Kapital joylashuvi innovatsion jarayonning har bir bosqichida sodir bo’ladi. Davlat fundamental ilmni innovatsion infrastrukturalarga qaratilayotgan ilmiy grantlar bilan moliyalashtiradi. Bunda asosiy vazifa – innovatsion g’oyalarning eng samaralisini tanlab olish va unga kapital joylashuvini ta’minlab rivojlantirishdir. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, yangi iqtisodiyotda kapital joylashuvi jarayoni milliy boylikdagi jismoniy va tabiiy kapital bo’lgan inson kapitali ( “aqlli miyali” olimlar, tadqiqotchilar va b.) omiliga bog’liqdir.4
Innovatsiya ortiqchaligi va raqobat. Innovatsion iqtisodiyot har bir innovatsion jarayon bosqichida mahsulotlar, xizmatlar va agentlar ortiqchaligiga ega: bilimlar, go’yalar, ishlanma, patentlar, yuqori texnologiya,kompaniyalar, olimlar, infrastruktura va b. ortiqchaliklar. Aynan shu ortiqchalik raqobatni yuzaga keltiradi va qo’llab-quvvatlaydi. Raqobat natijasida esa tovar va xizmatlar xilma-xilligi va sifati orta boradi. 5 Bu ortiqchalikka esa faqatgina mehnat samaradorligining va texnologiyalarning yuqori darajasida erishish mumkin.
Yangi bozorlar tashabbusi. Hozirgi kunda alohida bozor sifatida yangi iqtisodiyot va kompaniyalar strukturasi uchun barcha mumkin bo’lgan ishlanmalar, tashkiliy formalar ham nazarda tutiladi. Universitetlar tarkibidagi Texnoparklar, korporativ o’quv markazlari, kichik biznes klasterlari, yangi turdagi kompaniyalar uchun biznes-inkubatorlar , ilmiy-tadqiqot institutlari tarkibidagi texnologiya markazlari, innovatsion soha uchun maxsus savdo maydonlari shunday tashkiliy formalar qatoriga kiradi.
Bozorlar xilma–xilligi. Iqtisodiyotning keyingi o’sish davrida, ya’ni postindustrial jamiyat qurish davrida bozorlar xilma-xilligi ham ortib bordi.
Innovatsion mahsulot va xizmatlar, ularning talab-taklifi va kutish bozori.
Intellektual mulk bozori.
Intellektual mehnat va yuqori kvalifikatsiyali raqobatbardosh mutaxassislar bozori.
Investitsiyalar bozori.
Bilim va g’oyalar bozori.
Innovatsiyalar bozori (texnika, texnologiya, metodlar).
Innovatsion va ilmiy tashkilotlarning tashkiliy formalari bozori.
Yangi zamon menejerlari va biznes-agentlar bozori.
Xizmatlar (murakkab ilmiy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar ekspluatatsiyasi, lizing va ijarasi) bozori.
Bundan tashqari, 2007-yildan beri esa mamlakatlarda innovatsiyalarning rivojlanish darajasini kuzatib boruvchi va dunyo bo’yicha reytingini tuzuvchi The Global Innovation Index (GII) indeksi6 mamlakat iqtisodiyotida yangi texnika-texnologiya, ilmiy-konstruktorlik ishlanmalariga ketgan xarajatlariga nisbatan samaraga erishishini aniqlaydi. Fransiya xalqaro biznes-maktabi INSEAD boshlab bergan va hozirda GIIni hisoblashda qo’llanilayotgan metodologiya bo’yicha 84ta ko’rsatkichdan iborat. Bu ko’rsatkichlar har xil iqtisodiy o’sish darajalariga ega jahon mamlakatlarining innovatsion rivojlanishini batafsil yoritib beradi. Indeks ko’rsatkichlari asoson 2 guruhga ajratiladi. Bu guruhlar esa o’z navbatida ichki bo’limlardan iboratdir. Har bir bo’limda 3 dan 6 gacha ko’rsatkichlar bo’lib, ularning umumiy soni 84 tani tashkil etadi. Bu ko’rsatkichlarning ma’lum qismi har yili yangilanib yoki o’zgartirilib boriladi (2013-yilda 2012-yilgi ko’rsatkichlarning 10tasi o’zgartirilib, 10 tasi yangilangan).
Do'stlaringiz bilan baham: |