Direktor A.X.Hamzyev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
O‘RMON XO‘JALIGI DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI
O‘RMON XO‘JALIGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
BUYRUG‘I
2022 yil _____I/ch –sonli Toshkent tumani
O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2022 yil 12 yanvardagi 8 sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida’’gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to`grisida”gi PQ-73-sonli qarori va O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2022 yil 12 yanvardagi 8 sonli buyrug’i raxbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan “2022-2024 yillar uchun birinchi darajali byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning byudjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlari” tasdiqlanganligi;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasida har chorak yakunida eshitib borish amaliyoti joriy etilganligi;
hisobot yili yakuni bo`yicha hisob palatasi tomonidan maqsadli indikatorlarning bajarilishini auditdan o`tkazilishi belgilanganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Byudjet xarajatlarining maqsadli indikatorlarini bajarilishini ta’minlash, nazorat qilish va tegishli xisobotlarni Moliya vazirligiga taqdim etib borishni tashkil etishga ma’sul etib, O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (O.Xujayev), belgilansin.
O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida maqsadli indikatorlarni bajarilishini nazorat qilish bo`yicha ishchi guruhi tarkibi 1 -ilovaga, Tizim tashkilotlari tomonidan byudjet mablag`laridan foydalanish bilan bog`liq maqsadli indikatorlarining ijrosi bo`yicha taqdim etiladigan hisobot namunasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ma’lumot va ijro uchun.
O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (O.Xujayev), Buxgalteriya hisobi va rejalashtirish bo‘limi (Qodirov), maqsadli indikatorlarning ijrosini ta’minlash va bajarilishini xaqqoniyligi va to`g`riligi bo`yicha mas’ul hisoblanadi.
Jumladan, maqsadli indikatorlarni ijrosini ta’minlash bo`yicha oyma-oy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Instituti rahbariyatiga taqdim etish;
maqsadli indikatorlarni bajarilishi bo`yicha ma’lumotlarni (ko`rsatkichlarni) quyi poganadan yuqoriga shakllantirish, monitoring qilish, rasmiylashtirish, umumlashtirish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash hamda hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilash;
maqsadli indikatorlarning 2022 yil choraklik rejalarini tasdiqlash va ijrosi bo`yicha choraklik hisobotlarni hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasiga qadar
shakllantirish va imzolangan holda qo’mitaning Ichki audit xizmatiga samaradorlik auditi xulosasini olish uchun taqdim etsin;
6. Buxgalteriya hisobi va rejalashtirish bo‘limi (Qodirov), maqsadli indikatorlarni bajarilishini tahlil qilish va baholash bo`yicha quyidagi vazifalar yuklansin:
maqsadli indikatorlarni ijrosini baholash tartibi loyixasini ishlab chiqish;
xisobotlardagi maqsadli indikatorlar, normativ-hukuqiy hujjatlarga muvofiqligini tahlil etish;
tegishli mas’ul bo`linmalar tomonidan maqsadli indikatorlarning bajarilishi bo`yicha ma’lumotlarni shakllantirish tizimining maqsadga muvofiqligini baholash;
o`tkazilgan ichki audit tadbirlari jarayonida maqsadli indikatorlarning bajarilishi bo`yicha aniqlangan muammoli holatlarni tahlil etish;
maqsadli indikatorlarni bajarilishi bo`yicha muassasalarni moliyalashtirish bilan boglash imkoniyatlarini baholash;
maqsadli indikatorlarning ijrosi bo`yicha hisobotlarni quyi pogonadan yuqori pogonagacha to`g`ri va sifatli shakllantirish;
maqsadli indikatorlarga erishish uchun ajratilgan mablaglarni maqsadli yo`naltirish;
maqsadli indikatorlarni bajarilmaslik risklarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo`yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash.
7. Instituti tizimidagi barcha tashkilot rahbarlari maqsadli indikatorlarning ijrosini ta’minlash, monitoringini yuritish, ma’lumotlarni jamlash va hisobotlarni tuzish yuzasidan mas’ullarni biriktirish bo`yicha buyruq qabul qilinishini, bunda, tegishli maqsadli indikatorlarni ijrosi bo`yicha statistika ma’lumotlarini shakllantish va Qo`mitaga har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar taqdim etib borishni taminlash.
Bunda, maqsadli indikatorlarning ijrosi bo`yicha hisobot taqdim etuvchi xo`jalik rahbarlari tomonidan tushuntirish xatlari hisobot bilan birga taqdim etilsin.
8. Kadrlar ishlari bo’yich bosh mutaxassis (N.Akramova) ushbu buyruq nusxasini institut markaziy apparati bo`limalariga hamda tizimdagi barcha tashkilotlarga yuborilishini ta’minlasin.
9. Mazkur buyruq ijrosi nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |