Jinoyat tarkibining fakultativ belgilari deganda - o’zining ahamiyatiga ko’ra, jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida hamma vaqt ham ishtirok etishi zarur hisoblanmaydigan belgilarga aytiladi.
Ushbu fakultativ belgilarga:
- jinoyat predmeti;
- ijtimoiy xavfli oqibat;
- ijtimoiy xavfli qilmish va ijtimoiy xavfli oqibat o’rtasidagi sababiy bog`lanish;
- jinoyat sodir qilish vaqti, sharoiti, joyi, usuli, jinoyat sodir etish vositasi yoki quroli, motiv va maqsad, shuningdek maxsus subyekt belgilari kiradi.
Jinoyat tarkibi fakultativ belgilarining ahamiyati quyidagilarda ko’rinadi:
- ular jinoyat qonunida ko’rsatilgan ayrim hollarda jinoyat tarkibining zaruriy belgisi bo’lib kelishi;
- qonunda ko’rsatilgan hollarda jinoyat tarkibining og`irlashtiruvchi, o’ta og`irlashtiruvchi yoki engillashtiruvchi tarkibining zaruriy belgisi bo’lib kelishi;
- ushbu belgilar jinoyat tarkibiga kiritilmagan, kiritilgan bo’lsada, jinoyatni kvalifikastiyasiga ta’sir qilmaydigan holatlarda, jazo tayinlashda og`irlashtiruvchi yoki engillashtiruvchi holat sifatida e’tirof etilishi mumkinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |