Ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat sodir etish deb – ijtimoiy xavfli qilmishni o’z-o’ziga ishonish yoki beparvolik orqasidan sodir etishga aytiladi.
Ya’ni ehtiyotsizlikning ikki shakli mavjud. Ular:
- o’z-o’ziga ishonish;
- beparvolik.
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o’z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko’zi eta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan bo’lsa, bunday jinoyat o’z-o’ziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi.
O’z-o’ziga ishonishning egri qasddan asosiy farqi - aybning irodaviy holatiga ko’ra aniqlanadi.
Ya’ni egri qasdda shaxs oqibat kelib chiqishiga ongli ravishda yo’l qo’yib bersa;
O’z-o’ziga ishonishda ushbu oqibatning kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |