17.3. Sudlanganlikni olib tashlash tartibi.
Sudlanganlikning olib tashlanishi deb – ozodlikdan mahrum qilish jazosini o’tab chiqqan shaxsni ma’lum bir asoslar mavjud bo’lganda, JKda sudlanganlik holatining tugallanishi uchun nazarda tutilgan muddatlar to’liq o’talmasdan turib, sudlanganlik o’zining huquqiy ahamiyatini yo’qotishi va uning barcha huquqiy oqibatlaridan shaxsni ozod qilishga aytiladi.
Sudlanganlikning olib tashlanishi - sud tomonidan uning ajrimi asosida yoxud tegishli avf etish yoki amnistiya akti asosida amalga oshiriladi. Bunda shuni inobatga olish kerakki, faqat ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarga nisbatangina sudlanganlikni olib tashlash qoidalari qo’llanilishi mumkin. Jinoyat kodeksi 13-moddasi ikkinchi qismida ko’rsatilgan hollar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |