4.2. Jinoyat tarkibi elementlari tushunchasi va turlari.
Jinoyat tarkibi elementlarini – jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv tomonlarining zaruriy va fakultativ belgilari tashkil etadi.
Jinoyat tarkibi elementlari quyidagilar:
- jinoyat obyekti;
- jinoyatning obyektiv tomoni;
- jinoyat subyekti;
- jinoyatning subyektiv tomoni.
Jinoyat tarkibining zaruriy belgilari deganda – o’zining ahamiyatiga ko’ra, jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida so’zsiz ishtirok etadigan belgilarga aytiladi.
Ushbu zaruriy belgilarni:
ijtimoiy munosabat (huquq va erkinliklar);
ijtimoiy xavfli qilmish;
yosh, jinoiy javobgarlik keltirib chiqaruvchi yosh chegarasi (JK 17 - moddasi);
aqli rasolik;
ayb (qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida) tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |