Tafakkuriy holati bu - shaxs o’zi sodir etayotgan ijtimoiy xavfli qilmishining xavflilik xususiyatini anglab etayotganligini ifodalasa;
Irodaviylik holati – shaxs o’z harakatlarini boshqara olish imkoniyatini anglatadi.
Aybsiz holda zarar etkazishda – aybning tafakkuriy va irodaviy holatining mavjud bo’lmaganligi sababli jinoiy javobgarlik keltirib chiqarmaydi.
Ayb shakllari JK 20-moddasiga ko’ra, qasd va ehtiyotsizlik ko’rinishida bo’ladi.
Qasddan jinoyat sodir etish tushunchasiga tarif berishda jinoyat moddiy yoki formal tarkibli jinoyat ekanligini e’tiborga olish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |