5.3. Jinoyat obyektining jinoyat predmetidan farqi.
Jinoyat predmeti bu – ijtimoiy xavfli tajovuz qaratilgan moddiy dunyo ne’matidir. Jinoyat predmeti tajovuz natijasiga zarar ko’rishi ham (JK 173-modda), zarar ko’rmasligi ham mumkin (JK 177-modda).
Jinoyat predmeti belgilarini:
- ko’z bilan ko’riladigan, o’lchovi, sifati va o’ziga-xos belgilarga ega bo’lgan moddiy ashyo bo’lishligi;
- shaxs predmetga tajovuz qilish orqali jinoyat obyektiga zarar etkazishi (mas:O’g`rilik jinoyatida: pulni o’g`irlash orqali shaxsning mulk huquqiga tajovuz qiladi. Ushbu holatda pul - jinoyat predmeti, mulk huquqi esa - jinoyat obyekti bo’lib hisoblanadi);
- jinoyat predmeti ayrim jinoyat tarkiblarida mavjud bo’lmasligi (mas: qasddan odam o’ldirish jinoyatida, inson tana a’zolari – jinoyat predmeti sifatida qabul qilinmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |