Jinoiy faoliyatni davom ettirishga to’sqinlik qilish esa - jazoning maxsus maqsadi sifatida shaxsni, jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan manfaatlarga qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli tajovuziga chek qo’yilishini anglatadi.
Jinoyatni oldini olish - jinoyat huquqida ikkiga umumiy va maxsus oldini olishga ajratiladi.
Umumiy ko’rinishdagi oldini olish deganda - boshqa shaxslarning ham jinoyat sodir etishlarini oldini olishni nazarda tutsa.
Maxsus oldini olish esa - mahkumning yangi jinoyat sodir etishini oldini olishni nazarda tutadi.
13.2. Jazo tizimi va turlari.
Jazo tizimi deb - jinoyat qonunida belgilangan tartibda og`irlik darajasiga ko’ra, engilidan og`iriga qarab joylashtirilgan jazo turlari yig`indisiga aytiladi.
Amaldagi JK 43-moddasiga ko’ra, jinoiy jazoning 9 xil turi mavjud bo’lib, ular uch guruhga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |