Formal tarkibli jinoyat deb - ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishi bilan tugallanadigan jinoyat turlariga aytiladi (mas: JK 140-moddasi “Tuhmat”). Ya’ni, JK Maxsus qismi normasi dispozistiyasida jinoyat tarkibi obyektiv tomoni faqat ijtimoiy xavfli qilmishda ifodalanadi.
Kesik tarkibli jinoyat deb - jinoyatni tamom bo’lish vaqtini jinoyat qonuni oldingi bosqichga (jinoyatga tayyorgarlik ko’rish yoki suiqasd qilish bosqichiga) ko’chirilgan jinoyatlarga aytiladi (JK 165-moddasi “Tovlamachilik”).
Do'stlaringiz bilan baham: |