Jazoni engilrog`i bilan almashtirish asoslari
№
|
Mahkum sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi
|
Mahkum jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish uchun tayinlangan jazo muddatini haqiqatda o’taganligi
|
1.
|
- ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan yoki uncha og`ir bo’lmagan jinoyatdan iborat bo’lsa.
|
- sud tayinlagan jazo muddatining kamida to’rtdan bir qismini.
|
2.
|
- og`ir jinoyati tashkil qilsa;
- ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs, qasddan sodir etgan jinoyati uchun.
|
- sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini. (Sudlanganlik muddatining mavjud yoki mavjud emasligi ahamiyat kasb etmaydi).
|
3.
|
- o’ta og`ir jinoyatni tashkil qilsa;
- shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi engilrog`i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o’talmagay qolgan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo’lsa.
|
- sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o’tab bo’lganidan keyin qo’llanilishi mumkin.
|