Ushbu ijtimoiy munosabatlarga zarar etkazish deganda –
- shaxsning huquq va erkinliklariga;
- jamiyat va davlat manfaatlariga;
- tabiiy muhitga;
- tinchlikka;
- insoniyat xavfsizligiga tajovuz qilinishi nazarda tutiladi.
5.2. Jinoyat obyektining turlari.
Jinoyat obyekti:
- Umumiy obyekt;
- Maxsus obyekt;
- Bevosita obyekt turlariga bo’linadi.
Umumiy obyekt deb – jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Maxsus obyekt deb – jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy mohiyatlari jihatidan bir - biriga o’xshash yoki yaqin bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni o’z ichiga oladigan ijtimoiy munosabatlar guruhiga aytiladi.
- Maxsus obyekt JK Maxsus qismidagi jinoyat-huquqiy normalarni tasniflash imkonini beradi;
- Maxsus obyekt JK Maxsus qismi tuzilishini shakllantirish bo’lim va boblarga ajratishning asosiy mezoni bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |