7. Yordamchi ta’lim vositalari
Grafik organayzer: «Klaster» - axborot xaritasi bo‘lib, barcha tuzilmaning moxiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish uchun ishlatiladi. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi:
Masalan:
Klasterni tuzish qoidasi:
1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalar sifatini muhokama qilmang, faqat ularni yozing.
2. Xatni to‘xtatadigan imlo hatolarga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizga g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u xolda qachonki yangi g‘oyalar kelguncha qog‘ozga rasm chizib turing.
7. Malaka, ko‘nikma va bilimini tekshirish usullari
- og‘zaki
- yozma
- vaziyatli masala
- o‘zlashtirilgan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish
Joriy baholash mezonlari
1-a. Talabaning konspektini baholash:
№
|
Baho
(maks. baho –«5»
|
Talaba tuzgan konspektining sifati
|
1.
|
A’lo –«5»
|
Konspekt mavzuning barcha bo‘limlarini aks ettiradi; mustaqil, mantiqiy ketma-ketlikda, ko‘rilayotgan savollarning asosiy maqsadi tizimli ravishda bayon etilgan. Jarayonlarning kimyoviy asosi aniq ko‘rsatilgan, biologik va tibbiy ahamiyatiga alohida etibor berilgan.
Ma’lumotlarning internet va adabiyotdan olingan qo‘shimcha manbalarini ishlatadi.
|
2.
|
Yahshi -–«4»
|
Konspekt mavzuning barcha bo‘limlarini aks ettiradi; mustaqil, mantiqiy ketma-ketlikda, ko‘rilayotgan savollarning asosiy maqsadi tizimli ravishda bayon etilgan. Jarayonlarning kimyoviy asosi ko‘rsatilishida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, biologik va tibbiy ahamiyatiga e’tibor berilgan. Konspektdagi ma’lumotlar o‘qituvchi bergan adabiyot bilan cheklangan.
|
3.
|
Qoniqarli –«3»
|
Konspekt mavzuning barcha bo‘limlarini aks ettirmagan; mustaqil yozilgan, ammo ko‘rilayotgan masalalar yoritilishida tizimlashtirilmagan. Jarayonlarning kimyoviy asosi ko‘rsatilishida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, biologik va tibbiy ahamiyatiga etibor berilmagan. Konspektdagi ma’lumotlar o‘qituvchi bergan adabiyot bilan cheklangan.
|
4.
|
Qoniqarsiz–«2»
|
Konspekt to‘liq emas, yozilishida ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, ko‘rilayotgan savollarni yoritilishi tizimlashtirilmagan. Jarayonlarning kimyoviy qismini bayon etishda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Biologik va tibbiy ahamiyati yoritilmagan.
|
1-b. Og‘zaki savol-javob natijalarini baholash:
№
|
Baho
(maks. baho –«5»
|
Talabaning bilim darajasi
|
1.
|
A’lo –«5»
|
- mavzuga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olish;
- mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etish, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri javob berish;
- tahlil qilish va xulosa chiqarish, ijodiy fikrlash, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashish;
- mavzuni tibbiyotga tadbiqini bilish, amaliy misollar bilan tasdiqlash.
- formulalar va reaksiyalarni xatosiz yozish.
- erkin tasavvurga ega bo‘lib, kerak bo‘lganda o‘qituvchi bilan o‘z fikrini almashish.
|
2.
|
Yahshi -–«4»
|
-mavzuga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olish;
-mavzu bo‘yicha o‘z fikrini etarli darajada bayon etish, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob berish;
- tahlil qilish va xulosa chiqarish, ijodiy fikrlash, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashish,
- mavzuni tibbiyotga tadbiqini bilish, amaliy misollar bilan tasdiqlash.
- formulalar va reaksiyalarni xatosiz yozish.
- berilgan uy vazifasi mavzusi bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘lish.
|
3.
|
Qoniqarli –«3»
|
-mavzu bo‘yicha o‘z fikrini bayon etish, qisman berilgan savollarga javob berish;
- auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashish,
- mavzuni tibbiyotga tadbiqini bilish.
- formulalar va reaksiyalarni yozishda kichik xatolarga yo‘l qo‘yish;
-berilgan uy vazifasi mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lish.
|
4.
|
Qoniqarsiz–«2»
|
-mavzu bo‘yicha o‘z fikrini bayon etolmaslik, berilgan savollarga javob berolmaslik;
- auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashmaslik;
- mavzuni tibbiyotga tadbiqini bilmaslik.
- formulalar va reaksiyalarni xatosiz yoza olmaslik;
-berilgan uy vazifasi mavzusi boyicha tasavvurga ega emaslik.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |