18 – Mavzu. VOYaGA ETMAGANLARNING JAVOBGARLIGI
18.1. Jinoyat huquqida voyaga etmaganlar javobgarligining o’ziga-xos xususiyatlari.
Jinoyat sodir etgan voyaga etmagan shaxslarga:
- tarbiyalash maqsadidagi majburlov choralarini qo’llash;
- jazo chorasi tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etgan voyaga etmagan shaxs deganda – ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilgan vaqtda 13 yoshdan yuqori, 18 yoshga to’lmagan shaxslar tushunilib, ularga quyidagi jazo turlari tayinlanishi mumkin:
- jarima;
- axloq tuzatish ishlari;
- qamoq;
- ozodlikdan mahrum qilish.
O’n sakkiz yoshga to’lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo’shimcha jazo turlari tayinlanishi mumkin emas.
18.2. Voyaga etmaganlarga nisbatan jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq jazolarini tayinlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |