1.4. Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi.
Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi deb - yangi qabul qilingan qonun kuchga kirgunga qadar sodir etilgan jinoyatlar uchun tadbiq etilishiga aytiladi.
JKning 13-moddasiga ko’ra, jinoyat qonuni quyidagi hollardagina orqaga qaytish kuchiga ega:
- qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan;
- jazoni engillashtiradigan;
- shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan.
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun deganda – ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo’lgan jinoyat qonuni bilan jinoyat deb topilgan qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |