Oila pedagogikasining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 48,6 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi48,6 Kb.
#760040
Bog'liq
2 5341429506370443282


Oila pedagogikasining predmeti,
maqsadi va vazifalari
Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatni o’rni
uni tarbiyadagi uzviyligj, uzluksizlik asosida amalga oshishi
bu yaxlit bir qonuniy jarayondir.
Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir
muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal
bajarishida xizmat qiladi, ta’lim-tarbiyaga doir bilimlar
mushtarak holda jamlab farzand tarbiyasiga doir tartib,
qoidalarni sinovdan o‘tkazuvchi va amalda tatbiq qiluvchi
ota-onaning faoliyatidir.
Oila pedagogikasining predmeti:
Oila pedagogikasi sari, o‘z ustida ishlashi, izlanishi tanlangan vosita usullarini qo‘llashi va natijasini ko‘ra bilishini
hamda tarbiyachilik san’atiga ega bo'lishi uchun o‘rgatuvchi
fandir.
Oila pedagogikasi quyidagilarga amal qiladilar:
• ta’lim-tarbiyaning zamonaviy talab darajasiga va tarbiya qonuniyatlariga amal qiladi;
• oilada beriladigan tarbiya mazmuni;
• oilada farzand tarbiyasida qo’llanadigan usul va vositalar;
• insoniyatni ma’naviy rivojlanishi bilan oilada farzand
tarbiyasining uyg'unligi;
• oilada farzand tarbiyasidagi mahorat va madaniyatiga
amal qilish
Oila pedagogikasining maqsadi
• oila tarbiyasiga doir muammolarning holati, qonuniyatlarini o‘rganishga qaratiladi.



Oila tarbiyasining vazifalari:
• oila tarbiyasiga doir bir butun muammolarni hal qilish;
• oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish va uning
davlatni ustuvor talablariga javob beradigan komil insonni
tarbiyalashdir;
• oila tarbiyasida milliy qadriyatlardan o‘rinli foydalanish, pedagogik qonun-qoidalarga rioya qilishdir;
• fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish;
• ilg‘or oilalardagi muvaffaqiyatli ish uslublarini o‘rganish;
• ota-onalarni pedagog mutaxassislar bilan hamkorlikgini o’rnatish kabilarni amalga oshirish;
• barkamol inson tarbiyasiga doir muammolarni hal qilish doimiy va hayotiy izlanishlarni talab etadi.
Oila pedagogikasini boshqa fanlar bilan aloqasi:
Oila pedagogikasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun oilada beriladigan tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga doir bilimga ega bo‘lmoq lozim.
Oila pedagogikasi umumiy pedagogikaning bir tizimi bo‘lib u umumiy pedagogikaning qonuniyatlari asosida yaratilgan.
Oila pedagogikasi quyidagi fanlar bilan aloqada o‘sib
ulg'aymoqda: oila pedagogika fani: falsafa, sotsiologiya, iqtisodiyot, anatomiya-fiziologiya, psixologiya-pedagogika,
ijtimoiy pedagogika, maxsus pedagogika, pedagogika tarixi,pedagogik mahorat kabilar.
Komil inson tarbiyasi juda ko’p qirrali va murakkab
bo‘lganligi sababli hamma fanlar unga ko'makdosh bo’ladi. Buyuk alloma Abu Nasr al-Forobiy «Talhizu Navomis»
(Aflotun qonuniyatlarini mohiyati) asarida inson kamolotini
falsafa fanining ta’sirida rivojlanishini shunday ko‘rsatgan
edi: «Yaxshi fazilatga ega bo‘lgan shahar aholisi eng baxtiyor
odamlar bo‘lishlari, qonunlarga ixtiyoriy bo‘ysunishini
ta’minlash uchun qonunlarni takomillashtirish, ulardagi
qoidalarni mustahkamlashdir»
Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari
Xalq donishmandlari oila muammosi va tarbiyasi haqjdagi qarashlari juda uzoq tarixiy ildizga egadir. Xalq og‘zaki
va yozma yodgorliklarida maqol, hikmat, ertak, aytishuvlarda oila, ota-ona, oilaviy barqarorlik o‘zaro munosabat masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ota-ona behad bo‘ladi xursand,
Farzand bo’lolsa munosib farzand!
Javhar Zamindar

Namozi bomdoddin keyin volidangni
Ziyorat qil va xizmatida bo‘l.
Rushtiy
Oila va undagi tarbiya usul, vosita va omillari ko‘proq
yozma pandnomalarda, Kaykovusni «Qobusnoma», «Saodatnoma», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»si,
«To‘ti shoxnoma», «Odobnoma» kabilarda oila muammosigadoir masalalar ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Mutafakkir va ma’rifatparvarlari ijodiy faoliyatida oila
muammosi asosiy o‘rin egallagan. Buning sababi bo‘lajak oila pcdagogikasi fanini mazmundorligini ta’minlovchi badiiy
adabiyot, san’at asarlari, milliy meros va umumiy insoniy
qadriyatlardir.
Oila tarbiyasidagi bolalar hayotini to‘g‘ri uyushtirish,
ularni vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-onalar o’z farzandlariga uqtirishlari lozim.
Oila tarbiyasi masalalari bo'yicha maxsus Abu Ali Ibn Sino
«Tadbir al-manozil» nomli asarini yozgan.Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila munosabatlariga to’xta!ar ekan, ayniqsa, ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o'rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalariga keng o‘rin berilgan. Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, so‘z madaniyatida, o‘zaro muomala
jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va
haqqoniylik, samimiylikka namuna bo’lmog'i kerak. Oilada
farzand tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy vositasi
uning ma’naviy olamida e'tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim. .
Yusuf Xos Hojib «Qudatg'u bilig» asarida oilaviy maishiy
turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi.U kishilarni uylanib, oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning m oddiy ta'minotini yuritishgacha bo'lgan eng zaruriy vazifalarini birma-bir bayon etadi.Ota-onalar nazoratida bo’lgan bolaning mas’uliyat hissi rivoj topadi.Shu sababliham bola tarbiyasida ota-onaning mavqeyi alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir.Jamiyatda farzandlari
hulq-atvoriga qarab ota-onalariga baho berishni aytib ularni
ogohlantiradi.
Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning bilim olishiga
bo‘lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rin egallaydi. Shunday ekan, avvalam bor, bola tarbiyasida oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkor. Unsurul maoniy Kaykovus «Qobusnoma» pandnomasida o‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening
haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona
mevali daraxtga o‘xshaydir» deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga e’zozlashga, mehr-oqibatli bo‘lishga da’vat etadi. Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o‘limga ham tayyorligini ta’kidlaydi.Har bir farzand oqil va dono bo‘lsa, ota-ona mehr-muhabbatini ado etmak din bosh tortmaydi.
Oila pcdagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlar:
Ilmiy tadqiqot metodlari ko'proq oilaviy muammolarni
hal qilish maqsadida tadqiqotchilar tomonidan olib boriladi.
Oilaviy muammolarni o‘rganish dastlab manbalarga murojaat
etiladi, shu jihatdan dastlabki metod.
Adabiyotlarni o‘rganish metodi.Oila pedagogikasiga doir
adabiyotlarni o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma'rifatparvar
pedagogik olimlarning asarlari, 0‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviyatiga doir adabiyotlar, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari risola va maqolalar, pedagogik, psixologik, badiiy va ommaviy adabiyotlarni o‘rganish.
Kuzatish metodi.Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan
keyin boshlanadi. Kuzatishda ota-ona biror maqsadni ko‘zda
tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi
tuziladi.Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi.
Kuzatish muddatiga ko’ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq
muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish obyektning kundalik
faoliyatidagi o'zgarishlardan ma’lum xulosaga kelish. Uzoq
muddatli kuzatish-qo'yilgan maqsad, reja va dastur asosida
olib borilib, ma’lum ilmiy. yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishning yakunini qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, tclevideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan to’g‘ri foydalanish o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.
Suhbat metodi.Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki
hodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum mas’ul
shaxslar bilan og‘zaki savollar berilib, ulardan axborot olish
jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida mantiqan, mazmunli,
tartibli, aniq ifodasiga ega bo'lishi lozim va uni to‘gri yoki
noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat
metodi jarayonida intervyu ham olish mumkin. 0‘rinli,
mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit
lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblarni
ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb
ataladi. Anketalar ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga,
berilgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq
bo‘ladi. Odatda, anketalar anketa ma’lumotlarini EXM da
qo’llab matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon
beradigan qilib tuziladi. Hujjatlarning yetarli darajada aniqlik
bilan shunday tahlil qilinishi aniq pedagogik jamoalarning
real faoliyatidagi sababli bog’lanishlari va bog’liqliklarini
aniqlashga yordam beradi.
Pedagogik cksperiment.Har qanday ilmiy-pedagogik
tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida
ilmiy gipotezalarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika
tizimlarining ayrim elementlari o'rtasidagi bog‘liqlik va
munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya
cksperimenti pedagogik eksperiment asosiy turlari hisoblanib,
ular ko'pgina turlarga bo’linadi. Tabiiy eksperiment sharoitida yangi o‘quv rejalari, dasturlar darsliklar va hokazolar
odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik
eksperiment—bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning o‘tish sharoitlarini muntazam o'zgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etilgan bo’ladi.
Pcdagogik jarayon aniqroq o‘rganish uchun eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi.U pcdagogik jarayoniga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pcdagogik eksperiment dastlabki ma’lumotlarini, aniq sharoitlarni va o‘qitish usullarini yoki tadqiq
qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishini talab etadi. Laboratoriya pedagogik eksperiment ilmiy taqiqotning qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik konteksdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalari aniq tekshirib borishgava o ‘zgaruvchan kattaliklar o‘rnini almashtirishga imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. Quyidagilar
pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperimentni rejalashtirish, eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharhlash. Rejalashtirish eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasi ta’sir etuvchi omillar va ular
darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni,
eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va
o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib
borilishi kerak. Sharhlash bosqichida ma’lumotlar yig‘iladi
va qayta ishlanadi.
Eksperiment o'tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak, ya’ni:
1) tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal bo‘lishi;
2) tadqiqot metodlarini ishonchliligi;
3) farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga
olish.
Turli metodlarning samaradorligini va sifatini oshirishga
imkon beradi. Bunga matematika metodlarining hamda
hisoblash-yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarning pedagogikaga kirib kelishiga ham yordamlashadi.
Odatda, o’rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana,
dispersiya, tanlab olinadigan to‘plam majmuining o‘rtacha
kvadratik chetga chiqishi, o‘rtacha olingan qiymat xatosi belgilarni tuzatish koeffitsiyentlari hisoblab chiqiladi.Ilmiy
tadqiqot natijalarini amalda qo’llanishi.Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo‘llashdir.
Bolalarni oilada ijodiy qobiliyatini o‘rganish metodi oilada bolalarni ijodini hamda ularni turli-tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotnjng samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bolalar aqliy qobiliyatlari oliyjanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari vaqiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Ta’lim qonunida vamilliy dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib
berishga qaratilgan.
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi -
pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma’lumotlarini ma’lum
bir maqsad bilan sistemali o‘rganish mustaqil 0‘zbekistonda
Fan madaniyat, ta’lim—tarbiyani taraqqiy etishga salmoqli
hissa qo’shadi.
Anketalar metodi—oila a’zolariva bolalarni so‘rash
usuli bo‘lib, u oila jamoasining ma’lumotlari to‘g‘risidagi
kerakli ma’lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va
qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yo'llashni belgilash
uchun maxsus formada ishlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada
ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollari bo’lib, ularni
javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i lozim.
Chet elda oila pedagogikasi fanining
rivojlanishi tarixidan
Qadimgi Yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasi haqidagi qarashlari
Tarixiy taraqqiyotining keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tizimi o’rnini yangi ijtimoiy formatsiya qo’ldorlik tizimi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo’ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa Yunoniston (Gretsiya) xalqlari bu madaniyatni ma’lum darajada qabul qilib, uni qaytadan rivojlantirdi va butun jahon madaniyatga, maorifiga o’zining katta hissasini qo’shdi. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar jahon madaniyatiga turlicha hissa qo’shganlar.Masalan, Xitoyda birinchi qog’oz ixtiro qilingan.Hindistonda hisoblashning o’nlik sistemasi kashf etilgan. Mesopatamiyada esa yer kurrasini graduslarga, sutkani soatlarga, minutlar va daqiqalarga bo’lish uylab topilgan. Eramiz boshlanishidan oldin Markaziy Osiyoningg janubiy chekkasiga yaqin bo’lgan joyda O’rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo’li qurilgan.So’ngra Markaziy Osiyo Xitoydan O’rta dengizga tomon {Buyuk ipak yo’li} ochilgan.Natijada Markaziy Osiyo xalqaro savdo-sotiq markazi bo’lib qolgan.Bu esa o’z navbatida Markaziy Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan. Ayniqsa, qadimgi Yunonistonda madaniyat, tarbiya, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa qadimiy Sharq mamlakatlariga nisbatan juda erta rivojlangan. Yunoniston unchalik katta bo’lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan iborat mamlakat bo’lgan. Uning eng katta shaharlaridan lakoniya (paytaxti Sparta) va Atttika (poytaxti Afina) ayniqsa madaniyat markazi bo’lishi bilan o’ta mo’tabar edi. Bu shaharning har qaysisida tarbiyaning boshqa mamlakatlaridann farqli aloqida tizimi vujudga keldi. Bu tarbiya tizimi shaharlar nomi bilan yuritilib {Sparta} va {Afina} usulidagi tarbiya deb yuritiladigan bo’ldi. Har ikkala bu shaharning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotidagi ba’zi bir xususiyat madaniyat darajasi turlicha bo’lganligi tufayli har ikki tizim bir-biridann farq qilar edi. Tarbiya ishlari esa davlat ixtiyorida bo’lib uniing asosiy maqsadi spartaklilarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat bo’lishi bilan birga bo’lajak quldorlarni ham tarbiyalashni nazarda tutar edi. Spartakllarning bolalari u yoshgacha uyda yashar, keyin {agella} deb ataluvchi alohida davlat tomonidan tashkil etilgan tarbiya muassasasiga joylashtirilar va 15 yoshga etguncha ularga ana shu muassasalarda ta’lim-tarbiya berilardi. Bu muassasalarning rahbarlarii davlat tomonidan obro’li, taniqli kishilardan tayinlanardi.Bunday kishilar {pedonom} deb atalib, butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilardi.Ayniqsa, o’smirlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilardi.Ular jismoniy sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka chidashga, og’riqqa bardosh berishga ham o’rgatilib borilardi.Ta’lim jarayoninng asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallardi. Bu bilan yosh spartaklilarni yugurishdan, sakrashdan, disk va nayza ota bilishidan, kurashish va qo’l jangi usullaridan saboq berilardi. Shunigdek, harbiy tusdagi maxsus o’yinlar ham o’rgatilardi.Spartakning kelajak vorislarii jismoniy baquvvat, hech narsadan qo’rqmaydigan, botir jangchi, o’z xalqini har qanday ofatdan himoya qila oladigan bo’lib yetishardi.Qadimgi Gretsiyadagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o’ziga xos ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirishgina emas, balki ma’naviy tomondan ham barkamol bo’lishi nazarda tutiladi. Unda asosan bolalarga musiqa va ashula va diniy raqslar ham o’rgatilgan. Bu mashg’ulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo’lgan. Qadimgi grek tarixchisi, faylasuf olimi Pulutarx Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib shunday deydi, {O’qish va yozish bolalarga faqat ularning eng zarurli o’rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad hech so’zsiz itoat qildirishi, chidamli bo’lishini va yengish ilimini o’rgatishni ko’zda tutadi}. Spartada olib borilgan ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensinmaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar {Kreptiyalar} da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirilgan edi, bunday mashqlar yosh spartaklilar otryadlari shaharning biror mahallasining yoki shahar tashqarisini qurshab olib, shubhali bo’lib ko’ringan har qanday illatni (qulni) o’ldirardi.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o’tkazib, shu yo’l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Bu suhbatlarning asosiy mazmuni vatan dushmanlari bilan kurashib ota-bobalarining ko’rsatgan mardligi va jasurligi qahramonlar haqida gapirib berishdan iborat edi. Bu bilan ular yunonlarda o’z vataniga va ota-bobolariga hamda uning merosiga katta hurmat hissini tarbiyalashgan. Shuningdek, bolalarni soval-javob jarayonida aniq qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilgan. Sparta ta’lim-tarbiya tizimida bola 9-10 yoshga yetgandan keyin maxsus {efeblar} guruhida o’tkazilgan va harbiy xizmatni o’taganlar. Sparta qizlar tarbiyasiga harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirilib borilgan. Bundan maqsad erkaklar qullar qo’zg’olonini bostirmoq uchun urushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy-joyni qo’riqlash maqsadida qurollanib qo’riqshilik vazifasini o’tar, qullarni esa itoatda saqlanishini ta’minlar edilar. Afinadagi eng ko’rkam va barkamol inson deb ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan etuk kishinii o’zlarining {ideal} i deb hisoblar edi. Tarbiya jarayonida aqliy, estetiik va jismoniy tarbiya uyg’unlashgan holda olib borilardi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, bu ideal faqatgina qullarning qismati deb hisoblanadi. Ammo tabaqalanish natijasida quldorlik jamiyatining o’zida ancha kambag’al, ya’ni erkin oiladan tug’ilgan va qulliqdan ozod etilgan kishilarning kattagina guruhi ajralib chiqdi, ular hunarmandchilik bilan chug’ullanar edilar.Afinada bolalar 6 yoshgacha uyda tarbiyalanar edilar.O’g’il bolalar 6 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko’magida uy-ro’zg’or ishlariga o’rgatilar edi.
Sokrat o’zining demokratik ijtimoiy chiqishiga qaramay, konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu uning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad, tabiatni o’rganish bo’lmay, balki kishining bilib olishi, axloqni kamol toptirish bo’lmog’i lozim. Ham faylasuf ham notiq Sokrat keng maydonlarda, jamoat oldida so’zlarga chiqib axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarning savol-javob yo’li bilan diqqatini o’zlari uylab topishiga shu yo’l bilan odamlarning haqiqatni izlashga o’rgatardi.Suhbatning bu usuli o’sha paytda {Sokrat usuli} deb ataldi.
Qadimgi Gretsiyaning faylasuflaridan Platonidealist faylasuf Sokratning shogirdi, ob’ektiv idealizm nazariyasining asoschisi edi.U {g’oyalar dunyosi} birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosi ikkilamchi deb hisoblanadi.
Tarbiya,-deydi Platon,-davlat tomonidan tashkil etilmog’i va hukmron guruhlarning faylasuflar va jangchilarning manfa’tlarini ko’zlamog’i lozim. Platon o’zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi. Platon fikricha, bolalar davlat tomonidan ta’minlab qo’yilgan.Ateizm nazariyasini yaratgan atoqli faylasuf materialist Demokritning qarashlari qadimgi yunon faylasuvining cho’qqisidir.
Demokrit o’z asarida yuqorida nomlari qayd etilgan mutaffakkirr faylasuflar kabi tarbiya masalalariga ko’p e’tibor beradi.Demokrit {ta’lim mehnat asosidagi go’zal narsalarni hosil qiladi} deb tarbiya ichida mehnatning roli juda katta ekanligini ta’kidladi.U doimo mehnat qilib turishni talab qildi, mehnatga odatlana borgan sari, mehnat yengil bo’lib boradi, deydi. U yomon o’rnakdan ixtiyot bo’lishi kerak deb ta’kidlaydi va yaxshi xulq hosil qilishda mashqning ahamiyati katta, deb hisoblaydi. Demokrit quldorlik negizlarga nisbatan tanqidiy qarashni vujudga keltirdi, tabiatni chinakam bilishga tarbiyani qayta qurishga chaqirdi.Demokrit barcha tabiyiy jarayonlarga, jumladan insonning axloqiy munosabatlarigga ham xudolarning aralashuvini inkor etib, kishi xulqining real, bu dunyodagi asosini topishga urinadi.Demokrit axloqni odamning o’z tabiatidan kelib chiiqib chiqib asoslashga harakat qiladi. U axloqning ikkiyuzlama yasama va haqiqiyga bo’linishiga qarshi chiqadi, shaxsning faqat muloxazakorlik va aql rahnomaligida mumkin bo’ladigan axloqiy kamolati uchun jonbozlik ko’rsatadi. To’g’rirog’ini bilmaslik xatoga olib keladi, degan edi u. Aql to’g’ri hatti-harakatlarga yo’naltirilmog’i lozim, bu esa bilimlarning doimo mukammallashtirib borish haqida g’amxo’rlik, tabiat qonunlari va odam xulqimni o’rganish zarur demakdir, degan edi Demokrit.
Yeyropa uyg’onish davri mutafakkirlari asarlarida oila tarbiyasining aks etishi
G’arbiy Evropa mamlakatlarida quldorlik jamiyatining o’rnini olgan feodalizm X asrda paydo bo’lib, to XVI arlargacha davom etdi.O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada xotin-qizlar, ayniqsa mehnatkashlarning xotin-qizlari deyarli savodsiz edi. Mulkdor feodal va aslzoda tabaqalariga mansub oilalarda tug’ilgan qiz bolalar odatda xotin-qizlar monastrlari ichida yoki maxsus murabbiylar va oilaga berkitilgan ruxoniylar qo’l ostidagi uylarda tarbiya oladilar.
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ritsar tarbiyasi XII asrga kelib to’la tarkib topdi va rivojlandi. Ritsar tarbiyasining mazmuni {ritsarlarga oid yettitta fazilat} dan toshkil topdi. Bu fazilatlar quyidagilardan iborat, ot minib yurishni bilish, qilichbozlikni bilish, nayzabozlikni bilish, suza bilish, ov qilib bilish, shashka o’ynashni bilish, she’r to’qish va qo’shiq ayta bilish. Bu fazilatlardan birinchi o’rinda turgan uchtasi ritsarga berilmog’i zarur bo’lgan, harbiy tarbiyaga taalluqlidir. Ritsar: otlik askar, qilich va nayza esa o’sha zamon jangchisining asosiy quroli edi. Suzish va ov qilishni bilish jismoniy chiniqish, chaqqonlik va bardoshlilikni o’stirish uchun talab qilinardi. Bundan tashqari ov qilish tekinxo’r feodalning bekorchi vaqtini band qilish shuningdek o’zining qayerdaligini aniqlay bilish (orientatsiya qobiliyati), topqirlik, xushyorlik, dushmanning iziini topish va shu kabi sifatlarni o’stirish vositasi hisoblanardi. Shashka va shaxmat o’yini, bir tomandan, bekorchi vaqtni band qilish, ya’ni hujum va mudofaa planini tuza bilish qobiliyatini o’stirish vositalaridan hisoblanardi. Shahar maktablarining vujudga kelishi G’arbiy Yevropada XII-XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlarning o’sishiga va shahar madaniyatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va ulardagi ta’lim tizimi. Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada , Angliyada, Frantsiyada tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarining mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporatsiyasi) dan iborat edi. Cherkov esa universitetni tamomlagan talabalarga ilmiy daraja va o’qituvchilik huquqini berishini o’z ixtiiyoriga oldi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o’quv muassasiga aylanib qoldi.XIV-XV asrlarga kelib universitetlar Yevropa mamlakatlarining hammasida ochilgan edi. Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. XII-XIII asrda bir qancha G’arbiy Yevropa mamlakatlarida oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlari sifatida universitetlariningg vujudga kelishiga o’sha vaqtlarda ko’p yevropaliklarningarab madaniyati (xususan meditsina va falsafa) bilan tanishuvi katta ta’sir ko’rsatadi. Bu madaniyat bilan tanishishga Yevropa feodallarining XI asr oxirida Sharqdagi arab musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan harbiy harakatlari sabab bo’ldi. O’sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ma’rifat Yevropadagi madaniyatgaa nisbatan ko’p jihatdan hiyla taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlari Evropa universitetlari uchun ma’lum darajada na’muna bo’ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlariida falsafa, matematika astronomiya, meditsina fanlari o’qitilar edi. Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan ko’p talabalar Kordovada o’qib, oliy ma’lumot olardilar.
Yan Amos Komenskiy oilada tarbiyaning o’rni haqida
Yan Amos Komenskiy buyuk chex pedagogii. Ya.A.Komenskiy {Men usha vaqtdayoq tarbiya masalasida mamlakatimni orqada ekanligini kurdim. Men o’sha davrdayoq fan va tarbiya hammaga tegishli bo’lishi kerakligiini o’yladim}-degan edi Komenskiy. {Buyuk didaktika} asarida {fan, sofiya ideyasini} (fan-grekcha-butun, hamma, sofiya-donolik, aqllilik) hamma narsani bilish, hamma uchun bilim berish demakdir.Komenskiy dunyoga tanilgandan so’ng hamma mamlakatlar uni taklif eta boshlaydilar. Shvetsiyada lotin tili darsligini va til o’qitish metodikasini tuzadi. Komenskiy chex qardoshlari jamoasiga episkop qilib tayinlangach, Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgan so’ng u yana o’qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengeriyada maktablarni boshg’aradi {Vidimiy mir v kartinkax} degan asar yozib o’qish ishlarini rasmlar bilan olib borishshshni ilgari suradi.Bunda yoshlarning xulq qoidasi {Yaxshi tashkil topgan maktablarning qonuni} degan bir qancha pedagogik foydali ishlari berilgan.
Komenskiyning dunyoqarashi.Komenskiy o’qitish jarayoniga shu pozitsiyadan qaraydi.Bilish sezishdan boshlanadi.Sezish bo’lmagan yerda bilish ham yo’q. Odamlarga nisbatan muhabbat, xushchaqchaqlik, odamlarining yaxshilik yaratishiga ishonch bilan qarashsh, bularning hammasi o’rta asr odamiga nisbatan ishonchsizlik bilan qarashga qarama-qarshidir. Komenskiy tarbiyachi boladagi iste’dodni o’stirishi kerak.Agar bola peadagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o’sadi.Kishi dunyoga kelganda kishiga xos iste’dodga ega bo’ladi.Xuddi olmadagi urug’ga o’xshab ba’zida ko’proq, ba’zida kamroq bo’ladi.Umumta’lim g’oyasi. Komenskiyning yana bir qimmatli tomoni o’quvchilar bilim olish tushunchasiga ega. Oynani qanchalik chang bosgan bo’lsa ham, baribir kishi o’z aksini ko’rishi mumkin, albatta, toza oyna kishi aksini toza ko’rsatadi.O’qituvchining vazifasi oynadagii changni artib tashlash, ya’ni bilimni bola ongiga yetkazish, uni aqliy tomondan o’stirishdir, degan edi.Komenskiy o’z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko’rsatadi.Tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iboratdir.Buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin.1. Aqliy tarbiya 2. Axloqiy tarbiya 3.Diniy tarbiya.Bu maqsad bolaning tug’ilganidan amalga oshadi, Komenskiyning bolani yosh davrlarga bo’lishi.Bunda u tabiiiylik printsipiga amal qilib, bola yoshini davrlarga bo’ladi.Bu davrda bolaning sezish organlarini o’stirishga, bolaning qabul qilishini, atrofdagi dunyo bilan tanishtirishga katta ahamiyat beradi.Bolani mehnatga o’rgatish, o’z-o’ziga xizmat qilishga jalb etish kerak. Ona bolada axloqiy tarbiyaningg asoslarini, to’g’rilik, haqqoniylik, quloq solish, mehnatni sevish va boshqalarni vujudga keltiiradi. Ona maktabi bog’cha yoshidagi bola tarbiyasini ko’zda tutadi.Bunda o’quvchi esda saqlashi, so’zlashga o’rganishi, yozish, boshlang’ich maktab ko’nikmasini hosil qilishi kerak bo’lib, buning uchun geometriya, geografiya, tibbiyot fanlarini o’rganishi lozim.Bu o’quv yurtiningg vazifasi bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatiini o’stirishdan iborat bo’lib, unda klassik tillar, tibbiyot bilimlari, axloq, xudogo’ylik o’qitilishi kerak. Izchillik printsipida kun, oy, yilga vazifa quyish va uni amalga oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi. Bunda a) aniq vaqtni belgilash, b) o’qishnig bola yoshiga mos bo’lishi, v) material izchillik bilan o’rganilishi, ya’ni bugungi material ertangi bilan bog’lanishi va keyingi o’tiladigan materialga yo’l ochish kerak.
Sinf-dars tizimi.Komenskiy o’qituvchi butun sinf bilan jamoa bo’lib ish olib borishini, ya’ni o’qitishni olib borishni tavsiya etdi.Dars vaqtida o’tgan darsni qaytarish, yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish kerakligini ko’rsatadi. Darsni rejalashtirish va olib borish to’g’risida ko’rsatmalar berdi.
Axloqiy tarbiya. U quyidagilarnii axloqiy tarbiya vositalari deb biladi
a) ota-ona, o’qituvchi, o’rtoqlarning namunasi, B) bolalarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ular bilan suhbat o’tkazish, V) bolalarni yaxshi xulqqqa o’rgatishda mashqlar o’tkazish, yalqovlik, o’ylamay ish qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish. Komenskiy intizomning katta ahamiyati borligiini ko’rsatib {Intizomsiz maktab suvsiz tegirmondir} degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr maktablarida kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga u qarshi chiqadi. Kaltak, xipchin-qulliq qurolidir, deydi.Bolalarga insoniy muomalada bo’lishini aytdi. Intizom a) xayrixohligi, b) o’qituvchining bolaga bo’lgan to’g’ri munosabati, v) bolani ko’pchilik oldida o’rtoqlari ichida oqilana maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib keladi. O’qituvchining roli va unga qo’yiladigan talablar..Komenskiy o’z davridagi iste’dodsiz, ma’lumotsiz o’qituvchilarni qattiq tanqid etdi.O’qituvchilikni {yer yuzidagii har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb} deb hisobladi.Shunday qilib, ajoyib slavyan pedagogi Komenskiiy butun dunyoda pedagogika ilmiga asos solib maktab taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi.Uni ko’p G’arbiy mamlakatlari maktab ishini yaxshilash maqsadida taklif etdilar.Uning darsliklari ko’p tillarga, jumladan rus tiliga tarjima etildi.Ko’p yillar davomida uning yozgan asarlari boshlang’ich ta’lim uchun darslik sifatida xizmat qildi.Komenskiyning ko’rgazmalari hozirgacha ahamiyatini yo’qotgani yo’q.

Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari


Rus pedagogikasining asoschisi K.D.Ushinskiy xalqni har tomonlama tarbiyalash uchun o’zining umuminsoniy tarbiya g’oyasini olg’a surdi.U ,,Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi’’ nomli asarida ta’kidlashicha oila bolalar organizmida ota-onalar xarakterining takrorlanishi va rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. K.D.Ushinskiy chet el maktablairida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyani o’rganib, o’zining ,,Boshlangich ta’lim metodikasi’’ asarini yozdi. Unda boshlang’ich maktabdagi ta’limmazmunini asoslab berish bilan birga uning qoida, qonun, tartib, metod va vositalarini ishlab chiqarish didaktika faniga katta hissa qo’shdi. U eng avval o’qitishni bolalar mehnati bilan bog’lashni tavsiya qildi. Uning fikricha har bir fanni o’qitishda tarbiyalanuvchining hissasiga tutadigan mehnat uning yoshi va kuchiga loyiq bo’lib, aqliy mehnatdan dam olish uchun jismoniy mehnat bilan shug’ullanish zarurligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning xalqchilligi haqidagi g’oya Ushinskiyning pedagogik nazariyasidagi eng asosiy g’oyadir. U ta’lim-tarbiya ishlarida tarbiya asosiy va hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini, tarbiyaning ta’limni ham o’ziga bo’ysundirishini, lekin uning o’ziga xos mohiyatini yo’qqa chiqarmasligini ta’kidlaydi. Ushinskiy o’qitish jarayonida ta’limning ko’rgazmalilik, onglilik, puxtalilik, bolalar kuchiga mosligi va izchilligi printsiplarini foydalandi. Umuman K.Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi g’oyasini tarbiya nazariyasiga asos qilib oldi, boshlang’ich ta’lim asoslarini va metodikasini ishlab chiqdi, bu uning pedagogikani rivojlantirishdagi katta xizmatlaridandir. Rus xalqining ulug’ yozuvchisi, olimi, sharqshunos, pedagog va tanqidchi LEV NIKOLAEVICh TOLSTOY Tolstoy o’zining didaktik qarashlari va darslik kitoblariga qo’ygan talablariga asoslanib, ,,O’qish kitobini’’ yo’zdi. Keyinchalik u kitob ikki marta qayta ishlanib, ,,Yangi o’qish kitobi’’ nomi bilan nashr etildi. Tolstoy ,,O’qish kitobi’’ va arifmetika darsligini ham yozgan. Yuksak badiiylik, ifodalik, qisqalik, soddalik va materialning bolalarga tushunarliligi va jozibaliligi muhim belgilardan biridir. O’sha davr olimlari tarbiya bolaning shaxsiga zulm qilishdan iborat, shuning uchun tarbiyada xatoga yo’l qo’yish kerak emas, faqat kattalarning bolaga bilim berishlarigina kifoya qiladi, degandi.Bu fikrning xatoligini keyinchalik Tolstoyning o’zi ham pedagogik faoliyati ham isbotladi.Haqiqatda, Tolstoy umuman tarbiyaga qarshi bo’lmay, balki o’sha davrdagi maktablarda olib boriladigan tarbiyaga qarshi edi.Tolstoy maktablar uchun.Uning fanlarni o’qitish haqidagi qarama-qarshi fikri fanni o’qitish kerak, ammo ularning hajmi va ularni o’qitish uchun ajratilgan vaqt o’quvchilarga bog’liq bo’lishi kerak degan edi. U ta’limning onglilik, puxta o’zlashtirish, ko’rgazmalilik, hayot bilan bog’liqligi printsiplarini qayd qilgan va amaliyotda qo’llagan. Tolstoy o’qituvchi arifmetika, grammatika va imloni yuzaki, mexanik ravishda o’rgatish bilan cheklanadigan maktabni quruq, befoyda narsa deb hisoblagan. U ta’lim bilan tarbiya ajralmas bir narsadir-deb uqtirgan.Tolstoy fikrisha, o’qituvchi o’quvchilar miyasini ko’p charchatmasligi, har bir darsni o’zlashtirish o’quvchining qo’lidan keladigan bo’lishi kerak. Umuman Tolstoy didaktik fikrlarida ayrim ziddiyatlar mavjud bo’lsada o’qituvchilar va o’zidan keyingi avlodlar uchun didaktik qoidalarga asoslangan darsliklar va metodik qo’llanmalarni meros qoldirdi. ANTON SSEMYONOVICh MAKARENKO Kommunada mehnat tarbiyasining yangi metodlarini foydalandi.A.S.makarenko ,,Pedagogik poema’’ sini oila tarbiyasi masalalari yoritilgan badiiy pedagogik asar {Ota-onalar kitobiini} nashr ettirdi. Makarenko pedagogik faoliyatida tarbiyasi buzilgan insonni qayta tarbiyalash g’oyasini nazariya vaamaliy jihatdan asoslab berdi. ,,Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi bir xulosalar’’ asarida jamoalarning tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirishda tarbiyachi, o’qituvchi hamda bolalar jamoasini bir-birlariga yaqinlashtirish, o’qituvchilar va bolalar jamoalari bitta jamoa, yoki ta’lim-tarbiya jamoasi bo’lishi zarurligini alohida ta’kidladi. U kommunadagi bolalarni hayron qoladigan darajada ijodkor, talabchang, intizomli qilib yetishdirdi.Makarenkoning ta’limoticha bunga buyruq berish bilan erishib bo’lmaydi.
A.S.Makarenko tashkil qilgan kommuna va koloniyalarda bolalarnii mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning birdan-bir omili bolalar jamoasi ekanligini isbotladi. A.S.Makarenko barkamol insonni tarbiyalashda oila va uning tutgan o’rniga alohida e’tibor berib {Ota-onalarga bolalar tarbiyasi haqida leksiyalar} asarini yaratgan. U yoshlarga murojat qilib ,,otangni ham onangni ham izzat-hurmat qil, rohat ko’rasang va er yuzida umring uzoq bo’ladi’’ degan. Umuman A.S.Makarenko pedagogika fani taraqqiiyotida o’zining qimmatli mehnati bilan qayta tarbiyalash nazariyasini yaratib, g’oyat katta hissa qo’shdi.
Ma’rifatparvar mutafakkirlarning oila tarbiyasiga oid qarashlari
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy
tarbiya haqidagi qarashlari islom mafkurasi va uning qobigkida shakllangan. Sharq mutafakkirlari ijodida aks etgan
umuminsoniy g‘oyalar islom ma’naviyat bilan ham ohangdir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada
farzand tarbiyasi masalalariga katta e'tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Koshg‘ariy,
Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz
Koshifiy kabi mutafakkirlaming qator asarlarida bolalarni
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o‘rtaga qo‘yilgan va
ulami hal etish yo‘llari ko‘rsatib bcrilgan.
Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning aytishicha,
«Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi:
birinchisi jism oniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot
sababli». Shunga ko‘ra ulam iuzviy birlikda olib qarash
tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. U ning quyidagi
so‘zlari anchayin ibratlidir: «Zamondan yaxshiroq ta’lim
beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan
o‘quvchini ko‘rmadim ». Uning bu so‘zlaridan bir tomondan
ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirini
anglasak, ikkinchi tom ondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.
Abu Rayxon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini,
umuman axloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan
bog’lamaydi. Inson tabiati esa, avval, oilada shakllanadi.
Shunga ko‘ra bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunali
benihoya kattadir. Masalan, u ayollarga nasihat qilib, Abdulla
ibn Jafar tilidan shunday deb yozadi: «Rashkdan saqlangin.
U taloqning kalitidir.Eringga tez-tez tanbeh qilishni senga
taqiqlayman.Chunki tanbeh nafrat uyg‘otadi.0‘zingni bezab
yurgin.Buning uchun yaxshi vosita surmadir.Yana xushbo‘y
atirlardan foydalangin.Ularming ichida eng yaxshisi suvdir».
Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga taalluqlidir.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o‘rtaga
tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan, u
yerda ma’naviy poklik ham bo’madi. Bu fikri-tanani toza
tutish bilangina cheklab bo‘lmaydi, balki ko‘p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning
qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi
pokligini bir butunligi to‘g‘risidagi g‘oya bilan bog‘liqdir. Bu
narsa bola tarbiyasi jismoniy sog‘lomlik bilan ma’naviyaxloqiy boylik o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik haqidagi bugungi
kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy ota-onalarga qarata
bolaning mo‘tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan
bolani qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish va hafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va
foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning
bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi.
Mutafakkir bola-xulq atvorining mo‘tadilligi natijasida tan
va ruh sog‘lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi.
Beruniy bola tarbiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta’sirini
birdek muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi. Beruniy
axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan
holda yondoshadi. Axloqiylik yaxshilik va yom onlik o ‘rtasidagi kurash natijasida namoyon bo’adi va shakllanadi.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o‘rin egallaydi. U o‘zining
qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi haqida,
eng muhimi bola ruhiyatini o‘rganish borasida ko‘plab
qimmatbaho fikilarni yozadi. Ularnning hammasi bir butun
bo‘lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va
uma’naviy-axloqiy barkamol insonni shakllantirish haqidagi
g‘oyaga borib taqaladi. Ibn Sinoning «Tadbiri al-manozil»
nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalalariga bag‘ishlangandir.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik
bo‘lib, uni bolaning yoshligidan boshlab va izchillik bilan
olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy
ahamiyati haqida to‘xtalib, «Alla» ikki vazifani bajaradi,
deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom
bag‘ishlanadi; ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan
onaning mehri jo‘sh uradi, bolasiga bo’igan muhabbatidan
onaning orzu umidi yurak to‘ridan silqib chiqadi. Bu o‘ziga
xos qo ‘shiq bolasi uchun qasidadek yangraydi va u faizandining murg‘ak qalbiga singib boradi. Shu tarzda bolada o‘zi
ham anglolmagan holat paydo bo‘ladi. U asta-sekin bu
yorug‘ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan
o‘rganish boshlanadi.Xuddi shu o‘rganish tarbiyalanishdir.
Zotan o‘rganish sezishdan kelib chiqadi.Ibn Sino ana shu
holatga e’tiborini qaratib, «Yosh bolaning sezgirlik quvvati
katta odamga teng keladi», degan fikrni bildiradi.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig‘i otaning roliga
alohida e’tibor beradi. «Agar oilada — deydi u, oila boshlig‘i
tajribasizlik, no‘noqlik qilsa u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay
olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib chiqishi
mumkin». Bola yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli bo‘ladi.
Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi.
XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Hojib
o‘zining «Qutadg‘u bilig»da bola tarbiyasi haqida to‘xtalib,
shunday yozadi: «Farzand qanchalik bilimli, aqlli-xushli
bo‘lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi». U bola
tarbiyasida otaning mas’uliyatiga alohida e’tibor beradi.
«Kimning og‘il-qizi erka bo’lsa, deb yozadi u unga shu
kishining o‘zi mungli bo‘lib yig‘laydi. Ota bolani kichikligida
bebosh qilib qo‘ysa bolada gunoh yo‘q, barcha jafo otaning
o‘zida; o‘g‘il-qizning xuiq-atvori yaramas bo‘lsa, bu yaramas
ishni ota qilgan bo’ladi. Ota bolalarini nazorat qilib, turli
hunarlarni o‘rgatsa, ular ulg‘aygach, o‘g‘il-qizim bor deb
sevinadi; o‘g‘il-qizga hunar va bilim o‘rgatish kerak, toki bu
hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go‘zal bo’lsin». Yusuf Xos
Hojib o‘z asarida shunday fikrlarni o‘rtaga tashlaydiki, ular
bola tarbiyasi uchun madhiyadek yangraydi.
Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab
jarayon deb tushunadi. U beldan madori, tandan quvvati,
ko‘zdan nuri, dildan oromni talab qiladi. uning ta’kidlashicha, agar insonning o‘zida go‘zal fazilatlar bo‘Isa, ularni
boshqalarga o ‘rgatishi lozim .
Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan
mashhur asarlardan biri ,,Unsurul maoliy’’ Koykovusning
«Qobusnom a»sidir. Bu asar Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida muhim o’rinni egailaydi va qanchadan-qancha
avlodlari ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda o‘z hissasini
qo‘shib kelmoqda. «Qobusnoma» falsafiy didaktik asar
bo‘lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o’z ichiga
oladi. Uning «Farzand parvarish qilmoq zikrida» degan bobi
bevosita oiladagi bola tarbiyasiga bag‘ish!anadi. «Qobusnoma»da ota-onaning qator vazifalari sanab o‘tiladi. Ular
quyidagilardan iborat:
1) bolaga yaxshi ism qo‘yish;
2) oqil va mehribon enagaga topshirish;
3) toky-tom osha qilib, sunnat toky o‘tkazish;
4) o‘qish-yozishni o‘rgatib, kasb-hunar va ilmli qilish;
5) harbiylar ahlidan bo‘lsa, sipoxiylikni o‘rgatish.
Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib borish lozimligini ta’kidlaydi.«Yosh bola ilm
bilan odobni tayoq bilan o ‘rganur, o ‘z ixtiyori bilan o ‘rganmas. Ammo farzand beadab bo’lsa va sening ul sababdan
qahring kelsa, o‘z qo‘ling bilan urmagil, muallimlarning
tayog‘i bilan qo'rqitgil. Bolalarga muallimlar adab bersinlar,
toki sendan o‘g‘lingni ko‘nglidagina qolmasin».
Kaykovusning «Qobusnoma» asari bugungi kunda ham
axloqiy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy axloqiy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir
Alisher Navoiy merosida ham munosib o‘rinni egailaydi.
Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va
kelajak yoshlar kamoloti bilan bog’liqdir, shunga ko‘ra bola
tarbiyasi o ta-onalar oldida turgan oliyjanob vazifadir, deydi.
Download 48,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish