Direktor A.X.Hamzyev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
O‘RMON XO‘JALIGI DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI
O‘RMON XO‘JALIGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
BUYRUG‘I
2022 yil _____I/ch –sonli Toshkent tumani
O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2022 yil 10 yanvardagi 7 sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 dekabrdagi “O’zbekistom Respublikasi O’rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tizimidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning ishlab chiqarish me’yorlarini belgilash to`g`risida”gi 791-son qarori va O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2022 yil 10 yanvardagi 7 sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Mazkur qaror bilan 2022 yil 1 yanvardan boshlab O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti va uning Andijon filiali xodimlari mehnatiga haq to`lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshirilishi belgilanganligi;
ilmiy va rahbar xodimlari ish haqi O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdoriga hamda boshqaruv, texnik xizmat ko`rsatuvchi xodimlarining ish haqi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining boshqaruv va yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdoriga tenglashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilnsin.
3. O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot institutning buxgalteriya hisobi va rejalashtirish bo‘limi (Qodirov), O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimidagi xo`jaliklari rahbarlari bilan birgalikda instituti va tizim tashkilotlardagi shtat birliklari sonini;
O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti va uning Andijon filiali rahbarlari bilan birgalikda institut va uning filiali shtat birliklari sonini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirish choralarini ko`rsin.
Bunda, byudjet hisobidan qo`shimcha talab etiladigan mablag`lar 2022-2023 yillarda bosqichma-bosqich moliyalashtirilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
4.Kadr ishlari bo’yich bosh mutaxassis (N.Akramova) ushbu buyruq nusxasini institutning bo`linmalariga hamda tizimdagi barcha tashkilotlar, hududiy boshqarmalar va xo`jaliklarga yuborilishini ta’minlasin.
5.Ushbu buyruqni bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |