Qo’shimcha jazo deb - jazoning maqsadini amalga oshirish uchun yordamchi ahamiyatga ega bo’lgan va asosiy jazo turi bilan birgalikda tayinlanadigan jazo chorasiga aytiladi.
Aralash turdagi jazo deb – jinoyat qonunida nazarda tutilgan aynan bir jazo turining sodir etilgan jinoyatlar uchun ham asosiy ham qo’shimcha jazo turi tariqasida tayinlanishi mumkin bo’lgan majburlov chorasiga aytiladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish - JK Maxsus qismining aniq moddalari sankstiyalarida asosiy jazo tariqasida ko’rsatilmagan bo’lsa, har qanday asosiy jazo turiga, qo’shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin bo’lgan jazo turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |