Ўзбекистон республикаси соfлиқни сақлаш



Download 39,15 Kb.
bet1/13
Sana31.12.2021
Hajmi39,15 Kb.
#198548
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

O’qituvchilarning ilg’or pedagogik tajribalarini to’plash va amaliyotda qo’llash


Reja




KIRISh.

ASOSIY QISM:



  1. Ilg’or pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir.

  2. Didaktika haqidagi bilimlarning ilg’or tajribalarni o’rganishdagi ahamiyati.

  3. Pedagogik faoliyatda ilg’or pedagogik tajribalarni ommalashtirish.

XULOSA.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI.




KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, har bir millat tarix va zamon voqyealarining faol ishtirokchisiga aylanar ekan, uning jahon sivilizasiyasi yoki mamlakatdagi maqyei va obro’ – e’tibori doimo shu millatning salohiyati- aqliy, ma’naviy potensialiga bog’liq bo’lib qoladi. Shuning uchun ham, mamlakat kelajagi uning ta’lim tizimining rivojlanganligi darajasi bilan belgilanadi.

Yaqinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, ―Barkamol avlod‖ Davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu dastur 2010- yilning ―Barkamol avlod yili‖ deb e’lon qilinganligi munosabati bilan yoshlarning manfaati va huquqlarini himoya qilish sohasidagi yetilgan muammolarni o’z vaqtida hal etish, uzluksiz ta’lim tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, real iqtisodiyotga va mamlakatning barcha hayot sohalarida ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlanadigan mutaxassis-larga bo’ladigan talabni ta’minlash maqsadini ko’zda tutadi. Mazkur qarorda aytilishicha, ―Barkamol avlod‖ Davlat dasturi ta’lim tizimini takomillashtirish bo’yicha juda ko’plab masalalar qatorida quyidagilarni nazarda tutiladi:



  • oliy ta’lim muassasalarida yoshlardan munosib ravishda foydalanish va jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishni kafolatlaydigan, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab qilingan yo’nalishlar va ixtisosliklar bo’yicha kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;

  • oliy o’quv muassasalaridagi ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tahlil qilish hamda yangilash; pedagog kadrlar tayyorlash; va qayta tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish.

―Tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va ohalaridagi mavjud talabga alohida e’tibor bergan holda, o’sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, davlat standartlari, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish‖, degan edi Prezidentimiz ―Barkamol avlod yili‖ Davlat dasturida. Darhaqiqat, bugungi kunda ta’lim tizimini takomillashtirish uchun pedagog kadrlarning imkoniyatlarini oshirishga katta talablar qo’yilyapti.

Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida ko’ngildagidek o’qitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bunday g’oyat murakkab va ko’p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bo’lgan o’qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta’kidlash lozim.

Pedagogik mahorat tug’ma talant yoki nasldan-naslga o’tuvchi xussiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o’qituvchining o’z ustida izlanishi, ijodiy mehnati davomida tashkil topadi va rivojlanadi.

Bu o’rinda ilg’or o’qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa o’qituvchi o’rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o’z faoliyatini ilg’or tajribalar bilan boyitishi zarur. O’qituvining pedagogik mahorati, asosan, sinfda, auditoriya mashg’ulotlarida yaqqol ko’rinadi. Chunki o’quv mashg’ulotlari o’zining mazmun va mohiyatiga ko’ra o’qituvchining o’quv yurtidagi asosiy ishidir. Shuning uchun u ilmiy-g’oyaviy jihatdan yetuk va ommabop bo’lishi, turmush bilan, o’quvchi yoki talabalarning tayyorgarlik darajasi bilan uzviy aloqador bo’lishi zarur. Ta’lim jarayonida o’qituvchi bilan talabalar o’rtasida o’zaro jonli til muloqoti, fikr almashuv munosabatlari, samimiy hurmat va asosiy maqsadga erishishda yaqin hamkorlik lozim. Mazmuni sayoz, amaliy tajribadan, turmushdan ajralib qolgan, umumiy so’z, quruq nasihatgo’ylikdan iborat bo’lgan, rasmiyat uchun yuzaki o’tkaziladigan dars (ma’ruza) va boshqa o’quv mashg’ulotlari o’quvchi talabalarni qiziqtirmaydi, ularni ilmiy, g’oyaviy jihatdan yetarli darajada oziqlantirmaydi. Shu sababli, darslarni shunday tashkil qilish kerakki, ularning ta’sirida talabalarda shu fanga nisbatan turli qarashlar, ilmiy tafakkur va e’tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi kerak.

Ta’lim va tarbiya jarayoni ta’sirchanligining yanada yuksak bo’lishi o’qituvchining ilmiy salohiyatiga, yoshlar oldidagi obro’siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy iste’dodiga, ta’lim sohasidagi tajriba va mahorati hamda o’quvchi yoki talabalar bilan o’rnatilgan do’stona munosabatiga bog’liqdir.

Zamon talablari professor-o’qituvchilarning o’zlarida mavjud bo’lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini qunt va sabot bilan o’rganib, mag’zini chaqib, undan keyin o’z talabalariga saboq berishlari zarurligini taqozo qiladi.

O’qituvchining kasbiy fazilatlari: o’z sohasining puxta bilimdoni bo’lish, hunar sirlarini sodda usulda o’rgata olish, hayotiy tajribalari asosida tarbiyalovchilik, shogirdlar ehtiyojlari va yutuq-kamchiliklarini idrok eta oluvchanlik, nutq madaniyatiga ega bo’lish, shaxsiy namuna bo’la olishlik va shu kabilar.

Shogirdlik odobi bo’yicha quyidagicha mezonlar qayd qilinadi: «Agar sendan shogirdik odobi nechta, deb so’rasalar, yettita degin», 1) avvalo: o’z ishiga yaxshi munosabatda bo’lish, ya’ni o’z kasbini sevish; 2) o’z ishiga e’tiqod qo’yish va unga ishonish; 3) ustoz oldida hokisor bo’lish, o’z nojo’ya odatlarini tark etish; 4) ko’rish (nojoyiz) lozim bo’lmagan hamma narsalardan nigohini olib qochish; 5) eshitish mumkin bo’lmagan barcha narsa larga quloq solmaslik; 6) barcha noloyiq ishlardan qo’l tortish; 7) ustoziga qarshi bo’lgan kishilar bilan muomala qilmaslik. Ana shu kesimlarda o’qituvchi va o’rganuvchi orasidagi dialektik munosabat to’laqonli amalga oshiriladi.

O’qituvchidan birinchi navbatda quyidagilar talab qilinadi:


  1. Jismoniy va aqliy salomatlik.

  2. Yuksak axloqiy va insoniy fazilatlar.

  3. Kuchli va keng qamrovli poyindor bilim.

  4. Metodik mukammallik va sayqallangan kasbiy mahorat.

  5. Nutq madaniyati, notiqlik san’ati va imlo savodxonligi.

  6. Mustaqil o’z ustida ishlash va malakasini oshirish va boshqalar.


Download 39,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish