13.6. Axloq tuzatish ishlari.
Axloq tuzatish ishlari deb – jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs ish haqining o’n foizidan o’ttiz foizigacha bo’lgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni olti oydan uch yilgacha bo’lgan muddatga mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo’lgan jazo chorasiga aytiladi.
Axloq tuzatish ishlari sudning hukmiga muvofiq:
- mahkumning o’z ish joyida;
- mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o’taladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |