Jazoning maqsadi - adolatli va to’g`ri jazo tayinlanishidan kelib chiqishi kutilgan natija bo’lib, JK 42-modda 2- qismida jazo maqsadiga:
- mahkumni axloqan tuzatish;
- mahkumni jinoiy faoliyatini davom ettirishga to’sqinlik qilish;
- mahkumning yangi jinoyat sodir etishini oldini olish;
- boshqa shaxslarning ham jinoyat sodir etishlarini oldini olish kiradi deb ta’kidlangan.
Tarbiyalash - jazoning alohida bir maqsadi sifatida jinoyat sodir etgan shaxsga jazo qo’llash orqali uni qonunga rioya etish ruhida tarbiyalash, qonun va axloq normalarini hurmat qilish, halol turmush kechirish va mehnat qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |