Avf etish esa – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqariladigan huquqiy akt bo’lib, ushbu akt asosida jinoyat sodir etgan shaxs sud tomonidan tayinlangan jazodan ozod qilinishi yoki jazo engillashtirilishi yohud boshqasiga almashtirilishi mumkin.
Jazodan ozod qilish shartlari avf etish aktining o’zida ko’rsatiladi. Odatda avf etishda, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi e’tiborga olinmaydi.
Amnistiya aktining avf etish aktidan farqlari:
|
Amnistiya akti:
|
Avf etish akti:
|
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimi bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qabul qiladi;
|
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi;
|
- aniq shaxs yoki aniq jinoyat turlariga qaratilmaydi;
|
- aniq shaxslarga yoki aniq bir turdagi jinoyatlarga qaratiladi;
|
- sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini e’tiborga oladi;
|
- sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini e’tiborga olmaydi;
|
- javobgarlikdan va jazodan ozod qiladi;
|
- faqat, jazodan ozod qiladi;
|
- mahkum jazoni haqiqatda o’tagan muddati e’tiborga olinmaydi.
|
- mahkum jazoni haqiqatda yarmini o’tab bo’lgandan keyingina qo’llanilishi mumkin (umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bundan mustasno).
|
Avf etishni so’rab, odatda mahkum iltimosnoma bilan murojaat qiladi. Agarda, mahkum umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan bo’lsa tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o’tab bo’lgan bo’lgandan keyin avf etishni so’rab iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Agarda mahkum:
- jazoni o’tash davrida qat’iy tuzalish yo’liga kirgan;
- jazoni ijro etish davrida belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan;
- mehnatga va o’qishga halol munosabatda bo’layotgan;
- tarbiyaviy tadbirlar o’tkazishda faol ishtirok etayotgan bo’lsa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o’tab bo’lgandan keyin, avf etishni so’rab iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Avf etish to’g`risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxs tomonidan tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o’tab bo’lgandan keyin murojaat qilishi mumkin.
Agarda mahkum:
- jazoni o’tash davrida qat’iy tuzalish yo’liga kirgan;
- jazoni ijro etish davrida belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan;
- mehnatga va o’qishga halol munosabatda bo’layotgan;
- tarbiyaviy tadbirlar o’tkazishda faol ishtirok etayotgan bo’lsa, tayinlangan jazoning o’n besh yilini haqiqatda o’tab bo’lgandan keyin, avf etishni so’rab iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |