Asos: O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasining 2021 yil 29 dekabrdagi 219 –sonli buyrug’i.
Direktor A.X.Hamzyev
O‘ZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI
O‘RMON XO‘JALIGI DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI
O‘RMON XO‘JALIGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
BUYRUG‘I
2021 yil ___I/ch –sonli Toshkent tumani
Intizomiy jazoni bekor qilish tog’risida
O'rmon xo'jaligi ilmiy tadqiqot instituti Qo’qon ilmiy tajriba stansiyasi derektori T.G’ofurov 2021 yil olti oy vaqt mobaynida aytib o’tilgan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etib Stansiya hisobidan 28 mil so’mlik mablag’ hisobiga sotib olingan nihollarni olib borilgan agrotexnik ishlar natijasida 80%ga ko’karganligi, stansiya xisob raqamiga 2021 yil yakuni bilan 1.548.631.548 so’m kirim qilinganligini inobatga olib, unga 2021 yilning 25 may kunidagi 46-K-sonli buyrug’i bilan berilgan hayfsan intizomiy jazosi olib tashlansin.
Asos: Qo’qon ilmiy tajriba stansiyasi 2021 yil 29 dekabrdagi 289-sonli xati va O'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti umumiy ishlar va tajriba stantsiyalari bo'yicha direktor o'rinbosari N.Muxsimovning bildirgisi O'zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 183-moddasi 2-bandi.
Direktor A.X.Hamzyev
O‘ZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI
O‘RMON XO‘JALIGI DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI
O‘RMON XO‘JALIGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
BUYRUG‘I
2021 yil ___I/ch –sonli Toshkent tumani
O’rmon xo’jaligi qo’mitasining 2021 yil 30 dekabrdagi 221 sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2021 yil 30 dekabrdagi 221 sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida O’rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimiga kiruvchi barcha tashkilotlarda hisob va hisobot yuritilishi va ularni tegishli shakllarda hamda belgilangan muddatlarda institut markaziy apparatiga taqdim etilishita’minlansin.
O’rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimiga kiruvchi barcha tashkilotlarning moliyaviy ishlab chiqarish faoliyati bo’yicha tayyorlanadigan hisobot shakllari 1-8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, hisobotlar tizim tashkilotlarning rahbari hamda bosh hisobchisi tomonidan imzolangan holda davriy ravishda, choraklik, yillik hisobotlar shaklida, elektron tarzda institut markaziy apparatining tegishli ma’sullariga belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
O’z navbatida taqdim etilgan hisobotlarni haqqoniyligini ta’milash maqsadida doimiy nazorat va monitoring ishlari olib borilsin.
Buxgalteriya hisobi bo’limi (Qodirov), yurist konsult (Jo’rayev)ga:
mazkur buyruq bilan barcha hodimlar tanishtirilib, tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarda belgilab qo’yilgan tartiblarga amal qilinishi, shuningdek, laboratoriya va bo’limlarga tegishli vazifalarni belgilangan tartibda bajarilishini ta’minlasinlar.
O’rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti va tizim tashkilotlari rahbarlari ushbu buyruq bilan barcha hodimlarni tanishtirib, ijrosini ta’milash bo’yicha tegishli buyruqlarni qabul qilsin.
Kadrlar bo’limi
ushbu buyruq nusxasini institut bo’limlari va tizim tashkilotlariga yuborilishini ta’minlasin.
8. Ushbu buyruqiing bajarilishini nazorat qilish direktor o'rinbosari N.Muxsimov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |