Асос: Ўрмон хўжалиги давлат қўмитасининг 2022 йил 7 январдаги 3 сонли буйруғи.
Директор А.Х.Хамзаев
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI O`RMON XO`JALIGI DAVLAT QO`MITASI HUZURIDAGI O`RMON XO`JALIGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI BUYRUG`I
2022 yil 8 fevral ____I/ch-sonli Toshkent tumani.
Moddiy yordam ko`rsatish to`g`risida Xaitov Jaxongir Turgunovich – O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti o`rmon va o`rmon meliorativ tadbirlarini mexanizatsiyalash laboratoriyasi kichik ilmiy xodimining moddiy ahvolini inobatga olib unga 1 (bir) oylik maoshi miqdorida moddiy yordam ko`rsatilsin.
Bosh hisobchi J.Qodirov moddiy yordam ko`rsatish bilan bog`liq xarajatlarni xo`jalik xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirsin.
3 Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish o`z zimmamda qoldiraman.
Asos:Kasaba uyushmasi qo`mitasining 2022 yil «____» fevraldagi ___ -sonli yig`ilish bayoni, Xaitov Jaxongir Turgunovich 2022 yil 8 fevraldagi arizasi.
Direktor A.X.Xamzayev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘RMON XO‘JALIGI DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI O‘RMON XO‘JALIGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI BUYRUG‘I
2022 yil _____I/ch –sonli Toshkent tumani
O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2022 yil 28 yanvardagi 17 sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida BUYURAMAN: 1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 yanvardagi “Orolbo`yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`grisida”gi 41-sonli qarori va O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2022 yil 28 yanvardagi 17 sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti umumiy ishlar va tajriba stansiyalari bo’yicha direktor o’rinbosari N.Muhsimov, O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti ihota o‘rmonlari va o‘rmon melioratsiyasi laboratoriya mudiri (Z.Novitiskiy) va laboratoriya mudirlari hamda bo`limlari bilan birgalikda “Orolbo`yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish kontseptsiyasi” ijrosini ta’minlashda quyidagi ustivor yo`nalishlarni amalga oshirishga e’tibor qaratsin:
institutsional innovatsiyalarni amalga oshirish, hamkorlar va manfaatdor tomonlar bilan samarali ishlash imkonini beradigan mexanizmlarni amaliyotga tadbiq qilish;
texnologik innovatsiyalar, shu jumladan yo`nalishlar bo`yicha “drayver” klasgerlarini tashkil etish, ekotizimlarni boshqarishning samarali usullarini, ayniqsa tabiiy resurslarni tejovchi samarali yangi texnologiyalarni joriy qilish;
iqtisodiy va moliyaviy innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, texnologik innovatsiyalarni rag`batlantirish hamda “yashil” ish o`rinlarini
tashkil etish uchun zarur bo`lgan bozor va narx-navo mexanizmlarini shakllantirish;
innovatsion siyosat va huquqiy innovatsiyalarni tatbiq qilish, shu jumladan, iqlim o`zgarishi bilan bog`liq xatarlarni baholash, qishloq xo`jaligi va “yashil iqtisodiyot” strategiyalarini amalga oshirish, yer egalarining investitsiya kiritishini rag`batlantiruvchi yer islohotlarini joriy etish.
3.Qarorda belgilangan topshiriqlarga asosan quyidagilar:
2022-2026 yillarda Orolbo`yi mintaqasini kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning ustuvor yo`nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Orolbo`yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo`yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda dastur va loyihalarni amalga oshirishning monitoringini tashkil etish chora-tadbirlari 2-ilovaga muvofiq;
Orolbo`yi mintaqasini barqaror rivojlantirishga yo`naltirilgan loyihalar ro`yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Ushbu buyruq bilan Kontseptsiya va “Yo`l xarita”da belgilangan chora- tadbirlar va loyihalarning ijrosi yuzasidan mas’ul etib belgilangan institutning mas’ul bo`limlari va laboratoriya mudiriga:
-2022 yil 31 iyulga qadar ustuvor ravishda kambagallikni qisqartirish va yangi ish o`rinlarini yaratish hamda ekologik holatni yaxshilashga e’tibor qaratgan holda Orolbo`yi mintaqasini barqaror rivojlantirishga yo`naltirilgan loyihalar pasportlari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Bunda tegishli hujjat loyihalarini ishlab chiqishda investitsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat maqsadli dasturlarini inobatga olishlari belgilansin.
5. Mazkur buyruq ijrosin nazorat qilish institutning ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari O.Xujayev zimmasiga yuklatilsin.