladigan bir qismini mamlakatlar o‘rtasidagi qayta taqsimotiga valyuta kurslarining o‘zgarishi ta’sir etadi. Erkin suzadigan valyuta kurslari rejimi sharoitida bahoning shakllanishi va inflyatsiya jarayonlariga kurslar nisbatining ta’siri kuchayadi. Mavjud hisob-kitoblarga ko‘ra 25 foizli eksport kvotasiga ega bo‘lgan mamlakat valyutasi kursining 20 foizga pasayishi import qilinayotgan tovarlar baholarini 16 foiz hamda buning oqibatida baholarning mamlakat miqyosida 4-6 foizga o‘sishini keltirib chiqaradi. Erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimi sharoitida ichki baholarga ta’sir etishning ushbu omili muntazam xarakterga ega bo‘lib qolmoqda.
Erkin suzadigan valyuta kurslari rejimi sharoitida kapitallar, ayniqsa qisqa muddatli kapitallar harakatiga ular o‘zgarishining ta’siri kuchaydi. Ushbu omil esa o‘z navbatida ayrim davlatlarning valyuta-iqtisodiy holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Valyutasining kursi ko‘tarilib borayotgan mamlakatga xorijiy kapitallarning oqib kelishi natijasida ssuda kapitallari va kapital qo‘yilmalarining hajmi vaqtincha oshib ketishi mumkin. Ushbu o‘sgan sarmoyalar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda davlat byudjeti kamomadini qoplash maqsadlariga ishlatilishi mumkin. Kapitallarni mamlakatdan oqib ketishi esa ularning kamomadini, investitsiyalar qisqarishini va ishsizlik kuchayishini keltirib chiqaradi.
Valyuta kursi tebranishining oqibatlari mamlakatning valyuta-iqtisodiy mavqeiga, uning eksport kvotasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘rniga bog‘liq. Valyuta kursi mamlakatlar, milliy eksportyor va importyorlar o‘rtasidagi kurash ob’ekti hamda davlatlararo nizolarning manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu sabablarga ko‘ra valyuta kursining muammolari iqtisodiy fanda ahamiyatli o‘rinni egallaydi.
Nazorat savollari
1. Valyuta kursi deganda nima tushuniladi?
2. Valyuta kursining mamlakat hamda jahon iqtisodiyoti uchun ahamiyati qanday?
3. Valyuta kursining qanday turlari mavjud?
4. Kross-kurs nima va u qanday aniqlanadi?
5. Kotirovka uslublarining qanday turlari mavjud?
6. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi qanday omillarni bilasiz?
7. Valyuta dempingi deganda nimani tushunasiz?
8. GAAT yoki VTO deganda nimani tushunasiz?
Download 377,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish