- Shinjon masalasi:
- Hududiy jihatdan Xitoyning oltidan bir qismini tashkil etgan mazkur hududdagi mojarolar mamlakatning boshqa hududlariga yoyilishi, mamlakatdagi siyosiy barqarorlikning yo’qotilishiga sabab bo’ladi.
- Xitoy 15 davlat bilan chegaradosh bo’lsa, uning sakkiztasi Shinjon hududiga to’g’ri keladi. Mazkur rayondagi jarayonlar chegaradosh davlatlar bilan aloqalarga ta’sir qiladi.
- Shinjon etnik tarkibida uyg’urlarning ko’pligi va ularning mustaqillikka bo’lgan intilishining yuqoriligi ichki barqarorlikka xavf solishi mumkin.
- Tashqi omillarning ham Xitoyga ta’sir qilishda bu hududga tayanch nuqta sifatida qarashi Xitoy hukumatini tashvishga soladi. Xitoyning asosiy raqobatchilari hisoblangan AQSH, Yaponiya, shu bilan birga uyg’urlarni qo’llab-quvvatlovchi Turkiya Shinjonga ta’sir qilish orqali Xitoyni kuchsizlantirishga harakat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |