Bu muammoga yetarlicha baho bermaslik Xitoy uchun halokatli bo’lishi mumkin. SUARdagi barqarorlikning kafolati – Xitoyning geopolitik kuchi hisoblanadi. Afg’oniston tragediyasining SUARda takrorlanmasligi Xitoy uchun davlat yaxlitligini ta’minlashda birinchi darajali masaladir. Shu sababdan ham, Xitoy hukumati ayni damda Shinjondagi muammolarni uning iqtisodiyotini yuksaltirish, etnik guruhlar, til va din munosabatlarini mo’tadillashtirish, aholi bandligini ta’minlash, aholini ijtimoiy-siyosiy qo’llab-quvvatlash orqali bartaraf etishga harakat qilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |