Sud tomonidan sharhlashnig ikki turi mavjud bo’lib, bular:
- Oliy sudi Plenumi qarorlari asosida jinoyat qonunining sharhlanishi;
- Aniq bir jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan hukmda jinoyat qonunga sharh berilishi.
Ilmiy yoki doktrinal sharhlash - jinoyat huquqi sohasida faoliyat yurituvchi ilmiy xodimlar tomonidan jinoyat qonunini sharhlashga aytiladi.
Jinoyat qonuni sharhlash usuliga ko’ra:
- Grammatik;
- Tizimli;
- Tarixiy;
- Mantiqiy turlarga bo’linadi.
Gramatik sharhash - qonun normalarini adabiy til me’yorlari asosida sharhlashga aytiladi.
Tizimli sharhlashda - jinoyat qonuni normalarini boshqa jinoyat qonun normalari bilan yoki boshqa huquq sohalari bilan taqqoslab sharh berilishiga aytiladi.
Tarixiy sharhlash - huquq normasi qabul qilingan davlatda norma qabul qilinishiga sabab bo’lgan holatlarni aniqlash asosida sharh berilishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |